Simptom. Arterial bosimning pasayishi
Kollaps — arterial bosimning keskin pasayishi va periferik qon aylanish buzilishi bilan kuchli tomir yetishmovchiligi. Kelib chiqish sabablari: ko’p miqdorda qon yo’qotish, shikastlanish, miokard infarkti, zaxarlanish, o’tkir infeksiyalar va yurak ritmining buzilishi. Kollaps bemorning o’limiga sabab bo’lishi mumkin.
Bemorning tashqi ko’rinishi: yuz bichimlari uchli, terining rangi och-kulrang, mayda ter tomchilari, oyoq-qo’llar sovuq, ko’kimtir rangda. Bemor lanj, sust; nafas olishi tezlashgan, yuzaki; puls tez-tez urib turadi; arterial bosim tushib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |