Nafas olish turlari
Nafas olish — organizmga kislorodning uzluksiz kelib turishini va karbonat angidrid hamda suv bug’larining chiqishini ta’minlovchi asosiy hayotiy jarayon. Nafas olish vaqtida ko’krak qafasi hajmi qaysi yo’nalishda o’zgarganligiga qarab, nafas olishning ko’krak (ko’proq ayollarda), qorin (ko’proq erkaklarda) va aralash turlari mavjud. Nafas olishning aralash turida o’pkalarning barcha bo’linmalari bir maromda ventilyatsiyalanadi. Nafas olish turlari inson hayotining turli xil omillari va atrof-muhit ta’siri ostida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |