Tibbiyot kasbiga kirish


Nafas  yo’llari  to’silib  qolganda  birinchi  yordam  (bemor



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/485
Sana03.09.2021
Hajmi4,42 Mb.
#163615
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   485
Bog'liq
Китоб ТКК (4)

Nafas  yo’llari  to’silib  qolganda  birinchi  yordam  (bemor 

hushsiz)  

1. Tezlik bilan yordam chaqiring.  

2.  Zarar  ko’rganning  tepasida  tizzangiz  bilan  turing  va 

qo’lingizni 

yurakning 

bilvosita 

massajida 

qilgandek 

joylashtiring.  

3.  To’sh  suyagini  6—10  marta  5—6  sm  chuqurlikda 

bosing;  ko’krak  suyagiga  turtkilar  sekin,  lekin  aniq  bo’lishi 

kerak.  



138 

 

4.  Zarar  ko’rganning  og’zini  oching,  tilinipastki  jag’iga 



bosib,  barmog’ingiz  bilan  yot  jismni  olib  tashlashga  harakat 

qiling;  nafas  yo’llarini  oching  (boshini  orqaga  qilib,  iyagini 

ko’taring va 2 marta to’liq havo kirgizing.  

5.  2—4  bosqichlarni  nafas  yo’llari  ochilguncha  yoki 

yordam yetib kelguncha takrorlang.  

Nafas  bo’lmaganda  birinchi  yordam  (bemor  hushsiz), 

og’izdan  og’izga  usuli  bo’yicha  o’pkalarni  sun’iy  ventilyatsiya 

qilish  

Zarar ko’rganga yordam berishdan avval quyidagilar lozim:  

1. Haqiqatdan ham u bo’g’ilib qolayotganini aniqlash.  

2.  Nafas  yo’llari  to’silib  qolganligi  darajasini  aniqlash. 

Harakatlarning ketma-ketligi:  

1. Yordamga chaqiring.  

2.  Zarar  ko’rganni  chalqanchasiga  yotqizib,  qo’llarini 

biqiniga qo’ying.  

3.  Boshini  orqaga  egib,  iyagini  ko’tarish  usulini  qo’llab, 

nafas yo’llarini oching:  

- qo’lingizni uning peshanasiga qo’ying.  

—  ikkinchi  kulingizning  2  barmogini  pastki  jarga  iyak 

yakdniga joylashtiring.  

4.  Nafas  bor-yo’qligini  (ko’krak  qafasi  ko’tarilayotganligi, 

chiqarilayotgan  nafas  sezilayotganligini)  tekshiring;  nafas 

bo’lmaganda harakatlarning ketma-ketligi quyidagicha:  

—  zarar  ko’rganning  burnini  yoping,  og‘zinikatta  oching, 

chuqur  nafas  oling  va  og’zingizni  uning  og’ziga  marham  qilib 

qo’ying;  

—  5  sek.  oralig’ida  har  birining  davomiyligi  1,5—2  sek. 

bo’lgan 2 marta chuqur nafas kirgizing; ularning orasidagi pauza 

sizga nafas olish uchun xizmat qiladi;  

—  zarar  ko’rganning  ko’krak  qafasi  havo  berilayotgan 

vaqtda ko’tarilib tushayot-ganligini kuzatib turing;  




139 

 

—  bemorning  og’zidan  nafas  chiqayotganini  sezing; 



o’pkalarning  sun’iy  ventilyatsiyasini  1  daqiqa  mobaynida 

davom ettiring (taxminan 12 ta nafas olish).  



Ogohlantirish:  Quyidagi  hollarda  havo  nafas  yo’llariga 

kira olmaydi:  

—  yot  jism  nafas  yo’llarini  hiqildoqgacha  yopgan  bo’lsa 

havo  me’daga  o’tadi;  tezlik  bilan  operatsiya—traxeotomiya 

qilish lozim.  

— 

og’zingiz 

bilan 

bemorning 

og’ziniqattiq 

yopmaganingizda;  

— bosh egilganda yoki tez-tez nafas berilganligi natijasida 

havo me’daga tushadi.  

Tish  protezlari  bemorning  og’zida  yordam  beruvchining 

og’zi  bilan  qattiqroq  aloqada  bo’lish  uchun  qoldiriladi.  Zarar 

ko’rgan  qusishni  boshlasa,  uni  yonboshiga  ag’darib,  og’iz 

bo’shlig’ini  tozalash  va  o’pkaning  sun’iy  ventilyatsiyasini 

davom ettirish lozim.  

O’pkalarni  sun’iy  ventilyatsiya  qilish  paytida  uyqu 

arteriyasidagi  puls  tekshiriladi.  Agar  puls  bo’lib,  nafas  olish 

bo’lmasa,  yordam  yetib  kelguncha  o’pkaning  sun’iy 

ventilyatsiyasi  davom  ettiriladi,  puls  ham  bo’lmasa, 

ventilyatsiya  bilan  birgalikda  yurakning  bilvosita  massaji 

boshlanadi.  




Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish