Axlat tekshirishi
Axlat tekshiruvi-MIT kasalliklarida asosiy tekshiruv bo`lib
hisoblanadi.
Tekshiruv
aniqligi
bemorning
tekshiruvga
tayyorlashga bog`liq bo`ladi.
Axlatning keyingi tekshiruv turlari farqlanadi.
Koprologik tekshiruv (grek. Kopros-axlat)-hazm traktining
turli qismlarida ovqat hazm bo`lishini o`rganadi:
Rangi, zichligi(konsistensiyasi), hidi, reaksiyasi(pH) va
qo`shimchalarning mavjudligi(ovqat qoldiqlari, yiring, qon,
shilliq, gelmintlar);
Oqsil qoldiqlari(muskul va biriktiruvchi tola), uglevod
qoldiqlari
(o`simlik
hujayrasi
va
kraxmal),
yog`
qoldiqlari(neytral yog`, yog` kislotasi, sovun), hujayra qoldiqlari
(leykositlar, eritrositlar, makrofaglar, ichak epiteliysi), kristallik
hosila(tripelfosfati, kalsiy oksalat, xolesterin kristallari),
shilliqni aniqlash uchun axlatni mikroskopik tekshiruvdan
o`tkaziladi.
Qonning aniq pigmentini, strekobilin, ammiak va
aminokislotalarni aniqlash uchun axlatni kimyoviy analizdan
o`tkaziladi.
Axlatda yashirin qonni tekshiruvi-Gregersen Veber
reaksiyasi.
Sodda hayvonlar va gelmintlar tuxumini axlatda aniqlash
tekshiruvi.
Ichak
infeksiyasi
qo`zg`atuvchisini
aniqlash
uchun
bakteriologik tekshiruv qo`llniladi
Bemorni axlat topshirishga tayyorlash:
Medikamentlar bekor qilinishi: axlatning tashqi
ko`rinishiga ta`sir ko`rsatadigan, mikroskopik tekshiruvga xalal
beruvchi va ichaklar peristaltikasini kuchaytiradigan preparatlar
2-3 kun oldin to`xtatiladi. Bunday preparatlar qatoriga vismut,
temir, bariy sulfat, pilokarpin, efedrin, neostigmin metilsulfat,
aktivlangan
ko`mir
preparatlari,
shuningdek
yog`lardan
175
tayyorlangan rektal shamchalar ham kiradi. Moyli huqnalar ham
o`tkazilmaydi.
Ovqat rejimini to`grilash: tekshiruvdan 5 kun oldin
bemorga maxsus dieta buyuriladi.
Odatda Shmid (2250kkal) yoki Pevzner (3250kkal)
dietasi buyuriladi. Shmid dietasi tarkibiga bo`tqa, yog`siz
go`sht, kartoshka pyuresi, tuxum, bug`doy non va ichimliklar
(sut, choy, kakao) kiradi. Pevzner dietasi maksimal ovqat
yuklamasi asosida tuzilgan. Uning tarkibiga qovurilgan go`sht,
grechixa va guruch bo`tqasi, qovurilgan
kartoshka,
salatlar,
karam, moy, bug`doy non, yangi mevalar va sharbat kiradi. Bu
dietalar yordamida ovqatning o`zlashtirish bosqichini (ovqat
hazm qi,ish kamchiligi bosqichi) amalga oshirish mumkin.
Masalan, Shmidt dietasida sog`lom odam axlatida ovqat
qoldiqlari aniqlanmaydi, Pevzner dietasida axlatda katta
miqdorda hazm bo`lmagan kletchatka va kam miqdorda mushak
tolasi topiladi.
Axlatdagi yashirin qon analizida axlat topshirishdan 3
kun oldin bemorga sut-o`simlik dietasi buyuriladi va qonni
aniqlashda reaksiyaga kirishganligi uchun temir saqlaydigan
mahsulotlar(go`sht, jigar, baliq, tuxum, pomidor, ko`k
sabzavotlar, grechixa bo`tqasi) man etiladi. Natijaning soxta
chiqmasligi uchun bemorda milklar qonashi, burundan qon
ketishi va qonli yo`tal yo`qligiga ishonch hosil qilish kerak,
bemorga tishlarini tozalash maslahat berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |