Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Download 8,52 Mb.
bet164/225
Sana14.01.2022
Hajmi8,52 Mb.
#364323
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   225
Bog'liq
Tasdiqlayman

KARDIOMIOPATIYaLAR (KMP)

Noma'lum etiologiyali yurak mushaklari kasalligi. Kardiomiopatiyalarning kelib chiqishiga bog’liq turli gipotezalar keltirilgan, lekin ularning bittasi ham toliq isbotlanmagan. Kardiomiopatiyalar klinik korinishlari turli-tumanligi bilan farqlanishi sababli, ularni "kardiomiopatiyalar" nomli alohida guruhga biriktirish yurak mushagi zararlanishi sabablari haqidagi ishonarli ma'lumotlar yo’qligi hisoblanadi. Kardiomiopatiyalarning uch guruhi: gipertrofik, dilatasion (turg’un) va restriktiv turlari farqlanadi. Dilatasion kardiomiopatiyalar (DKMP) Yurak bo’limlarining barchasi, asosan qorinchalar dilatasiyasi va ikkilamchi gipertrofiyasi, ularning propulsiv qobiliyati pasayishi bilan xarakterlanadi. hozirgi vaqtda dilatasion kardiomiopatiyaning o’choqli infeksiya, jumladan virusli, asosan Koksaki V ning kardiotrop shtammlari bilan bog’liqligi korib chihilyapti. Virusli infeksiya yurak mushagiga qarshi immunopatologik reaksiyalar rivojlanishiga olib keladi. Kasallik belgilari asta-sekin, yashirin paydo bo’ladi, kardiomegaliya tasodifiy topilma bo’lishiga mumkin, lekin kasallikning tezda yurak yetishmovchiligi progressivlanib 1-2 yilda olimga olib keluvchi o’tkir va o’tkir osti turlari qayd etilgan. Ancha sekin kechuvchi turida bemorlar hayoti davomiyligi 7-8 yilni tashkil qilishi mumkin. Yurak barcha olchamlarining keskin kattalashishi, asosan dilatasiya hisobiga cor bovinum shakllanishi tipikdir. Yurak yetishmovchiligi boshlanishida uning ifodalanishi darajasining yurak kattalashishiga bog’liq emasligi diqqatni tortadi. Keyinchalik davolashga refrakter yurak yetishmovchiligi bora-bora kuchayadi, total yurak yetishmovchiligi, anasarka va assit rivojlanadi. Yurak uchi turtkisi sustlashgan, arterial qon bosimi pasaygan. DKMP ning tipik ko’rinishlariga tromboembo’lik asoratlar xosdir. Katta va kichik qon aylanish doiralarida embo’liyalar bo’lishiga mumkin, ko’pincha o’pka embo’liyalari kuzatiladi. Ritm va otkazuvchanlik buzilishi xosdir.Barcha bemorlarda

EKGda marom va otkazuvchanlikning turli buzilishlari (qorinchalar ekstrasistoliyasi, Gis tutami oyoqchalari blokadasi, AV-blokada, qorincha taxikardiyasi, xilpillovchi aritmiya), ba'zida - infarktsimon holatlar va chin miokard infarkti, yurak kameralarining turli gipertrofiyasi aniqlanadi. Rentgenologik yurak olchamlari kattalashishi, kardiotorakal indeks (KTI) oshishi kuzatiladi. 0,55 dan ko’p KTI salbiy prognostik belgi deb qabul qilingan.Exokardiografiya yurak klapan nuqsonlarini istisno qilishga yo’rdam beradi.Obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiyalar yo’ki idiopatik gipertrofik subaortal stenoz (OGKMP)qorinchalararo to’siqning to’liq yo’ki bir qismining proporsional bo’lmagan holda qalinlashuvi kuzatiladi, natijada chap qorincha boshligi torayadi va sistola vaqtida boshliq "obturasiya"si yuzaga keladi. Kasallikning birinchi bos ichida bemorlarda shikoyat yo’q va faqatgina tasodifan, asosan chap qorincha dilatasiyasi va gipertrofiyasi hisobiga kardiomegaliya, EKGda turli o’zgarishlar va yurak shovqinlari aniqlanadi: ayniqsa I tondan keyin keluvchi sistolik qaydalish shovqini eng xosdir, u unga oxshash aortal steonoz shovqinidan farqli tosh suyagidan chapda IV qovurgalar oraliqida maksimal kuchga ega, yirik tomirlarga uzatilmaydi va tana holatiga bog’liq holda ozining jadalligini ozgartirmaydi. Kasallikning birinchi bosqichlarida aritmiya va miya ishemiyasi hisobiga sinko’pal holatlar yuzaga chiqishi mumkin, ayniqsa ancha kuchli jismoniy yuklamadan song. Ba'zi bemorlarda uzoq vaqtgacha kasallik kechishining monosindrom turi: kardialgik, aritmik, psevdoklapanli (yurak nuqsonining fizikal belgilari); infarktsimon (I, AVL, V3-V4 va boshq. uzatmalarda patologik Q tishchalari ogriq xurujlarsiz) va boshq. xosdir.II bosqichda namoyon bo’ladigan yurak urishining tezlashishiga, toxtab-toxtab qolishiga, kardialgiyaga, ba'zida tipik zoriqish stenokardiyasi xurujlariga, hansirashga qilingan shikoyatlar DKMP bemorlaridagiga nisbatan ancha sekin progressivlanadi va ko’pincha ancha yosh davrda paydo bo’ladi. Tashqi tuzilishi kozdan kechirilganda kuchaygan va chap hamda yuqoriga siljigan yurak turtkisi aniqlanadi, obkash simptomi: chap qorincha old-yo’n sohasi anevrizmasidagiga oxshash yurak oldi sohasining ikkita sistolik harakati uchrashi mumkin. Ba'zida yurak bukri kuzatiladi, puls aritmik va o’zgaruvchan, arterial bosim pasaygan yo’ki me'yorda. Klinik manzarasida yurak astmasi sindromi paydo bo’ladi va qaytalanib turadi, kasallik "mitralizasiyasi" boshlanadi, o’ng yurak surunkali chap qorincha yetishmovchiligi belgilari kuchayadi, total yurak yetishmovchiligi paydo bo’ladi. DKMPdan tashqari tromboembo’lik asoratlar kamdan-kam rivojlanadi.


Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish