Interstisial pnevmoniya
1946 yil R.Lenk o’tkir pnevmoniyalar guruhidan quyidagi rentgenologik ko′rinishga ega bo’lgan pnevmoniyani ajratdi:
1. Peribronxial infiltrasiya natijasida o’pka suratining kengaygan ildizdan urchuqsimon kuchayishi
2. Zararlangan tomonda o’pka surati to’rsimon, katakchalardan iborat bo´ladi. Bu ikki o’choqli o’zgarishlar fonida, ochoqli atelektaz
rivojlanishi mumkin, shuningdek mayda dog’lar paydo bo´ladi.
3. Bronxlarning torayish belgilari, aniq chegaralangan soyalar aniqlanadi.
1842 yilda K.Rokitanskiy ushbu pnevmoniyani ta'riflab bergach, R.Lenk bu pnevmoniyani interstisial deb atadi. V.K.Tatochenko fikriga kora interstisial pnevmoniya bolalarda kam uchraydi, o’tkir pnevmoniyaning 1% ni tashkil etadi.
Etiologiyasi. Kasallikning chaqiruvchilari viruslar, pnevmosistlar, xlamidiyalar, miko’plazmalar, patogen zamburuglar hisoblanadi.
Patogenezi. Interstisial pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarda o’pka zararlanishining quyidagi bosqichlari aniqlanadi:
1) arteriolalarning tarqalgan spazmi - I bosqich;
2) mahalliy trombogemorragik sindrom - II -bosqich;
3) o’pka mikroatelektaziga olib keluvchi surfaktant tanqisligi va alveolalar yopishishi - III-bosqich.
Klinik ko’rinishi. Interstisial pnevmoniyaning klinik kechishi uning ikki turga bo’lishiga imkon beradi:
Manifestli, o’tkir turi. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda allergik diatez korinishida uchraydi. Kasallik og’ir, neyrotoksikoz va nafas etishmovchiligi bilan kechadi (hansirash, nafas soni 1 minutda 80-100 ta, og’iz-burun atrofi sianozi, tirnoqlar sianozi, bola bezovta bo’lganda- generallashgan sianoz, burun qanotlari kerikkan, qovurg′alar orasi tortilgan), bezgak, keyinchalik azobli, tez-tez yotal qo’sqiladi. Kataral holatlar aniq bo’lmaydi: quruq xirillashlar, ba'zida krepitasiyalovchi xirillashlar va bakterial infeksiya qo’shilganda - hol xirillashlar eshitiladi.
O’pka perkussiyasida timpanit, o’pka qirralari pastda joylashgan bo´ladi, yurak nisbiy chegarasi toraygan, o’pka ildizi kengaygan bo´ladi. Perkutor tonning qisqarganligi xarakterli emas.
Gemorragik grippoz pnevmoniya og’ir kechadi, unda bezgak, og’ir neyrotoksikoz va nafas yetishmovchiligi, qon aralash, ba'zida ko’pikli balg′am, kollaps kuzatiladi. O’pkani tekshirganda nam va quruq xirillashlar, krepitasiya aniqlanadi.
Gemorragik sindrom tomir ichi qon ivishi bilan bog’liqligi gumon qilingan. Yurakning o’ng bo’limida o’tkir va o’tkir osti yetishmovchilik, jigarning qisman kattalashishi, mikrogematuriya xarakterlidir.
Kam simptomli, cho’ziluvchan turi. Maktab yoshidagi bolalarda ko’p uchraydi. Bolalarda O’RIdan keyin tez charchash, kamquvvatlik, ishtaha pastligi, subfebril tana qarorati, bosh og’rishi, kuchsizlik, yo’tal kuzatiladi.
Fizikal ma'lumotlar bunday bolalarda yaxshi bilinmaydi: intoksikasiya belgilari qisman rivojlangan, unchalik katta bo’lmagan jismoniy zo’riqishda hansirash, o’pka surati o’zgargan, o’pka ildizi kengaygan, kam miqdorda quruq xirillashlar. Ko’krak qafasi rentgenogrammasida interstisial pnevmoniyani tasdiqlovchi belgilar aniqlanadi.
Bolalarda interstisial pnevmoniya uchun immunitet pasayishi, tetrada simptomlar xarakterlidir: hansirash, gipoksemiya, diffuz interstisial infiltrasiya, yotal.
Oqibati. Interstisial pnevmoniya o’tkir turida og’ir. Bolalar virusli ensefalitdan, ichki organlarni virusli zararlanishidan nobud bo´ladi. Kasallikni yaxshi kechishida o’pkadagi rentgenologik o’zgarishlar 6-8 haftagacha saqlanadi. Interstisial pnevmoniya oqibati pnevmosklerozni rivojlanishi yoki qayta shakllanishi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |