Tibbiyot instituti talabalari uchun


 To’satdan o’lim sodir bo’lishiga imkon yaratuvchi sharoitlar



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet480/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.14.2. To’satdan o’lim sodir bo’lishiga imkon yaratuvchi sharoitlar
Sud tibbiyoti eksperti amaliyotining tajribalari shuni ko’rsatadiki, to’satdan 
o’limning sababchisi shunday kasalliklarki, ular bilan kasallanuvchi ko’pchilik 
kishilar yoki davolanib ketadilar, yoki ko’pincha uzoqroq tuzalish bilan o’tuvchi 
kasallik jarayonlaridan o’lishi mumkin. Tabiiyki, bunda nima uchun shunday 
degan savol tug’iladi.
To’satdan o’limni sodir bo’lishida har xil noqulay sharoitlar (to’satdan 
o’limning yuzaga kelishida «xavfli faktorlar») hisoblanilib, bularga fizik zo’riqish, 
psixoemotsional hayajonlanish, spirtli ichimliklar ichish, tamaki chekish, noqulay 
meteorologik sharoit, oshqozonning haddan tashqari to’laligi va boshqalar kiradi.
Yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallangan kishilarda to’satdan o’limga 
sababchi faktorlardan fizik zo’riqishga alohida ahamiyat beriladi. Ko’pgina 
tadqiqotchilarning fikricha, fizik zo’riqishdan keyin 40-50 foiz hollarda bunday 
odamlarda o’lim kuzatiladi. Ba’zan juda ozgina fizik zo’riqish, jumladan 
badantarbiya, zinapoyaga ko’tarilish, hojatxonada kuchanishda, jinsiy aloqa 
paytida va boshqa hollarda odam o’lib qolishi mumkin. Bizga ma’lumki, fizik 
zo’riqishda sog’lom yurak o’zini faoliyatini kuchaytirib qon aylanishining daqiqali 
554


hajmi 4-5 l dan to 20-25 l gacha oshishi, sport bilan shug’ullanuvchilarda hatto 35-
40 l gacha, ya’ni deyarli 10 martagacha ko’tarilishi ko’zga tashlanadi. Kasallangan 
yurak ba’zan hatto uncha katta bo’lmagan zo’riqishga bardosh bera olmaydi. 
Ayniqsa, to’satdan zo’riqish sodir bo’lganda o’tkir koronar etishmovchiligi tufayli 
to’satdan o’lim yuzaga keladi.
Psixoemotsional zo’riqish ham to’satdan o’limda muhim o’rin egallaydi. Bu, 
ayniqsa yurak-qon tomirlari kasalliklarida yaqqol ko’rinadi.
Kutilmaganda nisbiy hayajonlanishda ular shoksimon holatga tushib 
qoladilar. Bunda arterial qon bosimi oshib ketib, kasallangan yurak faoliyatini 
tezlashtiradi va bosh miyada qon aylanishini o’tkir buzilishiga imkoniyat yaratadi.
Ekspert amaliyotidagi kundalik kuzatishlar spirtli ichimliklarni iste’mol 
qilish to’satdan o’limning sodir bo’lishida muhim ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. 
Taxminan 25-30 foiz o’lim holati spirtli ichimlik ichgandan keyin birdaniga yoki 
biroz vaqtdan keyin alkogolning dozasi uncha katta bo’lmaganda ham (50-60 g 
araq) kuzatilishi mumkin. Chamasi, alkogol aterosklerotik jarayon bilan 
zararlangan reaktivligi oshgan va o’zgargan yurak arteriyasiga spastik ta’sir qiladi. 
Bundan tashqari, alkogol yurak faoliyati vazifasini oshiradi. Keyingi davrda 
alkogol bilan zaharlanishda u yurak mushagi metabolizmini buzilishi tufayli 
yurakni zararlanishiga sababchi bo’ladi. Surunkali alkogoldan zaharlanishda 
mayda va o’rta kalibrli yurak arteriyasining skleroziga olib kelib, mushak 
tolalarining ayrim qismlarini o’limiga va o’choqli kardiosklerozni vujudga 
keltiradi.
Tamaki chekishda ham, xuddi alkogol qabul qilgani singari yurak 
arteriyalarining spazmiga sababchi bo’lib, bu o’z navbatida trombotsitlarning bir-
biriga yopishishi va tromboz yuzaga keladi. Kuniga 20 tadan ko’proq papiros 
chekuvchi kishilarda miokard infarkti rivojlanishi va to’satdan o’lim sodir bo’lishi 
3 martaga oshadi (Gorlin R., 1980).
Yurak-qon tomiri sistemasi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning 
holatiga noqulay meteorologik sharoitlar ta’sirida to’satdan o’lim vujudga kelishi 
ham kiradi. Bunda atmosfera bosimining keskin o’zgarishi, havo harorati, 
555


shamolning tezligi va boshqalarga alohida ahamiyat beriladi.
Odatda, ateroskleroz, ayniqsa, gipertoniya kasalligi bilan kasallangan 
bemorlar issiq havo bilan sovug’ining bir biriga to’lqinsimon o’tib turishi bilan bir 
vaqtda arterial bosimning pasayib ketishi tufayli meteorologik ta’sirga javob 
reaktsiya yaqqol ko’rinadi. Shuning uchun ham ancha ko’p reaktsiya dastlabki 
bahor va kechki kuz paytida kuzatiladi. Meterologik faktorlarga sezuvchanlik 
oshib ketganda miya va koronar qon aylanish buzilishi aniqlanilib, bu insult va 
miokard infarktining sababchisi bo’lishi mumkin.
Tabiiyki, kundalik hayotda yuqorida ko’rsatilgan sharoitlar ko’pincha bir 
biri bilan qo’shilib keladi. Masalan, alkogoldan mastlik holati bilan 
psixoemotsional hayajonlanish (turmush janjallari), yuqori harorat ta’siri va fizik 
charchash (hammomda yuvinish), ko’p ichish va keyinchalik alkogoldan mastlik 
va boshqalar. Bunday noqulay tassurotlar ma’lum davrda shu odamda 
organizmning hayot uchun muhim sistemasini dekompensatsiyasiga olib keladi va 
o’limning sababchisi bo’lib hisoblanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish