14.3.3. Qizlik holatini aniqlash
Bunday sud tibbiyoti ekspertizasi nomusiga tegish va urinish hollari, yosh
bolalarga nisbatan jinsiy buzuqilik qilish va boshqa ayrim holatlarda amalga
oshiriladi.
Qizlik holatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri buzilmagan qizlik
pardasining bo’lishidir. Xotin-qizlarda jinsiy aloqa natijasida qizlik pardasi
butunligining buzilishiga defloratsiya deyiladi. Qizlik pardasini barmoq bilan yoki
xirurgik operatsiya paytida buzilishi bunga kirmaydi.
Qizlik pardasi qinga kirish joyida joylashib, uning shakli, qalinligi, zichligi
va cho’ziluvchanligi juda turli tuman bo’ladi. Qizlik pardasining shakli uning
yuzasi, chetlarining erkinligi va teshiklarining soniga qarab aniqlaniladi.
Chetlarining erkin shakli tishsimon, bo’lakchali yoki qiyqimsimon, spiralsimon,
ustunsimon shaklida ko’rinadi. Bundan tashqari, qizlik pardasida bir, ikki yoki
birnecha teshikchalar borligi ko’zga tashlanadi. Odatda qizlik pardasida bitta teshik
379
bo’lsa, uning diametri 2-2,5 sm bo’lib, qiz bolalarda kichiqroqligi aniqlanadi.
Qizlik pardasi shakllarining tasnifi ko’pgina bo’lib, ular ichida sud tibbiyoti
ekspertizasi uchun ancha qulayi M.G.Serdyukov (1964) tomonidan taklif qilingan
tasnif hisoblanadi. U qizlik pardasini 3 turga bo’ladi:
1) odatda ko’proq uchraydigan turi (halkasimon, yarimoysimon, naysimon,
voronkasimon, labsimon, pushtaksimon, valiksimon);
2)
odatda kamroq uchraydigan turi (bo’lakchali, popuksimon,
spiralsimon, gulbargsimon, tishsimon, ustunsimon);
3)
alohida turlari (ikki tabaqali yoki chegaralangan, yarim
chegaralangan, teshilmagan, panjarasimon).
Ginekologik kursida ko’zdan kechirishda qizlik pardasining shakli, kengligi,
qalinligi, erkin chetlarining xarakteri va unda yangi hamda eski jarohatlanishlar
borligi yozilishi zarur. Bundan tashqari, qizlik pardasidagi teshiklar soni, ularning
shakli va kattaligi, shuningdek ularning qisqarishiga alohida ahamiyat beriladi.
Barcha ishlar qizlik pardasini jarohatlab qo’ymasligi uchun juda ehtiyotkorlik bilan
amalga oshirilishi zarur.
Qizlik pardasini baholashda uning erkin chetlaridagi o’yilgan joylarni
yirtilgan deb almashtirib xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Qizlik pardasining
jarohatlanishi bir yoki birnecha yorilish yoki yirtilishlar ko’rinishida bo’lib,
ko’pincha uning asosigacha borishi mumkin. Ularning joylashishi soatdagi
raqamlarga qarab yoziladi. Qizlik pardasining yirtilishi ko’pincha soatdagi 5-7
raqamlarga to’g’ri keladi.
Qinning kirish joyida jinsiy aloqa qilish tufayli qizlik pardasi buzilmaganda
ham homiladorlik holati bo’lishi aniqlangan. Ayrim xotin-qizlarda qizlik pardasi
tuzilishining anatomik xususiyatlariga ko’ra qizlik pardasi buzilmasdan ham jinsiy
aloqa qilish hollari ham kuzatiladi.
Birinchi kunlari qizlik pardasining yirtilgan chetlaridan qon ketishi,
yallig’langanligi, ba’zan unda fibrin ipchalari va yosh biriktiruvchi to’qima
ko’rinadi. Yara bitgandan keyin uning o’rnida 10-20 kundan keyin chandiq
topiladi. 3 hafta o’tgandan keyin qizlik pardasining buzilish vaqtini aniqlab
380
bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |