Simptom. Buyrak sanchish xuruji
Siydik tosh kasalligi — buyrakda toshlarning paydo bo’lishi. Toshlar paydo bo’lganda siydik chiqishi buziladi. Siydikning turib qolishi siydik yo’llarida infeksiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tosh harakatlanganda siydik yo’llarining shilliq qavati shikastlanadi va buyrak sanchiq xuruji paydo bo’ladi.
Buyrak sanchig’i xuruji belning shikastlangan tomonida kuchli og’riq bilan kechadi. Og’riq chot sohasiga, jinsiy a’zolarga, oyoqqa o’tib, siyish qistaydi; ko’p xollarda qusish paydo buladi. Ogriq juda kuchli bulib, bemor uzini kuy i sh ga joy topolmaydi. Ba’zan xuruj siydikda qon paydo bulishi bilan kechishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |