Tibbiyotda axborot texnologiyalari


Tanlash shartidan foydalanish



Download 9,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/216
Sana31.03.2022
Hajmi9,38 Mb.
#521688
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   216
Bog'liq
Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018

Tanlash shartidan foydalanish 
Endi e‘tiboriingizni na‘muna bo‗yicha so‗rov blankidagi 
«условие отбора» – «tanlab olish sharti» satriga qaratamiz. Bu 
satrning so‗rovda ishtirok etayotgan har bir maydonga mos 
katakchasida maydonning o‗zigagina tegishli alohida shart berish 


mumkin. Demak, «условие отбора» satri berilgan mezonlarda 
ma‘lumotlarni tanlab olish imkonini beruvchi vositadir.
So‘rovlar asosidagi so‘rovlar. 
Biz yuqoridagi ko‗rib chiqqanimiz tanlanmaga ko‗ra 
so‗rovlar, qaytaramiz, so‗rovlarning eng sodda va keng 
qo‗llanuvchi turidir. Mazkur sodda so‗rovlar asosida bajariluvchi 
so‗rovlar ham mavjud. Ular quyidagilardir: 
Yakuniy so‘rovlar – 
Bular ko‗rsatilgan maydon bo‗yicha 
arifmetik hisob–kitoblarni amalga oshira oladilar va hisob-
kitoblarning yakuniy natijalarini namoyish etadilar; 
Ko‘rsatkichli so‘rovlar – 
bu turdagi so‗rovlarning e‘tiborli 
joyi shundaki, tanlab olish mezonini foydalanuvchinnig o‗zi 
mazkur so‗rov chiqarilgan paytda kerakli ko‗rsatkichni kiritish 
bilan berish mumkin; 
Kesishuvchi so‘rovlar
– Bular jadvallar turkumini tahlil qilish 
tufayli olingan hisob natijalari asosida natijaviy jadvallar hosil 
qiladilar; 
O‘zgartirish uchun so‘rovlar – 
Bular jadvallar maydonlarini 
to‗ldirishning avtomatlashtirilishini ta‘minlaydi. 
Yuqoridagi so‗rovlardan tashqari MB serveriga murojaat 
etuvchi mahsus so‗rovlardan ham foydalaniladi. Shu o‗rinda 
ta‘kidlash lozimki, MB jadvallariga so‗rovlar aslida maxsus 
dasturlash tili–SQL da yaratiladi. Microsoft Access MBBT ning 
oddiy foydalanuvchilariga taqdim etayotgan uslub va vositalari 
SQL ga murojaat etish holatlariga deyarli o‗rin qoldirmaydi. 
Shakllar bilan tanishuv 
«Shakllar-Формы» foydalanuvchilarga MB jadvallariga kirib 
yurmasdan ularga ma‘lumotlar kiritish imkonini beradi. 
Qolaversa, shakllar so‗rovlar ishining natijalarini yozuvlari zich 
joylashgan natijaviy jadval ko‗rinishida emas, balki chiroyli 
bezalgan ko‗rinishda namoyish qiladi. Aytilganlarga ko‗ra, shakl 
tuzilmasini formatlashning jadval asosidagi va so‗rov asosidagi 
turlari mavjud bo‗lib, ularning ikkisini muvofiqlashtirilgan holda 
ham ishlatish mumkin. MB shakllari, odatda, avtomatlashtirish 
vositalari yordamida tayyorlanadi. Ulardan biri 
avtoshakl
deb 
nomlangan vositadir. Avtoshaklning uch turi ya‘ni 
ustunlardagi 


avtoshakl

lentali avtoshakl
hamda 
jadvalli avtoshakl
deb 
ataluvchi turlari qo‗llaniladi.
Ko‗rinib turganidek, 
ustunlardagi
avtoshakl bitta qaydning 
barcha maydonlarini o‗zida aks ettiradi. Avtoshaklning bu turi 
ma‘lumotlarni kiritish va tahrirlash uchun juda qulaydir. 
Avtoshaklning 
lentali
turi esa birdaniga bir necha yozuvlarni aks 
ettirishga mo‗ljallangan bo‗lib, undan natijaviy ma‘lumotlarni 
ko‗rgazmali ifodalash uchun foydalaniladi. Rasmdagi 
jadvalli
avtoshaklning izohi o‗zi bilandir. 
Avtoshaklni yaratish uchun «База данных» oynasidagi 
«Формы» panelini ochish kerak va «Создать» tugmasini bosish 
kerak. Ekranda paydo bo‗lgan «Новая форма» nomli muloqot 
oynasida avtoshakl turi va u asoslanayotgan jadval yoki so‗rov 
tanlanadi. OK tugmasi bosilgan zahoti avtoshakl avtomatik tarzda 
shakllanadi va ma‘lumotlarni kiritishga yoki aks ettirishga tayyor 
turadi.
Ta‘kidlash joizki, avtoshakl faqat bitta obyektga asoslanadi. 
Shakl yaratishning boshqa vositalari shakl tuzilmasi asosiga bir 
nechta jadvallarning maydonlarini va so‗rovlarini qo‗yish 
imkonini beradi. Demak, shakllarni sodda va murakkab turlarga 
bo‗lish mumkin. Bir nechta o‗zaro bog‗langan jadvallardagi 
maydonlarga asoslanuvchi, shuningdek, shakllarning birlash-
masini o‗zida ifoda etuvchi shakllarga murakkab shakl deya 
olamiz. U holda avtoshakllarning har qanday ko‗rinishi sodda 
shaklga misol bo‗ladi. 
Avtomatlashtirilgan vositalar qatorida MB ni ishlab chiquvchi 
bilan muloqat tartibida shakl tuzilmasini yaratuvchi
«Мастер форм» nomli maxsus dasturiy vosita ham mavjud. 
«База данных» oynasidagi «Формы» panelida joylashgan 
«Создание формы с помошю мастера» nomli tugmani bosish 
bilan ishga tushiriladi. Shakllar ustasi bilan muloqot jarayonida, 
avval, tuzilajak shakl tarkibiga kiruvchi jadvallar va maydonlar 
tanlab olinadi, keyin, shaklning tashqi ko‗rinishi, so‗ngra, shaklni 
bezash uslubi tanlanadi va nihoyat, shaklning biror nomi ostida 
saqlanishi amalga oshiriladi. To‗ldirilgan shakl tuzilmasini 
ko‗rishga kelgusida ehtiyoj paydo bo‗lib qolishi hisobga olinsa, 


muloqotni yakunlashdan oldin, «Изменить маркет формы» 
doirachasini faollashtirib qo‗yish mumkin. 

Download 9,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish