Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet83/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

222




tushadi. Qiz yigitning e’tiroziga qaramasdan, tashqarida kutib turgan opalarini chaqiradi. Vaziyat shu darajada keskin tus oladiki, yigit nima bo‘layotganini ham anglamay qoladi. Ham qo'rqib, ham uyalib ketgan yarim yalang'och yigit uch ayolning orasida qolib ketadi. Qiz opalariga bo'lgan vaziyatni oqizmay-tomizmay gapirib beradi. Qizning opalari ginekolog bo'lishadi va ular yigitning esankirab qolganidan foydalanib, uni tinchlaniirishadi, tanish doktorlari borligini va uni, albatta, davolatishlarini aytishadi. Qizdan qon chiqmaganining sababini esa uning olati qinga kirmaganligidan, deb tushuntiriladi (keyinchalik yigitning yana bir bor eslashicha, bitta friksiya aniq bo‘Igan edi). Davolash bir oy davom etishini, bu davr ichida jinsiy yaqinlikni umuman to‘xtatib turishni, aks holda undagi «zaxm» kelinga yuqsa, bola bo‘lmay qolishi mumkinligini tayinlashadi. Yigit ular topib bergan doktorda, aslida yo‘q bo‘lgan «zaxmdan» yashirin davolanadi. Unda yashashga ham, jinsiy yaqinlikka ham hech qanday qiziqish qolmaydi, chunki davolash natija ham bermayotgan edi. Buning ustiga rafiqasi ham unga sovuq munosabatda bo'ladi, har kecha erkaklik sha’niga teguvchi haqoratomuz so‘zlami aytadi, sog‘ayib ketmasa, ajralib ketishini, o‘rtoqlari orasida sharmanda bo‘lishini eslatib turadi. Yigit esa har safar albatta, davolanish uchun eng kuchli doktorlarga borishini, tuzalib ketishini, ajralmaslikni undan iltimos qiladi. Borib-borib, yigitda uyqu yo'qoladi, jahldor bo'lib qoladi, ish faoliyati pasayadi, unda ipoxondriya va depressiyaga xos simptomlar paydo bo'ladi. Davolanish natija bermagach, yigit taqdirga tan berib, asabini davolatish uchun Toshkentga keladi. Bemor bosh og'rig'i, uyqusizlik, tez asabiylashishidan shikoyat qiladi (avvaliga u jinsiy zaiflikni bizdan yashirdi), qo'llari qaltirab, ko'ziga tez-tez yosh oladi. Bemorning asab tizimi har tomoniama tekshirilib, unda hech qanday og'ir kasallik belgilari yo'qligi, lekin nevrasteniya kasali borligi, bu esa sababi yo'qotilsa, butunlay tuzaladigan dard ekani aytildi. Bemor 2-3 kundan so'ng bizga bo'lib o'tgan hamma voqeani aytib berdi. Bemorning e’tiroziga qaramay. uni qaytadan urolog va dermatovenerologga ko'rsatdik. Laborator va paraklinik tekshiruvlardan о'tkazgach quyidagi xulosaga keldik: bemorda avval ham, hozir ham hech qanday venerik kasallik bo'lmagan. Bu xulosalar bemorning kayfiyatini ko'tarib yubordi. U bizning barcha maslahat va tavsiyalarimizga to'la amal qilgach, uyiga qaytib ketdi.
Bemor bilan yana bir uchrashganimizda, awalgi rafiqasi bilan ajralib, boshqa qizga uylanganini va yaqinda farzand ko'rishlarini, jinsiy muammolar endi yo'qligini xursand bo'lib gapirib berdi. Keyin ma’lum bo'lishicha, bemorning awalgi rafiqasi o'qib yurgan paytida homilasini oldirib tashlab, opalarining maslahati bilan O.ga turmushga chiqqan ekan.
Bu misolda turg'un jinsiy zaiflikning kuchli stressdan so'ng bir kechada paydo bo'lganining guvohi bo'ldik. Xo'sh, bu bemorda jinsiy ojizlikning


223




birdan yo‘qolishi va uzoq davom etishining mexanizmlari nimalardan iborat? Tanadagi kamchiliklarga doir o‘ta salbiy ma’lumotlar bosh miya po'stloq tuzilmalarida turg‘un o‘choq paydo qiladi va dominanta prinsipiga asosan po‘stloqning boshqa qismlarida yangi qo‘zg‘alishlarni «bosib» turadi. Buning oqibatida bosh miya faoliyati avval paydo bo'lgan dominant o'choq ta’siri ostida bo'ladi. Bu paytda nevroz (asosan, ipoxondriya va isteriya) kasalligi shakllana boshlaydi. Miya po'stlog'ida katta qo'zg'alish kuchiga ega bo'lgan bu dominant o'choqning faoliyatini pasaytirish yoki yo'qotish uchun po'stloqda shunga o'xshash kuchga ega bo'lgan yangi «qo'zg'alish o'chog'i» paydo qilish kerak. Ana shundagina awalgi qo'zg'alish kuchi pasayadi yoki yo'qoladi. Bu yangi qo'zg'alishni qanday paydo qilish mumkin? Bu qo'zg'alishni odamga kuchli ta’sir qiladigan verbal ta’sirlar, gipnoz hamda davolash mobaynida ishlatiladigan antiqa usullar orqali paydo qilish mumkin. Bizning misolimizda po'stloq faoliyatini o'ziga bo'ysundirib turgan turg'un qo'zg'alish bu to'y kechasi kelinning yigitga aytgan so'zlari («Sen impotentsan, jinsiy aloqa boshlamasdan turib, ereksiyang yo'qoldi, avval qizlar bilan yurib, o'zingga kasal orttirgansan, sen zaxmga chalingansan») bo'lsa, biroz fursat o'tgach, miya po'stlog'ida paydo qilingan yangi dominant qo'zg'alish - bu «Sizda hech qanday venerik kasallik alomatlari yo'q», degan ibora. Buning natijasida bemorda Z. Freyd ta’biri bilan aytganda, «katarsis» (ruhiy poklanish) ro'y berdi.
Endi eyakulyatsiyaning kelish mexanizmlari to'g'risida so'z yuritamiz. Eyakulyatsiyaning tez kelishi ko'p omillarga, lekin eng avvalo, jinsiy markazlarning umumiy seksual qo'zg'alish darajasiga bog'liq. Uzoq vaqt jinsiy aloqa qilmay yurgan va onanizm bilan shug'ullanadigan yosh sog'lom yigitlarda eyakulyatsiyaning tez kelishi fiziologik hodisadir. Ularda jinsiy aloqa boshlaganidan bir necha soniya o'tgach, darrov eyakulyatsiya ro'y berishi mumkin. Bunday paytlarda eyakulyatsiyadan so'ng ereksiya biroz so'nmay turadi. Ularda jinsiy aloqa bir necha soatdan yoki bir-ikki kundan so'ng takrorlansa, eyakulyatsiyaning kelish davri bir oz cho'zilishi mumkin.
Ba’zan jinsiy aloqadan uldingi o'zaro erkalatishlar ayollarga qaraganda erkaklarga ko'p ta’sir ko'rsatadi. Jinsiy aloqa qilishdan oldin ayol tomonidan erkak kishining erogen sohalarini ko'p ta’sirlantirish, tez qo'zg'aluvchan erkaklarda eyakulyatsiyani tezlatishi mumkin. Seksologlarning fikriga ko'ra, 30-35 yoshdan so'ng umumiy jinsiy qo'zg'alish biroz bo'lsa-da, susayadi. Buning natijasida ereksiya paydo bo'lishi qiyinroq bo'lsa-da, jinsiy aloqa davri biroz cho'ziladi. Agar erkak kishida orgazm 15-20 friksiyadan so'ng kelsa, vaqtli eyakulyatsiya haqida gapirish mumkin. Avval uzoq jinsiy aloqa qiluvchilarda keyinchalik koitus


224




davri qisqarsa ham vaqtli eyakulyatsiya bo'lishi mumkin. Birinchi bor jinsiy aloqa qilayotganlarda, ba’zan olatni qinga kirgizmasdan turib eyakulyatsiya paydo bo'lib qoladi.
Nevrasteniya kasalligida tez paydo bo'ladigan eyakulyatsiya ereksiyaning sustligi bilan birga kuzatiladi. Yuqori darajada qo'zg'aluvchan va tez holdan toyadigan erkaklarda kechqurunlari sperma o'z-o'zidan otilib ketishi mumkin (bunday paytda kishi uyg'onib ketadi). Xohish-irodaga qaramasdan spermaning o‘z-o‘zidan otilib ketishi pollyutsiya deb ataladi. Pollyutsiya, ko'pincha, tunda, uxlab yotganda kuzatiladi. Bunday paytlarda, odatda, erkak kishi erotik tushlar ko'rayotgan bo'ladi.
Xo'sh, pollyutsiya nega kuzatiladi, u qanday jarayon, uning mexanizmlari nimalardan iborat?
Pollyutsiya urug' pufakchalarida katta miqdorda sperma to'planganda ro'y beradi. Bunday paytlarda eyakulyatsiya markazi reflektor tarzda ta’sirlanadi, ya’ni o'z-o'zini boshqarish mexanizmi ishga tushadi. Pollyutsiyadan so'ng seksual qo'zg'alish pasayadi. Nevrasteniya kasalligida urug' pufakchalarida ozgina sperma to'planishining o'zi pollyutsiyani yuzaga kelishi uchun yetarlidir, chunki ularda asab markazlari yuqori darajada qo'zg'aluvchan bo'ladi. Astenik bemorda tez-tez bo'ladigan pollyutsiyalar ba’zan charchash alomatlari, uyquning yo'qolishi, kayfiyatning buzilishi bilan kechadi. Ular pollyutsiya bo'lganini iloji boricha yonida yotgan rafiqasidan yashirishga intilishadi, chunki yuqorida aytib o'tganimizdek, spermaning «beruxsat» otilib chiqishi, uzoq vaqt jinsiy aloqa qilinmaganida ro'y beradi. Shuning uchun ham pollyutsiya er-xotin orasidagi janjallarga sabab ham bo'lishi mumkin.
Nevrasteniyada kuzatiladigan pollyutsiyalar davolangach va sihatgohlarda dam olingach, o'tib ketadi. Bunda jismoniy tarbiya va sportning ham roli katta. Ayrimlar o'smirlik paytida onanizm bilan shug'ullanib, sun’iy ravishda eyakulyatsiyaga erishganlari uchun uylanganlaridan so'ng jinsiy aloqaning birinchi kunida eyakulyatsiya tez paydo bo'lib qolishi mumkin. Ko'pincha, erkaklar buni kasallik alomati deb tushunib, jinsiy sohadagi muvaffaqiyatsizliklarini onanizm asorati, deb o'ylashadi. O'smirlik davridagi onanizm - bu fiziologik jarayon bo'lib, u keyinchalik jinsiy ojizlikka olib kelmaydi.
Bemor U., 26 yoshda, texnik xodim, vasvasaga beriluvchan, o'ta rahmdil, o'z kasbini sevadigan yigit. Eyakulyatsiya tez paydo bo'lishidan shikoyat qilib, doktorga maslahatga keladi. O'smirlik davrida tez-tez pollyutsiyalar bo'lib turgan. 17-18 yoshida qizlar bilan diskotekalarda raqsga tushganda kuchli ereksiyalar va ba’zan esa eyakulyatsiyalar kuzatilgan. 19 yoshida birinchi bor jinsiy yaqinlik paytida darrov eyakulyatsiya paydo bo'lgan. 20-22 yoshida bo'lgan jinsiy aloqalarda



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish