Miokard infarkti — yurak arteriyalaridan birining teshigi
keskin torayishi yoki yopilishi natijasida yurak muskulining
kuchli shikastlanishi. Infarktdan oldin yurak shikastlanish
belgilari – og’riq, nafas qisish, yurak o’ynashi kuzatiladi; infarkt
to’liq, xotirjamlik muhitida ham rivojlanishi mumkin, ayniqsa
yosh odamlarda. Asosiy belgi — nitroglitserin qabul qilinganda
ham og’rig’i qolmaydigan davomli kuchli og’riq, xuruji (ba’zi
vaqtlarda bir necha soatgacha). Miokard infarktiga shubha
qilinganda shifokorlarning shoshilinch yordami zarur. Bunday
kasallarni transportda olib ketish masalasini faqat shifokor hal
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |