Tibbiyot instituti talabalari uchun


XVIII-BOB. TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY FAOLIYATIDAGI



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet557/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   553   554   555   556   557   558   559   560   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

XVIII-BOB. TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY FAOLIYATIDAGI 
HUQUQ BUZARLIGIDA ISH MATERIALLARINING SUD TIBBIYOTI 
EKSPERTIZASI
18.1 Tergov va sud ishlari materiallarining sud tibbiyoti ekspertizasi
Sud tibbiyoti ekspertizasida ish hujjatlari deb, tergov va sud ishlariga 
aloqador ma’lumotlar va bular asosida tibbiyot savollariga binoan ekspert 
xulosasini tuzishga aytiladi.
Tergov ishlari natijalari u yoki bu darajada sud tibbiyoti ekspertizasining 
barcha hollarida ekspert tomonidan foydalaniladi. Masalan, sud tibbiyoti eksperti, 
murdani tekshirishdan tashqari o’limning sababi haqidagi savolni echibgina 
qolmasdan, balki o’limning sodir bo’lish holati haqidagi ish materiallari bilan 
tanishib, voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish bayonini o’rganadi hamda marhumga 
aloqador kasallik tarixi va boshqa tibbiyot hujjatlarini ham sinchiklab ko’zdan 
kechiradi. Ekspert o’z xulosasida murdani tekshirishda olingan natijalar barcha 
yig’ilgan ma’lumotlar bilan solishtirilib, yuqorida keltirilgan hujjatlarni o’rganib 
chiqadi. Shuningdek ekspert tirik shaxslarda tan jarohatlarini og’irlik darajasini, 
sog’liq holatini va boshqa hollarni aniqlashga kirishadi. Jinoiy ish hujjatlari 
ashyoviy dalillarning ekspertizasida ham foydalaniladi. 
Bu materiallar tergov va sudga faqat aloqador bo’lganda ekspertiza hollarida 
ekspertning birdan bir tekshiruv ob’ekti hisoblanadi. Birinchidan, bunday 
ekspertiza qachonki tirik shaxs, murda yoki ashyoviy dalillarga nisbatan xulosa 
berilganda, ikkinchidan, xulosa faqat barcha ish materiallari asosida berilganda 
tayinlanadi.
Jinoyatga oid hujjatlarning ekspertizasi birlamchi, qo’shimcha va qaytalama 
bo’lishi mumkin. Bunday ekspertiza ko’pincha komission o’tkaziladi. Ekspert 
komissiyasini odatda sud tibbiyoti ekspertizasining byurosi boshqaradi. Komission 
ekspertiza murakkab ishlarni echish uchun tayinlaniladi, jumladan, vrachlarni kasb 
huquqbuzarligi jinoiy javobgarligiga tortilish hollarida va shuningdek, qaytalama 
629


ekspertiza hollarida amalga oshiriladi. Ba’zan kompleks ekspertiza o’tkaziladi. 
Bunda vrachlardan tashkari, boshqa profildagi ekspertlar ham, jumladan sud-
kriminalistik, sud-kimyogar, avtotexnik xodimlar va boshqalar ham qatnashadilar.
Ko’pchilik hollarda sud jarayonidagi ekspertizalar ham jinoyatga oid 
materiallarning ekspertizasi hisoblanadi.
Jinoiy ish materiallarining tekshiruv hajmi ekspertning oldiga qo’yilgan 
savollar mazmuni, ishning xarakteri va undagi hujjatlarning miqdoriga bog’liq 
bo’ladi. Har xil hujjatlar orasida eng muhim ahamiyatga ega bo’lgani va sud 
tibbiyoti ekspertizasi uchun ahamiyatlisi kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi, 
tibbiyot komissiyasining guvohnomasi, ma’lumoti va boshqalardir. Ba’zan jinoiy 
ish hujjatida birlamchi sud tibbiyoti ekspertizasi xulosasi bo’ladi. Bunday barcha 
hujjatlar (asosiy nusxasi) sinchiklab o’rganiladi va taxlil qilinadi. Bundan tashqari, 
boshqa hujjatlarni, jumladan ko’zdan kechirish bayonlari, ayblanuvchi, 
jabrlanuvchi, guvohlarni va boshqalarni so’roq qilish haqidagi ma’lumotlar bilan 
tanishiladi.
Yuqorida keltirilgan hujjatlarni o’rganish natijasida ekspert yoki ekspert 
komissiyasi barcha aniq materiallarni batafsil tafsilini tuzadi va unga qo’yilgan 
savollarni echilishida ekspertiza uchun ahamiyatini ko’rsatadi. Ekspert xulosasida 
bu obzor odatda «Ishning holati» deb ataluvchi bo’limga joylashtiriladi. Buerda 
izohlanuvchi asosli ma’lumotlar ko’pincha ko’chirma shaklida hujjatni ko’rsatish 
va ish qog’ozini taqdim qilish asosida amalga oshiriladi. Ish materiallaridan 
muxim ma’lumotlarni keltirilishi tufayli ekspert bir vaqtning o’zida bunday 
ma’lumotlar haqida o’zining bahosini aytishi, ma’salan, qo’yilgan savollarga javob 
uchun keltirilgan aniq voqeaning negativligi yoki pozitivligi hisobga olinishi zarur.
Komission ekspertiza o’tkazish paytida «Ishning holati» loyihasini kotib 
yoki komissiya a’zolaridan biri tuzadi. Bu loyiha keyinchalik komissiyaning 
barcha a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga kerakli qo’shimchalar va 
o’zgartirishlar kiritiladi. Keltirilgan barcha faktik ma’lumotlarga asoslanib 
komissiya qo’yilgan savollarga asoslangan javoblarni shakllantiradi. Agar 
komissiya bir xil fikrga kelgan takdirda umumiy xulosa tuzilib, unga butun 
630


komissiya a’zolari imzo chekadilar. Agar fikrlar bir-biriga to’g’ri kelmasa har bir 
ekspert o’zining alohida xulosasini tuzadi.
Ish materialida, ayniqsa, tibbiyot hujjatlarida to’lig’icha yig’ilganligi, 
ularning sifati va nuqsonsizligi, ekspert xulosasidagi savollar har-xil shakllangan 
holda mujassamlantirilgan izohlantirilishi mumkin. Ba’zan bu materiallarda taqdim 
qilingan tibbiy va boshqa to’liq bo’lmagan ishonchsiz ma’lumotlar borligi singari 
ularning to’g’riligi hamda asoslanmaganligiga shubha tug’iladi. Bunday holda agar 
tirik shaxs, murda yoki ashyoviy dalillarni tekshirish mumkin bo’lmasa, ish 
materiallari bo’yicha qo’yilgan savollarga javob berish mumkin emasligi 
to’g’risida ishonchli xulosa tuziladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   553   554   555   556   557   558   559   560   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish