Fosfoorganik birikmalar bilan zaharlanish (xlorofos,
karbofos)
Ishlab
chiqarishda
va
uy-ro’zg’orda
fosfoorganik
birikmalar qo’llanilishi natijasida ulardan zaharlanish hollari
uchraydi. Zaharlanish belgilari preparatlar bilan aloqadan so’ng
1 soat mobaynida namoyon bo’ladi; so’lak oqish, qusish, ich
ketish, ko’z qorachiqlari qisqarishi; so’ngra bronx spazmlari va
bronxial bezlar sekretsiyasi keskin kuchayishi natijasida
bo’g’ilish rivojlanadi; zaharlanishning kechki bosqichlarida
muskullar (shu jumladan nafas olish) falaji yuzaga keladi, bu esa
asfiksiya oqibatida yuzaga keladigan o’limga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |