Elektr tokidan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga xos
xususiyatlari
Elektr tokidan jarohatlanishning sud tibbiyoti ekspertizasida ekspertga
quyidagi savollarni echishga to’g’ri keladi: o’limning sababi; elektr tokidan
jarohatlanish bo’lganmi; jabrlanuvchi tanasining qaysi qismi tok o’tkazichiga
tekkan; jarohatlanish paytida uning tanasi qanday holatda bo’lgan; tananing tokga
267
tegib turgan joyida xarakterli metallanish bormi; jabrlanuvchining tanasida va
kiyimlarida yashin urushga xos jarohatlanish va o’zgarishlar topilganmi va
boshqalar. Ko’pchilik hollarda yuqoridagi savollarni echish nisbatan oson bo’lsa
ham, ba’zan ularni hal qilishda anchagina qiyinchilik to’g’iladi.
Elektr tokidan jarohatlanish tashxisida topilgan xarakterli morfologik
o’zgarishlar, birinchi navbatda, elektr tamg’alariga asoslaniladi. Agar ular
bo’lmagan taqdirda tashxis faqat taxminiy shaklda beriladi. Elektr tamg’asini
faqatgina elektr o’tkazigicha tekkan joydagina (ko’pincha qo’l barmoqlarida)
emas, balki tokning taxminiy chiqish joyidan (odatda oyoqda), shuningdek tok
xalqalari davomidan, ayniqsa oyoq qo’llar katta bo’g’imlarining bukuvchi
yuzasidan izlashga to’g’ri keladi. Yosh bolalar va elektromontyorlarning lablari
hamda tilida elektr tamg’asi topilishi mumkin. Terining taxmin qilingan barcha
joylaridan bo’lakchalar olinib mikroskopik tekshiruvdan o’tkazilishi, albatta, zarur.
Xarakterli o’zgarishlarni qo’ldan chiqarmaslik uchun barcha qavatini gistologik
tekshiruvdan o’tkazilganligi ma’kul.
Murdada elektr tamg’asi bo’lmagan taqdirda elektr toki ta’sirida ustki va
oyoq kiyimlarida paydo bo’ladigan xarakterli o’zgarishlar to’g’ri tashxis qo’yishga
yordamlashadi. Bu o’zgarishlarga viskoza to’qimasi va paxta tolasining elektrolitik
emirilishi, junli va sintetik to’qima tolalarining sharsimon va urchuqsimon
yo’g’onlashuvi («qahraboli tasbeh» nomli L.V.Stanislavskiy (1972) belgisi);
paxtaga xos kiyim tolalarining ilonsimon yoki kontsentrik egri bugriligi; kiyimlar
ayrim joylarining metallanishi kiradi. Bunday o’zgarishlarni stereomikroskopik
tekshiruvlar yordamida aniqlaniladi. Yuqori kuchli tok ta’sirida jarohatlanganda
yoki yashin urganda oyoq kiyimining tagligida xuddi jabrlanuvchi terisidagi
yashinning shakliga o’xshash daraxtsimon surat ko’zga tashlanadi.
Voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish elektr texnigi injeneri va sud tibbiyoti
eksperti ishtirokida o’tkaziladi. O’limning sodir bo’lish fakti va murdani ko’zdan
kechirish faqat odam tanasini tokdan ajratilgandan keyin amalga oshiriladi. Ba’zan
elektr toki bilan jarohatlangan jabrlanuvchilarni oddiy reanimatsiya usullari
yordamida hayotga qaytarish ham mumkin. Shuning uchun ham elektr tokidan
268
jarohatlanishga shubha tug’ilganda to o’limning belgilari paydo bo’lguniga qadar
tibbiy yordam ko’rsatilishi zarur.
Agar odam o’lib qolgan taqdirda murdaning holati va uning alohida
qismlarining erga ulangan tok o’tkazuvchi predmetlarga nisbatini sinchiklab
yoziladi. Tana qismlarining bunday predmetlarga tegib turgan joylari elektr
tamg’asini aniqlash maqsadida yaxshilab ko’zdan kechiriladi. Shuni esdan
chiqarmaslik kerakki, voqea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirgunga qadar u
joyning holati manfaatdor kishilar yordamida o’zgartirilishi va murda elektr
tokidan ajratilishi, hatto boshqa xonaga o’tkazilishi ham mumkin. Jabrlanuvchi
tanasining tokni o’tkazuvchi predmetlarga tegib turgan joyida ba’zan epidermis
bo’lakchalari ham topilishi mumkin. Tana va oyoq kiyimlarini ko’zdan kechirishda
metall bo’lakchalari, detallari, masalan, mixli taqa borligiga e’tibor berilishi zarur.
Tok o’tkazuvchisining xossasini aniqlashda elektr tamg’asi va teri atrofida
metall borligiga ahamiyat beriladi. O’tkazgichga aloqador metallni har xil
laboratoriya usullari yordamida (gistoximik, spektral usullari) aniqlaniladi, ba’zan
ancha qulay bo’lgan rangli tamg’alanish usulidan foydalaniladi, chunki bu usul
yordamida faqatgina metall borligi aniqlanilibgina qolmasdan, balki teri yoki
kiyimdagi tok o’tkazuvchisining shaklini aniqlash ham qulay bo’ladi.
Elektrdan jarohatlanishda murdani sud tibbiyoti usulida tekshirishda
ekspertga quyidagi ish rejasi taklif qilinadi:
1) tashqi tekshirish jarayonida tokning kirish va chiqish joylari, shuningdek
tok xalqasi bo’ylab elektr tamg’asi lupa yoki operatsion mikroskopiya
yordamida izlanadi;
2) topilgan elektr tamg’asi va terining shubha qilingan joyida rangli
tamg’alanish usuli yordamida metallanish topiladi;
3) elektrometkalar va terining barcha shubhali joylari qo’shimcha tekshirish
(gistologik, gistoximik, spektral) uchun kesib olinadi;
4) ichki tekshirishda, albatta, muskullar va suyaklar tokning yo’nalishi
bo’ylab qo’shimcha kesib ko’riladi; ichki organlardan gistologik
tekshirish uchun bo’lakchalar olinadi;
269
5) mioglobinni aniqlash uchun qoni va siydigidan olinadi;
6) etil spirtini aniqlash uchun qoni va siydigidan olinadi;
7) kiyimining elektr toki o’tkazgichiga tekkan joyidan stereomikroskopik
tekshirish uchun material olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |