Tibbiyot psixologiy asi


-rasm. Odam organizmi (oshqozon-ichak sistemasi) da suyuqlik surilishining dinamikasi



Download 0,96 Mb.
bet74/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

32-rasm. Odam organizmi (oshqozon-ichak sistemasi) da suyuqlik surilishining dinamikasi.


«Shamollashga» qarshi davolandim, ozgina foyda berdi, so‘ng yana qabziyat davom etaverdi. Jahlim tez-tez chiqadigan bo'lib qoldi. Nevropatologga yuborishdi, u «Hammasi asabdan», deb tinchlantiruvchi dorilar buyurdi va tuzalib ketishimga ishontirdi. Biroq qabziyat davom etayapti, endi qornimning pasti ham og‘riydigan va tinchlantiruvchi dori ichmasam. uxlay olmaydigan bo'lib qoldim», deb shikoyat qildi.


205




Biz bemorning tibbiy-psixonevrologik statusini o'rganib chiqib, haqiqatan ham uning dardi og'ir emasligini, faqat doktorlar va dorilardan shifo izlayvermasdan, o‘zi ham davolash jarayonida faol ishtirok etishi zarurligini uqtirdik. Davolash jarayoni bir oyga cho‘zilishi mumkinligini ham aytdik. Bir hafta ichida unga uchta antiqa dori tayyorlab berishimizni, uning bittasini ichishi, ikkinchisini qornining pastki qismiga surishi va uchinchisini har kuni kechasi issiq vannaga tashlab, bir soat mobaynida bo'ynigacha suvda cho‘milib yotishi zarurligini tayinladik. Bu muolajalar bir kunda bir mahal, faqat kechasi qilinishi zarurligi aytilib, aniq bir soat belgilandi. Tayyorlab berilgan dorilarimizning uchalasi ham suyuq bo‘lib, tarkibida tinchlantiruvchi, ichni suruvchi vositalar bor edi. Bemor spirtli ichimliklar ham iste’mol qilarkan. Biz unga bu odatidan voz kechmasa, hech qaysi doktor va hech qaysi dori yordam berolmasligini uqtirdik. Shundan so‘ng psixoterapiya, platseboterapiya muolajalari ham o'tkazilgach, ijobiy natijaga erishildi.
Abdominal og‘riqlar
Qorindagi og'riqlar xuddi bosh va yurak sohasidagi og'riqlar kabi dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Bu sindrom bilan bemorlar, odatda, tez-tez doktorlarga murojaat qilib turishadi (terapevtdan tortib, to onkologgacha). Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, tez yordam bo'limiga olib kelingan bemorlaming 5­10 foizi qorin og‘rig‘idan shikoyat qilarkan. Shunisi e’tiborliki, bu bemorlarning 41 foiziga «qorindagi sababi aniqlanmagan og‘riq» deb yakuniy tashxis qo‘yilarkan. Yetuk klinikalarning birida qilingan ilmiy tahlil shuni ko'rsatganki, «appenditsit» tashxisi bilan operatsiya qilinganlarning har uch nafaridan birida, olib tas’nlangan o‘simta gistologik tekshiruvdan o'tkazilganda, normal holatda bo'lgan. Shu bilan birga, qorindagi og'riqlar affektiv buzilishlar natijasida kelib chiqqan- ligi aniqlanib, qo'yilgan «ganglionevrit», «solyarit» kabi tashxislar bekor qilingan.
Umumiy psixogen giperestcziyaga glossalgiya (glossodiniya) lar yaqqol misol bo'la oladi: bemorlar gohida tili chidab bo'lmas darajada og'rishidan shikoyat qilishadi. Ularning jig'ildoni va qizilo'ngachi juda sezgir bo'ladi: tez-tez kekirish natijasida oshqozondagi kislotali moddalarning yuqoriga ko'tarilib turishi bemorlarning jig'iga tegib, ovqat yeyishdan bosh tortishgacha olib keladi. Bunday bemorlar choy yoki ovqatni sal issiq bo'lsa ham icha olmaydilar, chunki bu darrov ularning jig'ildonini «qaynatadi» va ko'kragida qattiq og'riq paydo qiladi, shuning uchun ular doimo suyuqliklarni iliq holatda ichishadi. Har qanday tashqi va


206




ichki ta'sirlarga ortiqcha e’tibor qilaveradigan bu bemorlar o'ta injiq bo'lib qolishadi: «Е xudoyim-ey, bu qanaqasi, nega men boshqalarga o'xshab ishtaha bilan ovqat tanovul qila olmayman, qornim sira ochmaydi. Bir tishlam nonni og'zimga solsam ham qornim shishib ketadi, og'riy boshlaydi», deb shikoyat qilishadi. Shuning uchun bu bemorlarda ovqatlanish vaqti keldi deguncha qo'rquv boshlanadi, ularga birov ovqat yeng deyishi shart emas, soatga qarab ham «Tushlik payti bo'ldi, mening esa ishtaham yo'q, ana yana jig'ildonim qaynay boshladi, ovqat yemasam o'lib qolaman-ku!» deb aziyat chekishadi. Och yurish natijasida har ikki- uch soatda oshqozon-ichak sistemasining peristaltikasi kuchayib, qorin og'riy boshlaydi va borib-borib bu holat tez-tez takrorlanib turadi. Shundan so'ng bemor qattiq azob cheka boshlaydi, u «Ovqat yemaganimdan yara kasaliga duchor bo'ldim», deb jarrohlarga murojaat qiladi, zond yutib, oshqozonini bir necha bor tekshirtiradi ham. Bemorni birinchi bor tekshirganda: «Sizda yara yo'q, bor-yo'g'i oshqozon shiliiq qavatida ozgina o'zgarish bor. bunaqa o'zgarish hozir kimda yo'q deysiz», deb doktorning tinchlantirishiga q&ramasdan, u «Men rejim bilan ovqatlanmayapman, bunaqada oshqozonim yara bo'lib qolishi hech gap emas, meni yana tekshirib ko‘ring!» deb iltimos qiladi. Zond yutish ular uchun o'lim bilan barobar bo'lsada, ba’zi bemorlar aytganidanqolmaydi. Bir bemor qornini uch marta operatsiya qildirgan va hech narsa topishmagach, boshqa bir jarrohning maslahatiga binoan ovqat yaxshi o'tishi uchun maxsus ballon yordamida qizilo'ngachi «kengaytirilgan».
Abdominal og'riqlar, ayniqsa, hissiy zo'riqishlardan so'ng kayfiyat buzilganda va asosan kunning ikkinchi yarmida paydo bo'ladi. Ba’zan og'riqlarning aniq bir soatlarda boshlanishi e’tiborga loyiq. Masalan, ertalab bemor o'zini yaxshi his qiladi, kechga borib qorinda og'riq paydo bo'ladi yoki buning aksi kuzatiladi. Parhez saqlash ularning ahvolini battar og'irlashtiradi, ya’ni ular faqat parhezni buzib qo'ymaslik, ovqat vaqtiga amal qilish, zarur masalliqlarni qanday topish haqida o'ylab yurishadi. Asabning bunday zo'riqib ishlashini, albatta, ular ko'tara olmay parhezni ham buzib yuborishadi va hatto, biroz yengil ham tortishadi. Natijada ular tibbiyotdan bezib, yangi antiqa usullar bilan davolaydigan «doktor» va tabiblami izlay boshlashadi.
Psevdourologik sindromlar
Siydik ajratish sistemasida kuzatiladigan psixogen (nevrogen) buzilishlar bilan nevropatolog yoki psixonevrologga murojaat qilish juda kam uchraydi. Bunday bemorlar, ko'pincha, «piyelonefrit», «glomeru- lonefrit», «buyrak tosh kasalligi», «sistalgiya», «sistit», «uretrit» tashxislari


207




bilan nefrolog yoki urologlarda davolanib yurishadi. Shu narsaga e’tibor qaratish lozimki, bu tashxislar davolash mobaynida bir necha bor o'zgarib turadi. Nihoyat, bu kasallarga hamma urologik simptomlarni o‘zida mujassamlashtirgan umumiy tashxis - «nevrogen siydik pufagi» qo'yiladi. Affektiv buzilishlarda siydik yo'llarida turli belgiiarmug paydo bo'lishi niqoblangan depressiyaning klinik ko'rinishlaridan biri bi'lishi mumkin. Tez-tez hojaixonaga qatnash, shunda ham qovug'i boshaganidan qoniqmay chiqish va qornining pastida og'riq sezish holatlari asab tizimining funksional buzilishlari uchun xosdir. Siydik ajralib chiqishining nevrotik buzilishlari ikki xil ko'rinishda kechishi mumkin: tez-tez siygisi kelishi va siyishning ushlanib qolishi. Qattiq kulganda, aksirganda, yo'tal paytida, og'ir narsa ko'targanda ozgina siyib yuborish yoki soatlab siydik tutilishlar niqoblangan depressiya uchun xosdir.
Tez-tez siyish (pollakiuriya) ko'pchilik urologik kasalliklar (sistit, uretrit, prostatit) uchun ham, niqoblangan depressiyalar uchun ham xos bo'lganligi uchun bu bemorlar zarur bo'lgan tekshiruvlardan to'la o'tishlari lozim. Ikkala holatda ham sovuq joyda ko'p turib qolish, sho'r, achchiq, nordon narsalar va spirtli ichimliklar (ayniqsa, pivo) ni iste’mol qilish, qattiq siqilish siyishning tezlashuviga olib keladi. Erkaklarda, ayniqsa, jinsiy aloqadan so'ng ana shunday holat yuzaga keladi. Biroz rivojlangan affektiv buzilishlarda uchraydigan dizuriya transportda yurganda, katta majlislar bo'layotgan paytda, o'zi biror narsani ko'pchilik oldida o'qib berayotganda namoyon bo'ladi. Natijada ularda ipoxondrik sindrom rivojlanadi: bunday bemorlar butun fikri va diqqatini siydik pufagiga qaratishadi, sharmanda bo'lib qolishdan qo'rqishadi. Tabiiyki, bu vaziyat bemorning asabiga putur yetkazadi va kasallik belgilarini yanada kuchaytiradi. Bunday bemorlar mabodo begona ayol bilan jinsiy yaqinlik qilgan bo'lsa, bu hoiatni hali tasdiqlanmagan venerik kasallik bilan bog'laydi. Rafiqasiga yaqinlasha olmaydi, doim xavotirda yashaydi va xiyonat qilganini bildirib qo'yadi.
Bolalik davridan boshlab ortiqcha talablar qo'yib tarbiyalash, uydan tashqariga chiqarmaslik, o'rtoqlari bilan o'ynashga ruxsat bermaslik keyinchalik og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki insonning ruhiy rivojlanishi tarbiya va uning atrofidagi muhitga bog'liq bo'ladi. Shu masalada B.D. Karvasarskiy (2002) qiziq bir misolni keltiradi. Ilmiy tekshirish institutlarining birida ishlaydigan 37 yoshli K. ismli ilmiy xodim jamoat joylaridagi hojatxonaga kira olmasligidan shikoyat qiladi. Bu narsa uni 17 yoshidan buyon bezovta qilsada, 20 yil mobaynida uyalganidan doktorlarga murojaat qilmagan. Bemorning hayot anamnezidan shu narsa ma’lum bo'ladiki, u onasining qattiq nazoratida


208




o'sgan. Uning onasi ko'chada bolalar bilan o'ynashi va umumiy hojatxonalaiga borishini «U yerga hamma boradi, ularning kasali senga yuqishi mumkin», deb qat'iyan man qilgan edi. Bola ko‘p qavalli uylardagi xonadonda yashagani uchun u xohlaydimi-yo'qmi, ishtoniga «yuborib» qo'ymasin deb, onasi uni doimo tuvakka o‘tqizgan, yoniga esa о-
;.;ч«Л.:>qlarini qo‘ygan. Bola tuvakda o'ynab o'tirgan, onasi esa uning yonida o'tirib ertaklar aytib bergan, kuylagan, odob haqida tarbiya bergan. Shunday qilib. har bir odamning o‘zi bajarishi zarur bo'lgan bu muhim fiziologik jarayon «ozoda» yuradigan ona tomonidan boshqarilgan. Bola tuvakda uzoq vaqt o'tirib qolar va onasi kelib olmaguncha turmasdi. Onabi tuvakda axlat yoki siydikni ko'rmasa, bolani yana o'tqazib qo'yavergan. Bola ba’zan ishtoniga siyib qo'ysa, onasidan rosa dakki yegan. Bu a>bni qilib qo'ymaslik uchun u doimo qo'rqib, xavotirda yashagan. Mabodo ona-bola mehmonga ketishmoqchi bo'lishsa, bola, albatta, uyidagi hojatxonaga kirib chiqishi, mehmonda esa siygisi kelsa ham iloji boricha kutib turishi va faqat uyga qaytgandagina hojatxonaga borisbni onasi aniq belgilab qo'ygan. Buning oqibatida bola atrofdagi narsalardan jirkanadigan va noziktabiat bo'lib o'sadi.
Siydik yo'llaridagi funksional buzilishlar kelib chiqishida bemorning jinsiy rivojlanishi ham alohida o'rin tutadi. Bemor 16 yoshida bir qiz bilan jinsiy yaqinlik qilishga urinadi, lekin darrov pollyutsiya ro'y bergani uchun uni amalga oshirolmaydi. Bu yangi alomatdan u juda qo'rqib ketadi va tez kunlarda ichi qotib hojatxoiiaoa ko'p o'tirib qolsa, siydik yo'lidan shilliq narsa chiqa boshlaganini ko'radi. Spermani «yo'qotishdan» qo'rqib, siyish jarayonini iloji boricha to'xtatishga intiladi. Agar avval jamoat hojatxonalarida odamlar bor joyda siyishdan o'zini tiyadigan bo'lsa (chunki siyayotganda ereksiya ham kuzatilgan), keyinchalik atrofda ovoq ovozi eshitilsa ham siya olmaydigan bo'lib qoladi. Keyinchalik institutni tugatadi, aspiranturaga kiradi, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Uylanadi, 3 nafar farzandlik bo'ladi. Qisqa davom etganligi sababli jinsiy aloqalardan qoniqmaydi. Urologda uch yil natijasiz davolanadi. Nevrolog ko'rib quyidagi tashxisni qo'yadi: «psevdourologik simptomlar bilan kechuvchi ipoxondrik nevroz». Muolajalar individual psixoterapiya bilan birgalikda olib boriladi va bemor tuzalib ketadi.
Bundan xulosa shuki, odamning psixologiyasini boshqarish mumkin, biroq normal kechayotgan fiziologik jarayonlarga sun’iy yo'l bilan ta’sir qilmagan ma’qul. Siydik chiqarish sistemasining asab tomondan mukammal boshqarilishining shakllanishi ikki-uch yoshlardan so'ng boshlanadi.


209




Urologik kasalliklarga chalingan bemorlar juda ko‘p tibbiy tekshiruv- lardan o‘tishadi, har xil doktorlarda bo'lishadi, doimo davolanishning yangi usullarini izlashadi va o‘zlarida qo'llab ko'rishadi. Bu doimiy tashvishlar, albatta, jinsiy quvvatsizlikka olib keladi. Bemorlarda na davolanishga, na oilasiga va na hayotga qiziqish qoladi (bu haqda biz «Jinsiy buzilishlar» ga bag'ishlangan bobda fikr yuritamiz).
Statistik ma’lumotlarga ko'ra bolalarda uchraydigan enurezning 65-80 foizi bosh miya po'stloq disfunksiyasi hisobiga rivojlanadi. Mutaxassislarning fikricha, diurezning buzilishi affektiv buzilishlarda yuzaga keladigan siydik pufagi qo'zg'aluvchanligining oshishi yoki pasayishi hisobiga kuzatiladi. Tunda tagini ho'l qilib qo'yadigan bolalar, odatda, o'ta injiq, tinib-tinchimas, yig'loqi va ko'p tush ko'radigan bo'lishadi. Ular shu qadar rang-barang tushlar ko'radiki, xuddi kattalarga o'xshab, uning mazmunini ota-onasiga berilib so'zlab berishadi. Bu belgilar nevroz alomatlari bo'lib, uning sabablarini aniqlash va o'z vaqtida davolash zarur.
Funksional polidipsiyalar (ko'p suyuqlik ichish) va poliuriyalar (ko'p siyish) asab buzilishlarida ko'p uchraydigan simptomlardir. Bunday bemorlar kuniga 5 litr va undan ham ko'p suv ichishadi. Ular doimo chanqab yurishi va suv ichganda qoniqmasligidan shikoyat qilishadi. Tabiiyki, bunday paytlarda qandsiz diabet haqida fikr paydo bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, bemor ichgan suv va ajralib chiqqan siydik miqdori, uning hissiy holatiga juda bog'liq bo'ladi. Hatto sog'lom odamlarda ham ortiqcha hissiy zo'riqishlar paytida, masalan, abituriyentlar, talabalar imtihon topshirayotgan, ilmiy xodim dissertatsiya himoyasi paytida yoki ikki kishi bir-biri bilan janjallashayotganda og'zi qurib suv ichgisi keladi va tez-tez hojatga qatnaydi. Ularning terisi ko'p suv ichishiga qaramay quruq (tumbochkasi har xil kremlarga boy bo'ladi), qon bosimi past, boshi tez-tez og'riydigan bo'ladi, biror ish qilishsa, tez charchab qolishadi. Ko'p suv ichganlari sababli organizmda elektrolitlar almashinuvi buziladi va battar chanqab, suv ichgisi kelaveradi. Buning natijasida, albatta, qandsiz diabet tashxisini inkor qilish uchun laborator tekshiruvlar o'tkazishga to'g'ri keladi.
Buyrakning konsentratsiya qobiliyati buzilmaganligi, siydikning nisbiy zichligi 1010 dan yuqori ekanligi bemorda kuzatilayotgan o'zgarishlarning nevrotik (psixogen) xususiyatga ega ekanini ko'rsatadi. Qandsiz diabetda poliuriya birlamchi, polidipsiya esa ikkilamchi ekanini unutmaslik kerak, chunki poliuriya plazmaning quyuqlashuviga sabab bo'ladi; siydikning nisbiy zichligi qotgan non yeganda ham 1007-1010 dan oshmaydi; suyuqlik ichishni kamaytirganda, hattoki, butunlay to'xtatganda ham poliuriya yo'qolmaydi. Buni quyidagi usul bilan sinab


210




ko‘rib bilish mumkin: bemorga 6-8 soat ichida bir necha bor suvsizlantirilgan non beriladi. Agar buning natijasida diurez keskin pasayib, siydikning nisbiy zichligi 1012 dan oshib, bemor tana og'irligini ko‘p yo‘qotmasa va uning umumiy ahvoli qoniqarli holda saqlanib qolsa, demak, unda qandsiz diabet yo‘q.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish