FUNKSIONAL HOLATNING BAHOLANISHI
Nafas olish tavsiflari
Nafas olish ritmi, turi, tezligi va chuqurligi yetarli gaz almashinuvini ta’minlaydi va o’zaro uzviy bog’liq. Tez-tez, yuzaki nafas olishda gaz almashinuvi kamayadi, siyrak lekin chuqur nafas harakatlarida giperventilyatsiya kelib chiqishi mumkin. Nafas olish markaziy asab tizimi tomonidan tartibga solinadi. Bosh miya funksiyasi buzilganda nafas to’xtab qolishi mumkin, natijada shoshilinch yordam zarur bo’ladi.
Me’yoriy nafas olish bir maromda kechadi. Nafas olish harakatlarining ritmi, tezligi vа chuqurligining buzilishi nafas qisishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |