Tibbiyot kasbiga kirish


Muolaja. Arterial bosimni o’lchash



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/485
Sana03.09.2021
Hajmi4,42 Mb.
#163615
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   485
Bog'liq
Китоб ТКК (4)

Muolaja. Arterial bosimni o’lchash  

Maqsad:  Yurak-tomir  tizimining  funksional  xususiyatlarini 

aniqlash.  

Tayyorgarlik: 

bemorga 

muolajaning 

mohiyatini 

tushuntiring,  avval  ham  shunga  o’xshash  muolajalar 

o’tkazilganmi,  natijalari  qanday  bo’lganini  aniqlang,  bemorga 

o’zini qanday tutish kerakligini tushuntiring.  

Jihozlar: tonometr, fonendoskop, qog’oz, qalam.  

Bemorning  holati:  tinch  va  bo’sh  qo’ygan  holatda  yotib 

yoki o’tirib, bemorning kafti yuqori tomonga qaratilgan holatda.  

Bajarish:  

Arterial bosim odatda 1—2 marta 2—4 minut oralig’i bilan 

o’lchanadi.  

1. Bemorning yalang’ochlangan qo’liga tirsak bo’g’imidan 

2—3  sm  yuqoriga  manjetkani  siqmasdan  o’raladi;  yumshoq 




147 

 

to’qimalarni  siqmasdan  manjetka  yelkaga  (ilgak,  yopishqoq 



lenta bilan) mahkamlanadi.  

2. Bemor qo’lining holatini to’g’ri aniqlang.  

3.  Manometrni  manjetka  bilan  birlashtirib,  strelkaning 

holatini  (simob  ustuni)  shkalaning  nolinchi  belgisi  bo’yicha 

tekshiring.  

4.  Tirsak  bo’g’imidan  yelka  arteriyasini  topib,  u  yerga 

fonendoskop  qo’yiladi  (fonendoskop  boshchasini  o’rtacha 

bosish zarur, aks holda ma’lumotlar noto’g’ri ko’rsatiladi).  

5.  Nokchadagi  ventilni  yoping  va  manjetka  bemorning 

manometr  ko’rsatkichlaridan  normadan  ortiq  (20—25  mm 

simob ustuni) bo’lguncha havo to’ldiring.  

6. Ventilni ochib, manjetkadagi havo asta-sekin tushiriladi, 

ustun  tushishi  yoki  ko’rsatkich  harakatining  tezligini  kuzatib 

turing  —  ko’rsatkichlar  sekundiga  simob  ustunining  2  mm 

tezligida  o’zgarishi  mumkin;  bir  vaqtning  o’zida  arteriyadagi 

tonlarni eshitib, manometr ko’rsatkichlarini kuzating.  

7.  Dastlabki  tovushlar  (tonlar)  eshitilishi  bilan  (arterial 

bosimning yurak qisqarish vaqtidagi kattaligi) va tonlar yutilishi 

bilan  (yurak  bo’shashgan  vaqtdagi  arterial  bosim)  manometr 

ko’rsatkichlarini belgilang; manjetkadagi havoni butkul chiqarib 

tashlang.  

8.Ma’lumotlar  bayonnomaga  (kuzatish  kundaligiga) 

quyidagicha yozib qo’yiladi: sistolik bosim, diastolik bosim.  

9. Muolajani qaytarib, olingan ma’lumotlarni taqqoslang.  

Arterial  bosim  ikkala  qo’lda  o’lchanadi,  olingan  raqamlar 

solishtiriladi.  

Arterial bosimni bemorning o’zi ham o’lchay oladi, bosim 

o’lchash qoidalarini unga o’rgating.  

Mumkin  bo’lgan  asoratlar:  arteriya  uzoq,  vaqt  bosilishi 

natijasida qo’lda og’riqlar paydo bo’lishi mumkin. 

 


Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish