16-Rasm- Bronhial astma xurujida bemor vaziyati.
Bo'g'ilish statusi – bronxial astmasi bor bemorlarning, bronxial obstruksiyasining o'ta og'ir huruji bo'lib, bu vaqtda bronxodilyatatorlarni qo'llash yordam bermaydi. Bo'g'ilish statusiga yuzaki nafas va keskin tezlashgan (taxepnoe) nafas harakteri; ko'pincha '' soqov o'pka'' manzarasi vujudga keladi (yoyilgan bronxospazm natijasida mayda bronhlar quyqa shilliq bilan yopilib qoladi va ko’krak qafasida xech qanday tovush eshitilmaydi. (“soqov o'pka”). Bu vaqtda nafas etishmovchiligi boshlanadi va nafas asidozi, giperkapniya va gipoksemik koma bilan tugaydi. Nafas markazi falajlanadi. Bunda mahsus usul bilan bronh o'tkazuvchanligini tiklash kerak (masalan, bronxoskop yordamida bronxlar Nacl eritmasi bilan yuviladi.). Qonni tekshirilganda eozinofiliya, lekositoz va SOE oshishi mumkin.
Balg’amni mikroskop ostida ko’rganda ko’p miqdorda eozinofillar, epiteliy, nursimon spiriali, Sharko-Leyden kristallari (kristallangan eozinofil fermentlar).
O'pka emfizemasi.
O'pka emfizemasi – (grek emphizema-kepchish) – o'pka to'qimasini elastiklik hususiyatini pasayishi, alveolar devori strukturasini buzulishi distal terminal bronxiolalar havo bo'shlig'ining kengayishi, bilan ifodalangan o'pkaning shikastlanishi.
O'pka emfizemasini rivojlanishiga ko'p yo'talish (surunkali bronhit), bronhlarning surunkali obstruksiyasi (bronxial astma) surunkali interstisional yallig'lanish genetik omil (K – antiripsin tanqisligi),alveolalarning mexanik cho'zilishi (oyna puflovchilarda, musiqachilarda, ashula etuvchlarda), ayrim zararli moddalarni yoki changlarni hidlash, chekish sabab bo'ladi.
Emfizema rivojlanishini erta ko'rinishlaridan biri harsillashni asta - sekin rivojlanishi va jismoniy yuklamaga tolerantlikni pasayishi; kasallik boshlanishida harsillash ekspirator harakteriga ega, ya'ni nafas chiqarish qiyinlashgan. Keyinchalik yurak etishmovchiligi boshlangandan so'ng u inspirator yoki aralash bo'ladi.
Fizikal tekshirihsda odatda o'pka to'qimasida havo ko'payib ketish sindrominig hamma belgilarini ko'rish mumkin.
Ko'krak qafasining bo'chkasimon bo'lishi va nafasda yordamchi muskullarni qatnashishi. Ko'kraq qafasini nafas harakatidagi hajmini pasayishi. O’pka qirrasi harakatining kamayishi, o'pka pastki chegarasini pastga siljishi kuzatiladi. Tovush titrashi susayadi. Tukillatganda ko'krak qafasining hamma qismida qutisimon tovush eshitiladi. Eshitganda quruq hirillashlar, nafas chiqishi uzaygan rentgenda kovurg'alar oralig'ini kengayishi, qovurg'alar gorizantal joylashganligi, o'pkani yuqori tiniqligi aniqlanadi. Kasallik surunkali kechib nisbatan qisqa vaqt ichida o'pka-yurak etishmovchiligiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |