Simptom. Nafas qisishi
Nafas qisishi — bu havo yetishmovchiligi bo’lib, u nafas
olishning tezligi, ritmi va chuqurligining buzilishi bilan
birgalikda kechadi. Nafasning tezlashuvi o’pka, yurak-o’pka
patologiyasi uchun xos bemor, isitma, ruhiy hayajonda bo’ladi.
Nafasning sekinlashuvi og’ir intoksikatsiyalarda (zaharlanish),
miyadagi qon aylanish buzilganda ro’y beradi. Qiyinlashgan
nafas chiqarish nafas yo’llarida mexanik to’siq (yot jism, ko’p
balg’am, bronxlarning torayishi) bo’lganda kuzatiladi. Nafas
olishning qiyinlashuvi yuqori nafas yo’llaridagi to’siq va yurak
tomir kasalliklarida paydo bo’ladi. Vaqt-vaqti bilan nafas olish
miya kasalliklarida, koma, zaharlanishlar, qon aylanishning
kuchli buzilishlarida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |