Tibbiyot instituti talabalari uchun


Noma’lum shaxslar murdasi, bo’laklangan qismlari va tana



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.6.4. Noma’lum shaxslar murdasi, bo’laklangan qismlari va tana 
suyaklarini tekshirishning o’ziga xos xususiyatlari
Noma’lum shaxslar murdasini tekshirish.
Noma’lum shaxslar murdasi 
topilganda tergov va surishtiruv organlari oldida murdani tanish to’g’risidagi savol 
turadi. Bu vazifa noma’lum shaxsning o’lim sababiga bog’liq bo’lmagan holda 
amalga oshiriladi, chunki bu odam o’ldirish hollarida ayniqsa muhimdir. O’lgan 
odamning shaxsini aniqlanmasdan turib jinoyatni ochish nihoyatda mushkuldir. 
Bunday murdani sud tibbiyotida tekshiruv o’lgan kishini shaxsini aniqlashda 
etarlicha yordam berishi mumkin. Shuning uchun ham sud tibbiyoti eksperti oldida 
jarohatlanishning xarakteri va o’limning sababini o’rganishgina emas, balki 
marhumning yoshi va alohida belgilarini ko’rsatish ham uning shaxsini aniqlashga 
yordam beradi.
Bunday hollarda noma’lum shaxs murdasini tashqi ko’zdan kechirishda 
uning barcha kiyimlari sinchiklab ko’riladi va to’lig’icha yoziladi. Bunda ularning 
466


tikilishi, o’lchamlari, to’qimasining sifati, fabrikaning belgisi, kiyilish darajasi, 
ta’mirlanish izlari, ifloslanish va jarohatlanish xarakteri, cho’ntaklaridagi narsalar 
to’lig’icha ko’rsatiladi. Kiyimlari va cho’ntagidan topilgan narsalar kerakli 
vaqtgacha saqlanadi.
Murda avvalo kiyimida, keyin esa kiyimsiz holida suratga olinadi. Uning 
boshi o’ng va chap ko’rinishda suratga olinadi. Agar yuzida jarohatlanish bo’lsa 
uni taxminan qayta tiklanadi.
Murdaning boshini yozilishi so’zga oid suratga asosan amalga oshiriladi. 
Murdani irqqa aloqadorligi aniqlaniladi. Sochining uzunligi va rangi, ko’zini rangi 
va boshqa xususiyatlari, peshona-burun profili, og’zi, iyagi, tishini holati va 
yasama tishlar borligi, yuzidagi ajinlar darajasi, quloq suprasining shakli ko’zdan 
kechiriladi. Agar murda ustki va oyoq kiyimsiz keltirilganda boshi, bo’ynining 
aylanasi, oyoqlarining uzunligi o’lchanadi. Tanasidagi har hil yozuvlar, tug’ma 
holi, chandiqlar, yaralar borligi va fizik kamchiliklarga ahamiyat beriladi.
Yoshini aniqlash uchun panjalari, ko’krak qafasi va tanasining boshqa 
qismlarini rentgenogrammalari zarur. Bular keyinchalik murdani shaxsini 
aniqlashda tiriklik paytidagi rentgenogramma bilan solishtirishda foydali bo’lishi 
mumkin.
Murdani ichki tekshirishda oldingi o’tkazgan kasalliklar, jarohatlanishlar va 
jarrohlik operatsiyalarining belgilariga ahamiyat beriladi. Shuningdek murdani 
shaxsini aniqlashda tibbiyot hujjatlaridan ham foydalaniladi.
Ichki organlaridan gistologik tekshirish uchun mayda bo’lakchalar kesib 
olinishi, qonni guruhlarga aloqadorligini aniqlash, keyinchalik solishtirish uchun 
boshini sochidan olish maqsadga muvofiqdir. Yuzi haddan tashqari tanib 
bo’lmaydigan darajaga kelganda tiriklik paytidagi suratiga to’g’ri kelishligini 
solishtirish uchun kalla suyagi olinadi. Bundan tashqari, stomatologik va boshqa 
tekshiruv usullaridan, shuningdek albatta daktiloskopik usulidan foydalaniladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish