Uy sharoitida qilinadigan ingalyatsiyalarning eng ko’p
tarqalgan usullari
Kartoshka po’sti bilan suvda pishiriladi, suvning bir qismi
to’kib tashlanadi, ozgina ukrop solinadi, 2 osh qoshiq o’simlik
moyi va 1 choy qoshiq ichimlik sodasi qo’shib, olovda isitiladi.
Bemor qulay o’tkaziladi, uning boshiga paxmoq adyol yoki
katta issiq ro’mol (katta kapyushon ko’rinishida) yopiladi, issiq
kartoshkali idish ustida boshi engashtiriladi. Undan chiqayotgan
bug’dan bemor 10—15 daqiqa mobaynida nafas oladi. Shundan
so’ng bemor issiq o’ralib, 1—2 soat o’rnida yotishi lozim.
Kartoshkaning po’chogini yaxshilab yuvib, oz miqdordagi
suvda kartoshka hidi chiqquncha pishiriladi. 2 ta validol
tabletkasini qo’shish ham mumkin. Bemor boshi yopiladi,
po’choqli idish ustiga engashtirib, burun va og’iz bilan 10-15
daqiqa mobaynida chuqur nafas olinadi, shundan so’ng o’ringa
yotiladi.
Bir choy qoshiq evkalipt bargi maydalanadi, 3 stakan
qaynok suv quyiladi, 5 daqiqa damlanadi, isitilib, 20 daqiqa
nafas olinadi.
Choynakda qaynab turgan suvga 1 osh qoshiq skipidar
qo’shilib, bug’idan nafas olinadi.
Sirlangan idishga 10 g qarag’ay kurtagi va tozalangan
qalampir solinadi, 1 stakan qaynoq suv qo’shiladi, 20 daqiqa
damlanib, siqib olinadi, suzgichdan o’tkaziladi, ingalyatsiya
qilinadigan idishga solinadi va bug’idan nafas olinadi.
70 ml issiq suvga 30 g asal qo’shiladi, bu suyuqlik
kastryulka yoki choynakka quyiladi, isitilib, kuniga 2—3 mahal
10—15 daqiqa nafas olinadi.
Qaynoq suvli choynakka 1 choy qoshiq ichimlik sodasi
qo’shiladi va bug’idan nafas olinadi.
129
1 osh qoshiq qizilpoycha o’tiga 1 stakan qaynoq suv
quyiladi, 30 daqiqa damlanadi, siqib olinadi, qaynoq suvli
choynakka qo’shilib, ingalyatsiya qilinadi.
1 osh qoshiq kalendula, moychechaq mavrak qaynoq
suvga qo’shiladi, 3—5 daqiqa damlanadi, suzgichdan o’tkaziladi
kastryul yoki choynakdagi qaynoq suvga qo’shilib, bug’dan 20
daqiqa nafas olinadi.
Qora andizning maydalangan ildiz va ildizpoyalari (20 g —
to’la bir oshqoshiq) sirli idishga solinadi, 1 stakan qaynoq suv
quyiladi, qopqog’i yopiladi va bug’da isitiladi, 30 daqiqa tez-tez
kavlab turiladi, shundan so’ng suzgichdan o’tkaziladi, issiq suvli
choynakka qo’shilib, 10 daqiqa nafas olinadi.
20 g moychechakka 1 stakan qaynoq suv qo’shiladi, 4 soat
damlanadi, suzgichdan o’tkaziladi; damlama isitilib, iliq holda
burun ingalyatsiyasi qilinadi. Bu usul tumovda yaxshi yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |