Qon tupurish va o’pkadan qon ketishi
Qon tupurish (grech.haemoptoe) –yo’tal vaqtida nafas yo’llari orqali qon yoki balg’amning qon massasi bilan ajralishi. Qon balg'amda tekis tarqalgan bo'lishi mumkin (masalan,balg’am o'pka saratonida "malina jelesi" ko’rinishida) yoki alohida bo’laklar bilan bo’lishi. Krupozli pnevmoniyada balg'am "zangsimon" bo'lishi mumkin. Qon ketish manbasi bo’lib pulmonar arteriya tizimi yoki bronxial tomirlar bo'lishi mumkin. Soxta qon tupurishda qonash manbalari milklarning qonashi, shuningdek burun qonashidir.
Qon tupurish quyidagi kasalliklarda kuzatilishi mumkin.
O'pka qon tomirlari parchalanishi va tomir devori yaxlitligini buzilishiga aloqador bo’lgan o’pka kasalliklari - bronxoektaz, o'pka abssessi, sil, o'pka saratoni, bronxial adenoma
YuQT patologiyasi - chap atriyoventrikulyar teshik stenozi (mitral stenoz), o'pka emboliyasi, aorta anevrizması.
Ko'krak jarohati.
Autoimmun kasalliklar.
Qon tupurish - bu shifoxonaga zudlik bilan joylash uchun ko’rsatma hisoblanadi, chunki balg'amda qon paydo bo’lishi o’pka arteriyasidan qon ketishi ehtimoldan holi emas.
Qon tupurish bilan og'rigan bemorlar uchun g'amxo'rlik to'liq dam olishni ta'minlash hisoblanadi. Bemor uchun qulay bo’lgan yarim o’tirgan holatni egalashga va kasallangan tarafi bilan yotishga ko’maklashilish zarur. Bu qonning o’pkaning sog’ tomoniga tushishidan asraydi. Ko’krak qafasi zararlangan yarmiga muz bo’lakchalari qo’yiladi. Muz qon tomirlarining refleksli spazmiga va o’pkaning qon bilan to’lishi kamayishiga olib keladi. Kuchli yo’tal, oshib boruvchi qon ketishida bemorga yo’talga qarshi moddalar buyuriladi. Yuqori harorat ta'siri pulmonar qon ketishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun oziq-ovqat sovuq, yarim suyuqlik shaklida beriladi. Issiq vanna yoki dush qabul qilish mumkin emas. Shifokor tekshiruvisiz bemorga harakat qilish va gaplashish mumkin emas.
Pulmonar qon ketish –turli xil nafas olish sistemasi kasalliklarining xavfli asorati hisoblanib,bu bronxial yoki o’pka tomirlaridan qonni ketishi va u havo yollari orqali ajralishi bilan boradi. Pulmonar qon ketish yo’tal bilan birga suyuq yoki quyuq qon ajralishi, bosh aylanish, charchash, gipotoniya, hushdan ketish holatlari bilan namoyon bo’ladi. Pulmonar qon ketishni diagnostika qilish maqsadida o’pkani rentgen, tomografiya, bronxoskopiya, bronxografiya, angiopulmanografiya, bronxial arteriyalarning selektiv angiografiyasi o’tkaziladi. Pulmonar qon ketishining to'xtashi bronxial arteriyalarning konservativ gemostatik terapiyasi, endoskopik gemostaz, endovaskulyar embolizatsiyasini o'z ichiga olishi mumkin. Keyinchalik, o'pkadan qon ketish manbasini bartaraf etish uchun etiologik va patogenetik omillarni hisobga olgan holda jarrohlik usuli bilan davolanadi.
Pulmonar qon ketish - bu eng xavfli holatlardan biri hisoblanadi, shoshilinch gemostatik ishlar olib borilishi kechiktirilsa bemorlarning bir zumda o'limiga olib kelishi mumkin. Qon yo'qotishining og'irligiga va uni keltirib chiqaradigan holatga qarab o'pkadan qon ketishida o'lim darajasi 5-15% dan 60-80% gacha o'zgarib turadi. Pulmonar qon ketish xavfi bo'lgan bemorlar orasida(50-55 yosh)yetarlicha somatik potalogiyalar mavjud. Nafas olish sistemasi kasalliklaridan tashqari yurak va qon tomirlari kasalliklarida ham qon tupurish va o'pkadan qon ketishi kabilar yuzaga kelishi mumkin. Pulmonar qon ketishni keltirib chiqaradigan omillar jismoniy yoki emotsional stress, infektsiyalar, insolyatsiya, gemodinamik buzilishlar, pulmonar gipertenziya, hayz (ayollarda) va boshqalarni o'z ichiga olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |