Simptom. Arterial bosimning pasayishi
Kollaps — arterial bosimning keskin pasayishi va periferik
qon aylanish buzilishi bilan kuchli tomir yetishmovchiligi. Kelib
chiqish sabablari: ko’p miqdorda qon yo’qotish, shikastlanish,
miokard infarkti, zaxarlanish, o’tkir infeksiyalar va yurak
ritmining buzilishi. Kollaps bemorning o’limiga sabab bo’lishi
mumkin.
Bemorning tashqi ko’rinishi: yuz bichimlari uchli, terining
rangi och-kulrang, mayda ter tomchilari, oyoq-qo’llar sovuq,
ko’kimtir rangda. Bemor lanj, sust; nafas olishi tezlashgan,
yuzaki; puls tez-tez urib turadi; arterial bosim tushib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |