480
IV BOB. BOLALAR XIRURGIYASIDA BEMOR
PARVARISHI
XIRURGIK BEMORLARNING O’ZIGA XOS
HUSUSIYATLARI, ULARNI QABUL QILISHDA
SHIFOKORNING TUTGAN O’RNI
Bolalar xirurgiyasi pediatriya sohasidagi klinik fanlar
orasida alohida o’rin egallab turadi. Bolalar xirurgiyasi ikki fan:
xirurgiya va pediatriya asosida, tug’ilgandan 18 yoshga qadar
bolalarda uchraydigan xirurgik kasalliklarni davolash bilan
shug’ullanadi. Ularga xar xil, oddiydan murakkabgacha, terini
kesishdan
a’zolarni
ko’chirishgacha
bo’lgan
jarroxlik
amaliyotlari o’tkaziladi. Davoni natijasi ko’p hollarda bemor
bolalarni operatsiya oldi va operatsiyadan keyingi davrda
parvarishlashni to’g’ri tashkil qilishiga bog’liq. Bemordagi
klinik holatni chuqur va to’g’ri bilish uchun bemorning yoshiga
doir xususiyatlarni bilishi lozim. Ayniqsa bu yosh davrdagi
bemor bolalarga ta’aluqli.
Bolalarni tanasi va a’zolarini anatomik va fiziologik
tuzilishi kattalardan farq qiladi. Shu sababli kasalliklarni
kechishida ham ko’p farqlarga olib keladi. Shifokorlar ushbu
xususiyatlarni bilishlari va tushunishlari kerak. Alifboni bilmasa
xikoyani o’qib bo’lmasday, bolalarni anatomik va fiziologik
xususiyatini bilmasa, ulardagi kasalliklarni tushunish va
davolash mumkin emas.
Yangi tug’ilgan chaqaloqni terisi nozik bo’ladi, u oson
shikastlanishi mumkin. Bolada terining himoya funktsiyasi
yetarlicha emas va shu sababli tez shikastlanib infektsiyalar
uchun kirish darvoza bo’lishi mumkin. Chaqaloq va yosh
bolalarni teri qavatini noto’g’ri yoki sifatsiz parvarish qilinsa,
bolalarni terisida xar xil yallig’lanish jarayonlari va kasalliklar,
481
ularni asoratlari (flegmona, abtsess, sepsis va h.o.) paydo
bo’lishi mumkin.
Bolalar, ayniqsa kichik yoshdagi, ularni asab tizimi to’liq
rivojlanmaganligi sababli ularda infektsiya, intoksikatsiya,
og’riq, psixologik shikastlarga umumlashtirilgan o’ziga hos
reaktsiyaga ega. Shu sababli bolalarda mahalliy belgilar
ko’rinmasdan, umumiy belgilar (tana haroratini oshishi, ichi
ketishi, qayt etishi) yuzaga keladi. Shu bilan birga bolalarda
(ayniqsa
5
yoshgacha)
asab
tizimining
kompensator
reaktsiyalarning yo’qotilishi kuzatiladi. Bola og’riqni qiyinchilik
bilan anglaydi.
Bolaning ruxiy yetilmaganligi o’zini salbiy tutishiga,
(dissimulyatsiya) kasalligini belgillarini bekitishga olib keladi.
Bolani organizmini asosiy hususiyatlaridan doimiy o’sish
va rivojlanish: tug’ilishdan 14-18 yoshigacha bolalar
organizmida o’zgarishlar kuzatiladi, chaqaloqlarda ushbu
jarayonlar kuchliroq kuzatiladi.
Bolalar organizmini a’zo va tizimlarini yetilishi xar xil yosh
davrlarida amalga oshadi. Ularning funktsional holati va
umumiy jismoniy rivoji qator o’zgarishlarga uchraydi. Bolalarni
anatomik va fiziologik hususiyatlariga ko’ra ularda xirurgik
kasalliklarni
kechishi
kattalardan
farq
qiladi.
Bolalar
organizmini tuzilishi, a’zo va tizimlarni funktsiyalarini
xususiyatlari ularni parvarishiga aloqasi borligini e’tiborga olish
kerak. O’sish omili shifokorning olib boradigan davosiga
ta’sirini belgilaydi. Ayrim hollarda ushbu omillar davoga
teskari, ayrim hollarda aksincha foydali ta’sir etishlari mumkin.
Masalan, suyak sinishi (uzunasiga va bo’ylamasiga suyak
sinib siljishi) natijasidagi qo’l-oyoqdagi qiyshayishlar bola
o’sishi bilan to’g’rilanib ketadi va operatsiya talab etmaydi.
Shuningdek erta yoshda bo’lgan axamiyatsiz ko’ringan kichik
shikastlanishlar yoki epifizar o’suvchi sohani infektsion
zararlanishi (osteomielit) keyinchalik bola o’sishi davrida qiyin
bartaraf etiladigan kasallikka aylanishi mumkin. Yana misol:
482
bola to’qimalarini yahshi rivojlanmaganligi va davom etuvchi
o’sishi tug’ma deformatsiyalarni kesmasdan yoki engil
manipulyatsiyalar yordamida to’g’rilashga imkon tug’diradi,
vaholanki kattalarda bu usullar naf bermaydi. Yassi oyoqlik erta
bosqichida bosqichli yumshoq boylamlar va shinalar; displaziya
va tug’ma son chiqishlari ham erta bosqichida funktsional
shinalar va gimnastikalar yordamida davolanadi.
Bolalarda ularning anatomik va fiziologik hususiyatlari
hisobiga faqat ularga hos kasalliklar uchraydi. Ularni orasida
omfalit (kindik atrofi to’qimalarini yallag’lanishi) va flegmonani
mahsus turi (chaqaloqlar nekrotik flegmonasi).
Chaqaloqlarda ayrim a’zo va to’qimalar funktsiyalarini
vaqtinchalik buzilishlari katta axamiyatga ega. Ushbu holatlar
yoki sindromlar shoshilinch xirurgik muolajalarni talab etadigan
klinik ko’rinishlari og’ir kasalliklar va nuqsonlarni eslatadi.
Lekin ba’zan ushbu holatlar o’zidan o’zi yo’qoladi yoki
konservativ davolanadi. Masalan, ichak disfunktsiyasi, halaziya
yoki ahalaziya chala tug’ilgan chaqaloqlarda uchraydi va qusish
boshqa hazm qilish a’zolari o’tkazuvchanligini buzilishi bilan
xarakterlanadi. Operativ davo bu holatda yordam bermaydi,
balki konservativ davo (kyuvezda saqlash, vitaminterapiya,
gormonterapiya) yahshi natija beradi. Shunday qilib bolalar
jarrohi organic va funktsional o’zgarishlarni bir-biridan
ajratishda ma’lum bir qiyinchiliklarga duch keladi.
Yuqorida bayon etilganlar bola organizmining anatomo-
fiziologik ko’rinish hususiyatlarini namoyon etib, bolalar
xirurgiyasi o’rnini belgilaydi. Qolgan to’liq ma’lumotlar amaliy
mashg’ulotlarda o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: