Gipertonik kriz — arterial bosimning bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko’ngil aynish, qusishning kuchayishi bilan keskin oshib ketish xuruji; krizis gipertoniya kasalligi kechishini qiyinlashtirib, miyadagi qon aylanishining vaqtinchalik buzilishlari, ko’rish qobiliyatining pasayishi, harakatlarning qisqa muddatli buzilishlari, qisqa muddatli nutq buzilishi bilan kechishi mumkin. Og’ir hollarda kasallik yurak yetishmovchiligi (yurak astmasi), yurak muskulining qisqarish xususiyati buzilishi, miokard infarktiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |