Simptom.
Asfiksiya — organizm to’qimalariga kislorod kelishi keskin to’xtashi natijasida paydo bo’lgan bo’g'ilish hasta uchun xavf tug'diradi.
Sabablar:
1. Nafas olish yo’llaridagi mexanik to’siqlar, masalan, kekirdak yoki traxeyaga yot jismning tushishi.
2. Tovush yorig’ining shishi va qisilib qolishi.
3. Havoda kislorod yetishmasligi, yopiq joylarda bo’lish.
4. Gazlardan, masalan uglerod oksididan zaharlanish.
5. Kislorodni to’qimalarga yetkazishda ishtirok etuvchi qon gemoglobini darajasining pasayishi.
6. Miyada qon aylanishining buzilishi yoki zaharlanishda nafas olish markazi faoliyatining buzilishi.
7. Poliomielitda nafas muskullari falaji.
Do'stlaringiz bilan baham: |