Tibbiyot kasbiga kirish



Download 5,39 Mb.
bet177/430
Sana29.08.2021
Hajmi5,39 Mb.
#158384
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   430
Bog'liq
tibbiy kasb

Ko`ngil aynishi (lot. nausea) – ko`krak osti, ko`krak, halqum va og`iz bo`shlig`ida noqulaylik bo`lib, ko`pincha qusish bilan davom etadi. Ko`ngil aynishi so`lak oqishi, teri qoplamlari oqarishi, yuqori teri ajralishi, bosh aylanishi, qon bosimi pasayishi bilan birga kechishi mumkin. Bu simptomning rivojlanishida qusish markazining qo`zg`alishi yotadi. Agar ko`ngil aynishi soatlab davom etadigan bo`lsa, hamshira bemorga holatni vaqtincha yengillashitirishni o`rgatishi kerak­-kichik porsiyalar orqali gazlanmagan mineral suvni ichish.

Qusish (yunon. emesis) – oshqozon ichidagi massaning og`iz orqali noixtiyoriy ajralishi. Ko`pincha qusish ko`ngil aynishidan so`ng kechadi. Qusish faqatgina hazm qilish organlari kasalliklarida emas balki yuqumli kasalliklarda, zaharlanishlarda, buyrak kasalliklarida, qandli diabetda, gipertonik kasalliklarda, nerv kasalliklarida kuzatiladi. Qusish bemor holatini yomonlashtirishi, organizmni suvsizlantirishi va elektrolitlar yo`qotilishiga sabab bo`ladi. Bemorning hushini yo`qotganda qusish massalari bilan aspiratsiyasi bo`lishi mumkin, bu esa o`pka yallig`lanishiga sabab bo`ladi; uzoq aspiratsiya asfiksiyaga olib kelishi mumkin. Og`ir qusish ko`pincha oshqozon shilliq qavatining buzilishiga olib kelib, oshqozon qon ketishiga olib kelishi mumkin(Mellori-veyss sindromi).

Aspiratsiya (lot. aspiratio – bo`g`ilish) – pastki nafas yo`llariga havo bilan suyuqliklar va yot jismlarning tushishi. Aspiratsiya o`tkir yo`tal, ba`zida nafas yetishmovchilig va hush yo`qolishi bilan kechishi mumkin.

Asfiksiya (yunon. asphyxia – pulsning deyarli yo`qolishi) – nafas yetishmasligi, qon va to`qimalarda karbonat angidrid ortib ketib kislorod yetishmasligi kuzatiladi.

Qusish bo`lganda uning ovqat qabul qilish bilan bog`liqligini aniqlash kerak. Oshqozon sababli qusish odatda bemor holatini yengillashtiradi, lekin nerv sistemasida qusish ovqat bilan bog`li bo`lmagani uchun bemorga yengillik keltirmaydi. Qusish massalarida hazm qilinmagan ovqat qoldiqlari, shilliq, o`t suyuqligi, qon qoldiqlari bo`lishi mumkin. Oshqozon yoki o`n ikki barmoqli ichak shilliq qavatidan qon ketishida qusish massalari qo`ng`ir oqra rang- “kofe qoldig`I” rangida bo`ladi: gemoglobinning oshqozon suyuqligidagi xlorid kislota bilan kimyoviy reaksiyasi natijasida hosil bo`ladigan gematin hisobiga. Qizilo`ngach va oshqozonning kardial qismidagi kengaygan venalardan qon ketishida o`zgarmagan qon bilan butun og`iz orqali qusish kuzatiladi.



Qusayotgan bemorga yordam ko`rsatish. Qusish vaqtida ular odatda instinktiv tarzda o`zlari uchun qulay holatga keladi. Agar bemor hushida bo`lmasa, uni yarim o`tirgan holatga keltirish yoki uni yonbosh yotqizib, boshini pastga egish kerak. Qusish massalarini nafas yo`llariga tushishining oldini olish uchun bemor orqasi bilan yotmasligi kerak. Polga tog`ora qo`yish, og`iz burchagiga esa sochiq qo`yish kerak.

Hamshira bemorning holatini kuzatishi va qusish massalarining aspiratsiyasining oldini olishi kerak.

Qusish massalarida qon bo`lganda bemorni to`shagiga yotqizib, zudlik bilan shifokorni chaqirish kerak. Shifokor kelgunga qadar epigastral sohaga muz qo`yish mumkin, Pulsni sanash va Arterial bosimni o`lchash kerak.

Qusish massalarini yig`ish uning miqdori va tarkibini laboratorik tekshiruvda aniqlash uchun amalga oshiriladi. Yig`ish uchun og`zi keng 2 l hajmdagi va qopqog`i bo`lgan shisha idish qulay hisoblanadi. Agar qusish qaytalanadigan bo`lsa, qusish massalarini alohida idishlarga yig`ish kerak. Qusish massalarini shifokor kelgunga qadar saqlash kerak. Qusish massalarini zararlantirish uchun qopqoq bilan yopilgan idishga quruq oxakli xlor sepiladi va aralashtiriadi. 1 soatdan so`ng u kanalizatsiyaga oqiziladi.




Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish