Bo’g’ilish xurujlari bilan kechuvchi kasalliklar Bronxiol astma
Bronxial astma — mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining ko’pchishi va ichiga shilimshiq tiqilishi natijasida vaqt-bevaqt nafas qisishi, bo’g’ilish xurujlari bilan o’tadigan allergik kasallik. Xuruj to’satdan, turli vaqtda paydo bo’ladi, nafas olish qiyinlashadi, xushtaksimon xirillash paydo bo’ladi va u masofadan eshitiladi. Nafas olish tezlashgach, yopishqoq shishasimon, qiyin ko’chuvchi balg’am ajraladi. Bo’g’ilish xuruji bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Juda og’ir hollarda astmatik xolat rivojlanadi, bunda xuruj bir necha kun davom etadi yoki ketma-ket, qisqa oraliqlar bilan kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |