Tibbiyot kasbiga kirish



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet471/485
Sana03.09.2021
Hajmi4,42 Mb.
#163615
1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   485
Bog'liq
Китоб ТКК (4)

 

O’rin-ko’rpa 

tarkibi. 

Krovat 


palataga 

shunday 


joylashtirilishi  kerakki,  unga  har  tomondan  bemalol  bora 

olinishi, bosh tomonni devorga qaragan bo’lishi lozim. Qo’shni 

krovatlar  bilan  orasi  kamida  1,5  m  bo’lishi  kerak.    Krovat 

setkasi  yaxshi  tortilgan  bo’lishi,  yuzasi  tekis,  ustiga  to’shak 

tashalgan, uning ustidan toza choyshab tashalib chetlari to’shak 

ostiga buklangan bo’lishi kerak, choyshab chetlari osilib, o’ralib 

yotmasligi  kerak.  Agar  bemor  choyshab  ustida  ovqatlansa, 

choyshabni  qoqib  qaytadan  yoyish  lozim.      Paxta,  par  yostiqlar 

ustidan  toza  yostiqjild  kiygizish  kerak.    Ko’rpa  toza,  yengil, 

issiq  bo’lishi, yaxshi dezinfeksiyalanishi lozim. YOz oylvarida 

bemorlar  matoli  ko’rpalardan  foydalanishi  mumkin.    Ko’rpa 

ustiga  ko’rpajild  kiygizili  shart.  Bolalar  va  keluvchilar  boshqa 

krovatlarda o’tirishi mumkin emas. Ota-onalar stulda o’tirishlari 

kerak.  


Ba’zi  bemorlarga,  ya’ni  umurtqa  pog’onasi,  bo’g’imlar, 

ichki  a’zolar  patologik  joylashganda  (adashgan  buyrak)  krovat 

setkasi ustidan taxta, uning ustidan to’shak tashlanadi.  

Og’ir  bemorlar  uchun  maxsus  funktsional  krovatlar  ishlatiladi, 

ularda  bemorga  kerakli  holatlarni  berish  mumkini  (masalan, 

yarim o’tirgan holat). Funktsional krovat panelli ramadan, ikkita 

suyanchiqdan,  ikkita  yon  panjaradan,  krovat  usti  stolidan  va 



567 

 

korzinadan tashkil topgan.  Krovat paneli uchta harakatlanuvchi 



seksiyadan iborat: bosh, chano-son va oyoq. 

Yon  panjaralar  olinadi  va  yosh  bolalarni  himoya  qilishi, 

shuningdek  vena  ichiga  uzoq  vaqt  dori  yuborishda  bola  qo’l-

oyog’ini bintlashda yordamchi vazifani va h.o. bajaradi. Krovat 

usti  stoli  patnis  va  ikkita  oyoqchadan  tashkil  topgan  bo’lib, 

bevosita  bemor  yuzi  oldiga  krovat  ustidan  qo’yiladi,  agarda 

bemor  yarim  o’tirgan  holatda  bo’lsa.  Tuvak  uchun  korzina 

bo’ladi. 

Har  bir  krovat  yonida  tumbochka  bo’lib,  bola  shaxsiy 

gigiyena  anjomlari,  kiyimlari,  o’yinchoqlari,  kitoblar  turadi. 

Tumbochka holatni hamshira nazorat qilib turadi.  

O’rin-ko’rpa  va  kiyimlarni  almashtirish    7-10  kunda  bir 

marta  vanna  qabul  qilingandan  keyin  amalga  oshiriladi,  lozim 

bo’lsa tez-tez ham almashtirilishi mumkin.  Katta yoshli bolalar 

ahvoli qoniqarli bo’lsa o’zlari kiyinishadi, kichik yoshdagilarga 

hamshira yoki kichik tibbiy xodim yordamlashadi.  

  

Og’ir,  yotoq  rejimdagi  bemor  kiyimlari  almashtirilganda 



hamshira kuylak chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin 

qo’lidan  chiqarib  yechintiradi.  Toza  kiyim  shunga  teskari 

ravishda  kiygiziladi.  Agarda  bemor  qo’li  shikastlangan  bo’lsa 

oldin  sog’  qo’lidan,  keyin  kasal  qo’ldan  yechiladi.  Kuylakni 

oldin kasal qo’lga, keyin sog’ qo’lga kiygiziladi.  

Odatda  bemor  kiyimini  almashtirganda  oqliklarini  ham 

almashtirishadi.  Agar  bemor  o’tira  olsa,  uni  krovatdan  stulga 

o’tirg’izib,  hamshira  oqliklarni  almashtiradi.  Yotoq  rejimdagi 

bemorlarni  oqliklarini  almashtirishni  ikki  xil  usuli  bor:  1)  eski 

choyshab bosh tomondan pastga qarab o’rab kelinadi va olinadi. 

Ikki  tomondan  bintga  o’hshab  o’ralgan  toza  choyshab  bemor 

dumg’azasi  ostiga  qo’yiladi  va  krovatga  uzunasiga  yoyiladi;  2) 

bemor  bola  krovat  yoniga  suriladi  va  eski  choyshab  uzunasiga 

o’raladi,  ochilgan  sohaga  yangi  choyshab  yoyiladi  va  bemor 

uning ustiga o’tkaziladi, keyin eski choyshab olinadi va yangisi 

yoyiladi.  




568 

 

Eski  oqliklar  va  kiyimlar  alohida  yig’iladi  va  qopqoli 



plastmassa  idishlarga  yoki  polietilen  qoplarga  solinadi  va 

alohida xonaga olib chiqiladi. Bo’lim bekasi boshqa xalat kiyadi 

va  kleyenka  fartik  takadi,  oqliklarni  saralaydi,  kasalxonaning 

markazlashgan  kirxonasiga,  undan  kir  yuvish  xonasiga 

yuboradi.    Oqliklarni  almashtirgandan  keyin  palata  poli  va 

boshqa  jihozlar    1  %  kal’siy  gipoxlorid  eritmasiga  namlangan 

lattt bilan artib chiqiladi.  

Bo’limda  bir  sutkaga  yetadigan  oqliklar  zahirasi  bo’lishi 

kerak.  Oqliklarni  markaziy  isitish  batareyalarida  quritish  va 

qayta ishlatishga yo’l qo’yilmaydi. 

O’z  vaqtidan  o’tib  va  noto’g’ri  almashtirilgan  oqliklar 

yotoq yaralar rivojlanishiga sababchi bo’ladi.  



Yotoq  yaralarni  oldini  olish.  Gigiyenik  vanna  qabul  qila 

olmaydigan,  uzoq  vaqt  yotoq  rejimda  yotadigan  bolalarni 

terisini 

parvalishlash 

alohida 

ahamiyatga 

ega. 

Teri 


dezinfeksiyalovchi  eritmaga  (yarim  spirtli  eritma,  odekalon, 

oshxona  uksusi,  kamfora  spirti  va  h.o.)  namlangan  sochiq  yoki  

yumshoq  mato  (doka)  bilagn  artiladi.  Sochiqni  bir  uchi 

namlanadi  va  quloq  orqasi,  bo’yin,  yelka,  ko’krak  qafasi, 

dumba,  qo’ltiq  osti  va  chov  burmalari,  qo’l-oyoqlar  artiladi. 

Keyin quruq tomoni bilan yana o’sha sohalar artib quritiladi.  

Yotoq yara — yumshoq to’qimalar (teri va teri osti qavati)  

nekrozidir. Ko’pincha yotoq yaralar nimjon bolalarda dumg’aza, 

kurak, son suyagi boshi, tirsak, tovon sohalarda, ya’ni yumshoq 

to’qima  o’rin  va  suyak  orasida  bosilib  eziladigan  sohalarda 

uchraydi.  

Yotoq yaralarni rivojlanishiga terini noto’g’ri parvalishlash, 

yomon va noto’g’ri yoyilgan choyshab sababchi bo’lib, ular teri 

va  teri  osti  qavatida  qon  aylanishini  buzadi.  Oldin  teri  oqaradi, 

keyin  qizaradi,  shishadi  va  epidermis  ko’chadi.  Pufakchalar  va 

teri nekrozi hosil bo’lishi mahalliy o’zgarishlarni kuchayganidan 

va  yotoq  yaralarni  erta  belgilarini  tibbiyot  xodimi  to’liq 

baholamaganidan    dalolat  beradi.  Og’ir  holatlarda  nafaqat 




569 

 

yumshoq to’qimalar, balki suyak usti pardasi, hattoki suyak ham 



zararlanadi.    Infeksiyani  qo’shilishi  sepsisni  rivojlanishiga  olib 

keladi. 


Yotoq yaralarni oldini olishga har kuni bemor bolani yonga 

aylantirish  (agar  ahvoli  ko’tarsa),  choyshabni  yig’ilib  qolgan 

sohalarini  to’g’rilash,  ovqat  qoldiqlaridan  tozalash,  terini 

dezinfeksiyalovchi  eritmalar  bilan  artish  kiradi.    Uzoq  vaqt 

yotadigan  og’ir  bemorlar  ostiga  kichik  choyshab  bilan  o’ralgan 

rezina  (shishirilgan)  aylanalar  qo’yiladi.  Uni  shunday  qo’yish 

kerakki,  dumg’aza  aylana  o’rtasida  bo’lishi  kerak.  Agar  terida 

qizarish  paydo  bo’lsa  qon  aylanishini  yaxshilash  uchun  quruq 

sochiq  bilan  sekin  artiladi.  Ultrabinafsha  nurlantirishdan 

foydalaniladi.  SHilingan  teri  sohalari  sovuq  suvda  bolalar 

sovunida  yuviladi,  spirt  bilan  artiladi,  keyin  tal’k  yoki  oddiy 

pudra sepiladi.  

Pufakchalar  brilliant  yashili  bilan  artiladi,  quruq  bog’lam 

qo’yiladi. Nekrozni chegaralash uchun vrach o’lgan to’qimalarni 

kesib  olib  tashlaydi,  yara  1%  kaliy  permanganat  eritmasiga 

namlangan  steril  salfetka  bilan  o’rab  qo’yiladi.    Keyinchalik 

hamshira  kuniga  2-3  mahal  bog’lamni  almashtiradi  va  yara 

holati to’g’risida vrachga xabar berib turadi. Yara tozalanishiga 

qarab mazli (Vishnevskiy mazi, sintomitsin emul’siyasi va h.o.) 

bog’lamlar qo’llaniladi.  

Bolalarda  yotoq  yaralarni  paydo  bo’lishi  yomon 

parvarishdan, 

bo’lim 

tibbiy 


xodimlarini 

past 


tibbiy 

madaniyatidan, 

o’z 

vazifalariga 



sovuqqonlik 

bilan 


yondashishidan dalolat beradi.  


Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish