122-rasm. Tog’ayda chopilish izlariga qarab asbobni aniqlash:
a – son epifizi tog’ayida bolta tig’ining izi;
b - shubhalanuvchidan olingan bolta tig’i yordamida
plastilindagi tajriba izi.
Qavatma-qavat izlar va ko’chuvchi izlar o’tkir asboblarni tibbiy
kriminalistik identifikatsiyalash imkoniyatini oshiradi. Bunda, ayniqsa, asbob tig’i
va tutqichida har xil qoplamalar shaklidagi ko’chuvchi izlar (qon, jarohatlangan
organ va to’qimalarning hujayralari, kiyimlarning iplari va boshqalar) katta
ahamiyatga egadir. Topilgan qoplamalarni tarkibi va boshqa xossalarini aniqlash
uchun serologik, tsitologik, spektrografik va boshqa har xil usullardan
foydalaniladi.
610
Do'stlaringiz bilan baham: |