Simptom. Nafas qisishi
Yurak-tomir sistemasi funksiyasi buzilganda nafas qisishi- karbonat angidrid gazi ortib ketganidan nafas olish markazining qo’zgalishi bilan boglik. Karbonat angidridning ortib ketishi qon aylanishining kichik doirasida venoz to’laqonlik oqibatida kelib chiqadi. Jismoniy zo’riqish vaqtida yurak o’ynashi bilan bir qatorda nafas qisishning paydo bo’lishi yurak yetishmovchiligi boshlanayotganligining dastlabki belgilaridan biri hisoblanadi. Qonda kislorod miqdorining kamayishi, qon oqishining sekinlashishi va venoz to’laqonlik natijasida terining ko’kimtir rangi — sianoz vujudga keladi. Yurak ishlashining buzilishi oqibatida kelib chiqqan nafas qisishining kuchli xuruji yurak astmasi deb nomlanadi («Nafas olish» bo’limiga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |