Tibbiyot psixologiy asi


Bitta doktor davolasa yaxshi, ikkitasiga ham chidasa bo'ladi, lekin uthta doktor hu dahshat



Download 0,96 Mb.
bet89/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Bitta doktor davolasa yaxshi, ikkitasiga ham chidasa bo'ladi, lekin uthta doktor hu dahshat.
X.F. Gufeland

  1. Umumiy ma’lumotlar

Asab buzilishlarida terida uchraydigan turli xil belgilar odam ichki dunyosi kechinmalarining unda aks etishidir. Teri kasalliklarining kelib chiqishi sabablarini aniqlashda ruhiy omillarga qadimdan katta e’tibor qaratishgan. Masalan, ekzemani ruhiy kasallikning terida aks etgan klinik ko'rinishi deb atashgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, og'ir hissiy kechinmalar 70 foiz bemorda eshakemi kasalligi, 85 foizida alopetsiya (soch to‘kilishi), 66 foizida neyrodermatitlar rivojlanishiga sabab bo'ladi. Ekzema aniqlangan bemorlarning psixologik anamnezi o‘rganilganda, ularning yarmidan ko‘pi ilgari depressiyaga tushgan va deyarli barcha holatlarda kasallik qaytalashiga aynan o‘tkir stress sabab bo'lgan.
Tez-tez kuzatiladigan affektiv holatlarda vegetativ reaksiyalarning terida aks etishini har bir vrach amaliyotda ko‘p kuzatgan. Bunday paytlarda yuz oqaradi, g‘oz terisi paydo bo'ladi, odamni sovuq ter bosadi, so‘ng teri qizara boshlaydi, ba’zan esa qizil toshmalar toshib, qichishish paydo bo'ladi. Terida kuzatiladigan trofik o'zgarishlar, ayniqsa, e’tiborga loyiqdir. Doimiy depressiv holatda yuradigan bemorlarning terisi doimo quruq bo'ladi, elastikligini yo'qotadi. ko'z va og'iz burmalari qalinlashib, yuziga ajinlar tushadi. Bu holat odamni yoshidan katta qilib ko'rsatadi va ayniqsa, ayollar bu ahvolni og'ir kechirishadi, yuz terisiga surtiladigan turli kremlardan foydalanishadi. Bu ajinlar asab buzilishlaridan paydo bo'lganligi sababli, kremlar foyda bermaydi yoki vaqtincha o'zgarish kuzatiladi. Ba’zi bemorlarning qo'l terisi va tovonlari yorilib ketadi. Sochning doimo to'kilishi (ayniqsa, 30 dan oshgan bemorlarda) ularni juda bezovta qilib qo'yadi. Bunday bemorlarning ham avvalo asabini davolash lozim. Boshqa davolash usullarini qo'llash esa kam samaralidir.
O'tkir stressdan so'ng terida 1 -2 kun ichida to'satdan chuqur patologik o'zgarishlar paydo bo'lishi mumkin. Xuddi shunday holatni biz Sh. ismli bemorda kuzatganmiz. Uning katta oilaviy fojiadan so'ng bir kunda sochlari to'kilib, qosh va kipriklari oqarib, terisining deyarli hamma joyini oq dog'lar (pigmentsizlanish hisobiga) bosib ketadi. O'rgatilgan ayiq tishlagandan so'ng qo'rqqanidan sochi butunlay to'kilib ketgan sirk




artisti haqida ham yozilgan. Bu holat bolalarda ham uchraydi. 8 yashar bolaning tushiga yaqinda vafot etgan buvasi kiradi va u tobutdan chiqib kelib bolaning sochidan qattiq tortadi. Bu dahshatli tushni bola bir necha kun uzluksiz ko‘rgan va har gal sochi to'kilavergan. Bola gipnoz usuli bilan davolanib, yomon tush ko‘rmaydigan qilingan. Bir necha kundan so‘ng bolaning sochi yana o‘sa boshlagan (A.S. Golibin, 1999).
Uzoq davom etadigan affektiv buzilishlarning somatik ko'rinishlaridan yana biri tirnoqlardagi trofik o‘zgarishlardir. Bunda tirnoqlarning rangi o'chib, qalinlashadi, uzun chiziqlar paydo bo'ladi va (ayniqsa, oyoqdagi) sinadigan bo'lib qoladi. Hamma tirnoqlarning bir xil tarzda o‘zgarishi, patologik jarayonning sekin-asta zo‘rayib borishi, barmoqda yallig‘lanish belgilarining yo‘qligi uning psixogen xususiyatga aloqador ekanidan dalolat beradi. Umumiy yoki mahalliy gipergidroz (qo‘l panjasi, qo‘ltiq osti va oyoqlarda) ham hissiy-ruhiy buzilishlarda ko‘p kuzatiladi. Bu patologik o'zgarishlar, ayniqsa, yoshlarda ko‘p uchraydi va aksariyat hollarda kuchli hissiy zo'riqishdan so‘ng to‘satdan paydo bo‘ladi. Bunday bemorlar sal hayajonlansa, issiqroq narsa ichsa, jismoniy mehnat qilsa va havoning harorati sal ko'tarilsa ham tezda terlab ketishi,di. Buni fanda «ho‘l depressiya» deb ham atashadi. Ularni eng ko‘p qiynaydigan va jig'iga tegadigan narsa bu yomon hid kelishidir. Ter va >og‘ bezlari faoliyatining patologik kuchayishi psixovegetativ sindromlarning doimiy hamrohidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qo'ltiq osti va chov sohasida joylashgan ter bezlari tana haroratining boshqarilishida ishtirok etmaydi va jinsiy balog‘atga yetgandan so‘nggina faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bunda ular o'zgacha hid taratuvchi moddalar (feromonlar) ishlab chiqara boshlashadi. Bu fiziologik mexanizm jinsning seksual xulq-atvoriga moslashib turadi. Aynan niana shu o'rinda ayoldan taralayotgan hid erkak kishidan kelayotgan hiddan keskin farq qiladi. Psixovegetativ sindromlarda kuzatiladigan kuchli seksual buzilishlar apokrin bezlarning sekretor holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi va yoqimsiz hid paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu bemorlardagi o‘ziga xos hidga qarab, ularda psixovegetativ sindrom borligini aniqlash mumkin.
Teridagi doimo terlab yuradigan joylar, ko‘pincha, qizarib turadi, u yerlarda allergik o'zgarishlar paydo bo‘ladi, qo‘ltiq ostidagi limfa tugunlari kattalashadi. Aynan mana shunday bemorlarda neyrodermit yoki ekzema kasalliklari oson rivojlanadi. Kuchli hissiy zo‘riqishlar bunday bemorlarda teri kasalliklarining avj olib ketishiga sabab bo'ladi. Masalan, psoriaz 40 foiz bemorda yaqinlari bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalardan, 52 foizida boshqa kuchli salbiy hissiy buzilishlardan so‘ng rivojlanardi. Bu yerda sabab va oqibat orasidagi davr bor-yo‘g‘i 2-14


233




kunni tashkil qilgan, kamroq hollarda esa bir oyga cho‘ziladi ( Seville R.H., 2002). Shuning uchun teridagi o'zgarishlar har tomonlama puxta o'rganilishi zarur, chunki ular ruhiy buzilishlarning dastlabki klinik ko'rinishlari bo'lishi mumkin.
Aksariyat hollarda teridagi o'zgarishlar bemordagi ruhiy buzilishlar zo'rayganda kuchayib, kamaygan paytda esa susayib boradi. Teri kasalliklarini davolashda bu fenomenni e’tiborga olib, faol psixoterapevtik muolajalarni o'tkazish kerak bo'ladi. Ma’lumki, teridagi kamchiliklar odam ruhiga jarohat yetkazadi, shuning uchun ham deyarli barcha bemorlarda turli darajada rivojlangan ipoxondriya shakllanadi. Ular butun fikri-zikrini (ayniqsa, dastlabki paytlarda) teridagi nuqsonlarga qaratishadi. Dermatologlar va psixologlarning ta’kidlashicha, bemorlar ushbu buzilishlardan qanchalik ko'p siqilishsa, kasallik belgilari shunchalik kuchayadi (to'g'ri davolanishdan qat’i nazar). Agar bemorning fikri uzoq vaqt boshqa narsalarga chalg'itilsa, teridagi ijobiy o'zgarishlar tezlashadi. Ikkinchi jahon urushi davrida dermatologlar qiziq bir holatni kuzatishgan, ya’ni urush boshlangandan so'ng aksariyat bemorlar surunkali teri kasalliklaridan tuzalib ketishgan. Bu fenomenga quyidagicha izoh berish mumkin: urush boshlanishidan oldin bemorlar uchun asosiy muammo - teridagi patologik o'zgarishlar bo'lsa, urush boshlangandan so‘ng esa undan ham keskin muammo paydo bo'ldi, ya’ni uning va yaqinlarining hayoti xavf ostida qoldi. Urush boshlandi! U endi o'zini, oilasi va Vatanni himoya qilishi kerak! Dominanta prinsipiga muvofiq, bosh miya po'stlog'idagi kuchsiz qo'zg'alishlar (urushgacha bo'lgan teridagi o'zgarishlar) o'rnini kuchli qo'zg'alishlar (urushning boshlanishi, o'lim xavfi) egalladi. Bosh miya po'stlog'ida p-.’.ydo bo'lgan kuchli dominant o'choq awalgi o'choqning faoliyatini yo'qqa chiqardi va miyadagi kompensator mexanizmlarni ishga soldi, funksional sistemalarni kuchaytirdi. Miyadagi keskin bu o'zgarishlar terida o'z aksini topdi va undagi patologik jarayonlar chekindi.
Teridagi patologik o'zgarisMarning inson ruhiga bog'liqligini quyidagi misol ham tasdiqlab beradi: oir ayolning otasi og'ir kasallikdan vafot etayotganda sochi ko'p to'kilgan. Bu judolikdan biroz vaqt o'tgach esa soch to'kilishi to'xtagan. Demak, affektiv buzilish davrida soch to'kilgan, adaptatsiya davrida esa soch to'kilishi to'xtagan.
Shuning uchun ham bunday bemorlarni davolashda psixodinamik terapiyadan keng foydalanish kerak. Shuningdek, antidepressantlar, psixoterapiya, fizioterapiya, sihatgohlarda davolanish yaxshi natijalar beradi.


234



  1. Download 0,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish