Fosfoorganik birikmalar bilan zaharlanish (xlorofos, karbofos)
Ishlab chiqarishda va uy-ro’zg’orda fosfoorganik birikmalar qo’llanilishi natijasida ulardan zaharlanish hollari uchraydi. Zaharlanish belgilari preparatlar bilan aloqadan so’ng 1 soat mobaynida namoyon bo’ladi; so’lak oqish, qusish, ich ketish, ko’z qorachiqlari qisqarishi; so’ngra bronx spazmlari va bronxial bezlar sekretsiyasi keskin kuchayishi natijasida bo’g’ilish rivojlanadi; zaharlanishning kechki bosqichlarida muskullar (shu jumladan nafas olish) falaji yuzaga keladi, bu esa asfiksiya oqibatida yuzaga keladigan o’limga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |