Simptom. Yurak sohasidagi og’riqlar
Yurak sohasidagi og’riq yurak tomirining uzoq, vaqt
siqilishi yoki qisqarishi oqibatida yurak muskulining qon bilan
ta’minlanishi yetarli darajada bo’lmasligi natijasida namoyon
bo’lishi mumkin. Bunday holat stenokardiya xurujida ro’y
beradi.
Bunday holda og’riq to’sh orqasiga yoki uning chap
tomoniga tarqalib, chap qo’l yoki kurakda bilinadi, og’riq
siquvchi-ezuvchi bo’lib, o’lim qo’rquvi, quvvatsizlik, tananing
titrashi, qattiq terlash bilan davom etadi. Og’riq xuruji bir necha
minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Yurak
sohasida og’riq xuruji bo’lgan bemor shoshilinch yordam,
sinchkov nazorat va parvarishga muhtoj bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |