Tibbiyot kasbiga kirish


Operatsiyadan keyingi davrda patsiyent va uning qarindosh-urug’lari bilan OIV/OITS profilaktikasi to’g’risida etika asoslari bo’yicha muloqat



Download 5,41 Mb.
bet425/430
Sana26.08.2021
Hajmi5,41 Mb.
#155744
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   430
Bog'liq
Kitob TKK

Operatsiyadan keyingi davrda patsiyent va uning qarindosh-urug’lari bilan OIV/OITS profilaktikasi to’g’risida etika asoslari bo’yicha muloqat
OIV-infeksiya – sekin rivojlanadigan infeksion kasallik bo’lib, odam immunotanqis virusi bilan zararlanganda paydo bo’ladi. Kasallik immun sistemasini zararlantiradi va inson organizmida ikkilamchi infeksiyalar bilan zararlanish moyilligi kuchayadi (oldin kasallik chaqirmaydigan holatlarda ham har xil kasalliklar paydo bo’lish ehtimoli kuchayada (opportunistichek infeksiya – bakterial zotiljam, ya’ni pnevmoniya, odam virusli papillomasi, kandidoz, gerpes va boshq.)) va yomon sifatli o’sma, ohiri o’lim holatiga olib kelishi mumkin. OITS (orttirilgan imun tanqisligi sindromi) – kasallikning oxirgi yoki terminal bosqichi.

Zararlanish manbayi – virus bilan infitsirlangan odam, – virus olib yuruvchi yoki OITS kasal. Virus olib yuruvchi bemor ko’pincha o’zini sog’lom deb yuradi, infitsirlanganligi to’g’risida shubxa tug’dirmaydi, chunki bir necha yil kasallikni belgilari ko’rinmaydi.



OITSni yuqish yo’llari:

Shuni bilish kerakki, OIV-infeksiya organizmning hamma suyuqliklarida bo’ladi, amma kam konsentratsiyasi qonda, spermada, ayollar urug’ligida, ko’krak sutida ham bo’ladi. Shuning uchun infektsiya o’tishi uchta asosiy yo’llar bilan o’tadi: jinsiy yo’l orqali, organizmga infitsirlangan qon orqali va infitsirlangan onadan bolaga.



  1. Jinsiy yo’l orqali: himoyalanmagan holda (prezervativsiz) jinsiy aloqada OIV-infitsirlangan partner bilan bo’lish. OIV qon aylanish sistemasiga zararlangan odamdan jinsiy a’zolar orqali o’tish. OIV erkakdan ayolga, ayoldan erkakka, erkakdan erkakka, ayoldan ayolga ham o’tishi mumkin. Ko’p hollarda siz sizning partnerda OIV borligini bilmaysiz. Sizning partnerda OIV borligini bekitishga ko’pgina sabablar bo’lishi mumkin. O’zingiz himoyangiz uchun partneringizga aybni to’nkashga harakat qilmang. Bunday holatlarda o’zingizni qanday himoya qilishingiz mumkin? Prezervativ ishlating, u sizni ham, partneringizni ham OIV dan va boshqa venerik kasalliklardan himoya qiladi. Bu yerda ishonish yoki ishonmaslik to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi. Jinsiy aloqa havfsiz bo’lishi kerak.

  2. Organizmga infitsirlangan qon tushishi: Tibbiy shpritslarini sterillamasdan ko’p ishlatish, kam miqdordagi qonni bir odamdan boshqa odamga o’tishi va buning oqibatida OIV bilan zararlanishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun OIV narkomanlar orasida keng tarqalishi kuzatiladi. Ular bitta shpritsdan bir nechtasi foydalanishi oqibatida OIV bilan zararlanish extimoli juda katta. Har bir ishlatilgan shpritsdan sterillanmagan holda qayta ishlatish, bu zararlangan odamdan keyingi shu shpritsni ishlatgan odamga virus o’tishi aniq. Shpritsda yoki ninada qoladigan qon 80%ga xatarli hisoblanadi. Zararlangan qon faqatgina shprits yoki ninada emas, balki narkotik tayyorlashda ishlatiladigan boshqa uskunalarda ham, narkotik moddaning o’zida ham bo’lishi mumkin. Kompaniyada in’yeksion narkotiklarni qabul va iste’mol qilish – bu o’yin «rus ruletkasi» ham deyiladi. Umumiy ninani bir marta ishlatish ham OIV-infeksiyasi bilan zararlanishga olib kelishi mumkin. Infitsirlangan bemorning qoni infitsirlanmagan odam yarasiga tushishi natijasida ham OIV-infeksiyasi bilan zararlanish mumkin. OIV-infeksiyasi tozalanmagan, sterillanmagan quloq teshuvchi, tatirovka qo’yish uchun ishlatiladigan instrumentlar orqali ham o’tishi mumkin. Bu maqsadda ishlatiladigan ninalar, har bir o’tkazilgan seansdan so’ng sterilizatsiya qilinishi shart. Tish yuvish shetkasi, soqol oladigan britvalar ham alohida bo’lishi kerak. Donor qonini quyishdan oldin antitel OIV ga tekshirilgan bo’lishi shart. OIV bilan zararlangan bemorlar donor bo’lishlari mumkin emas.

  3. Infitsirlangan onadan bolaga o’tishi: Infitsirlangan onadan bolaga o’tishi mumkin: homiladorlik paytida yoki tug’adigan paytda. Statistikada, zararlanish o’rtacha 25-50% ni tashkil etadi. Virusning onadan bolaga o’tishi ko’krak bilan emizgan vaqtida ham o’tishi mumkin. Homiladorlik paytida erta ro’yxatga olish, erta test o’tkazish, OIV-infitsirlanganligini vaqtida bilish bu juda katta rol o’ynaydi. Onani OIV-infitsirlanganligini bilgandanoq, majburiy tartibda, tekin profilaktik davolash o’tkaziladi, homiladorlikning 28 haftasigacha, tug’ish paytida va tug’ishdan keyin. Tug’ilgan chaqaloq ham profilaktik davo muolajalarini oladi, bu esa bolaning zararlanish yoki infitsirlanish foizini OIV-infitsirlangan onasidan o’tishini 25-50% dano 2% gacha kamaytiradi.

OIV infeksiyasi bilan zararlanish mumkin bo’lan biologik suyuqlik:

  • Qon;

  • Sperma;

  • Qindan ajralma;

  • Qon bilan aralash har xil suyuqlik;

  • OIV bor kultura va kultural muxit;

  • Sinovial suyuqlik;

  • Tserebrospinal suyuqlik;

  • Plevral suyuqlik;

  • Perikardial suyuqlik;

  • Amniotik suyuqlik.

OIV yuqmaydi:

  • OITS bilan zararlangan bemorning kiyimini kiysa, shaxsiy buyumlaridan foydalansa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan bir xonada tursa yoki bir xonada yotsa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bola bilan o’ynasa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan bitta vannada, basseynda, daryo yoki orolda cho’milsa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan bitta transportda yursa;

  • OITS bilan zararlangan bemor bilan siz tomonga yo’talsa yoki aksirsa;

  • OITS bilan zararlangan bemorga oddiy gigenik qoidalariga rioya qilgan holda qarasa;

  • OITS bilan zararlangan bemorga oddiy extiyot choralarini ko’rgan holda birinchi tibbiy yordam ko’rsatsa.

Kasallik belgilari: Inkubatsion (yashirin) davri 2-3 xaftadan 3 oygacha davom etishi mumkin. Undan keyin 1/3 bemorlarda kasallikning o’tkir fazasi boshlanadi (xarorat ko’tarilishi, tomog’ida og’riq, limfa tugunlarining kattalashishi, toshma toshishi mumkmn, umumiy xolsizlik), bular 2-4 xaftadan keyin davolanishsiz o’tib ketadi. 2/3 zararlangan bemorlarda esa bu davr yashirin o’tadi. Bundan keyin uzoq muddatda kasallikning belgilari sezilmaydi (virus tashuvchi). Keyinchalik bemorda bir qancha klinik belgilar paydo bo’lib, vrachda OIV-infeksiya borligiga shubxa paydo bo’ladi. O’rtacha infektsiyalangandan to OIV-infektsiyasi terminal stadiyasigacha 10-15 yil davrni oladi. Ba’zi bir holatlarda kasallik bir oy muddatda OITS ga transformatsiyalanadi, ba’zi xolatlarda esa yillab bo’lishi mumkin. O’lim holatiga olib keladigan asosiy sabablaridan biri, ko’pincha opportunistik infeksiya va Kaposhi sarkomasi bo’lsa, OIV/OITS bemorlarda esa narkomanlarda tuberkulez kasalligi bo’lishi mumkin.

OIV-infektsisiga tashxis qonni maxsus tekshirish natijalaridan keyin tasdiqlanadi, ko’p holatlarda zararlangandan so’ng 3 oylardan keyin natijasi ma’lum bo’ladi. OIV-infektsiyaga tekshiruv anonim o’tkaziladi.

OIV-infeksiyaga tekshirish ko’rsatma hisoblanadi:


  • 1 oy davomida tana haroratini oshishi;

  • 1 oydan ortiq suyuq ich kelishi;

  • sababsiz tana vazni 10% ga va undan ortiq kamayishi;

  • uzoq, qaytalanuvchi yoki oddiy davolanishga berilmaydigan o’pka yalig’lanishi;

  • 1 oydan ortiq davr mobayinidagi yo’tal;

  • 2 dan ortiq gurux limfa tugunlari 1 oydan ortiq davr kattalashishi ;

  • oldindan sog’lom odamlarda aqli zayfligining kuzatilishi.

Kasallikdan ogoxlantirish asosiy usullari:

Jinsiy aloqa qilishda OIV-infeksiyasi bilan zararlanishni ogoxlantirish:

– Tartibsiz va tasodifiy jinsiy aloqadan qochish;

– Har qanday jinsiy aloqada yuqori sifatli prezervativdan foydalanish.

OIV ni parenteral o’tish yo’lini ogoxlantirish


  • narkotik moddalar ist’mol qilishdan cheklash;

  • manikyurda, pedikyurda, pirsingda, tatuajda ko’p marotaba ishlatiladigan instrumentlarni dezinfeksiya va sterilizatsiya qilish;

  • og’iz bo’shliqi shilliq qavatiga qon tushguday bo’lsa, og’iz bo’shliqini 70 % etil spirti bilan chayish tavsiya qilinadi;

  • qon ketishlarda birichi tibbiy yordam ko’rsatishda bir marta ishlatadigan rezina qo’lqoplardan foydalanish tavsiya etiladi, terining ochiq joylarni, ko’zni qon tushishidan himoya qilish tavsiya qilinadi, har bir qonni zararlanishi katta xovf deb qaralishi lozim.

OIV ni vertical o’tish yo’lini ogohlantiris:

Xozirgi harakat qilayotgan qonunlar bo’yicha xar bir homilador ayol OIV-infektsiyaga tekshirishdan o’tishi lozim. Agar virus borligi aniqlansa, xomila ichi infektsiyasini oldini olish uchun profilaktik maxsus dori darmonlar bilan davolash tavsiya qilinadi.




Download 5,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish