Tibbiyot instituti talabalari uchun


Elektr tokining odam organizmiga ta’sir mexanizmi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Elektr tokining odam organizmiga ta’sir mexanizmi
Elektr toki organizmga mahalliy va umumiy ta’sir qilishi mumkin.
Tokning organ va to’qimalarga mahalliy ta’siri elektr energiyasining boshqa 
energiyaga tanadan o’tish paytida aylanishi, masalan, issiqlik, mexanik va 
elektrolitik energiyaga o’tishi bilan bog’liqdir. Bunda birinchi navbatda issiqlik 
ta’sirining effekti ko’zga tashlanadi. Tokning o’tkazgich orqali o’tishidan hosil 
bo’lgan issiqlik miqdori tok kuchining kvadratiga, o’tkazichning qarshiligi va 
tokning ta’sir qilish vaqtiga to’g’ri proportsional bo’ladi (Djaul-Lents qonuni). 
Kontakt joyidagi terining kuyib ko’mirga aylanishi, shuningdek suyakning 
neorganik qismini qisman erib ketishidan «suyak marjonlari» ning hosil bo’lishi 
kuzatiladi. Ayrim hollarda tana haroratining diffuz ravishda +45-60
0
S gacha 
ko’tarilishi ko’zga tashlanadi.
Tokning mexanik ta’siridan shilinishlar, yaralar, suyaklarning yorilishi va 
sinishlar, shuningdek kiyimlari va oyoq kiyimlarining yirtilishi sodir bo’lishi 
mumkin. Kamdan kam hollarda ichki organlarning jarohatlanishi ham ko’rinadi. 
Elektrolitik ta’siridan organizmdagi suyuqliklar parchalanishi yuzaga keladi, 
ammo buni murdani oddiy tekshirishda aniqlashning imkoniyati bo’lmaydi.
Tokning umumiy (yoki biologik) ta’siri hayotiy jarayonlar bilan mustahkam 
bog’langan elektrik jarayonlarning buzilishi bilan xarakterlanadi. Elektr toki 
ta’sirida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari buziladi. Buning natijasida yurak 
qon tomirlari, nafas olish va nerv sistemasi faoliyati buziladi. Ko’ndalang targ’il va 
silliq muskullarning reflektor qisqarishi sodir bo’ladi. Tokning yurak va markaziy 
nerv sistemasiga ta’siri hayot uchun muhim funktsiyalarning keskin buzilishiga 
sababchi hisoblanadi va tez o’lim yuzaga keladi.
Voqea sodir bo’lgan joyda jabrlanuvchi, yurak faoliyatining birlamchi 
to’xtashi yoki nafas olishning to’xtashidan tezda o’lib qolishligi kuzatiladi. Nafas 
261


olishning to’xtashi yoki nafas olish markazining reflektor ta’sirlanishidan, yoki 
(tokning boshi orqali o’tishida) nafas olish markaziga to’g’ridan to’g’ri ta’sir 
qilishi tufayli ko’zga tashlanadi. Bundan tashqari, nafas olish mushaklarining 
spazmi ham muhim o’rin egallaydi. Yurak faoliyatining to’xtashi miokard 
fibrilyatsiyasi tufayli sodir bo’lishi mumkin. Ammo, yurakning reflektor to’xtashi 
adashgan nervning funktsiyasini pasayishi tufayli yuzaga kelishini ham hisobga 
olish zarur.
Kechroq o’limning to’g’ridan to’g’ri sababi (bir necha kun yoki hatto 
haftadan keyin) odatda kuyishlar yoki nekrozga uchragan qon tomirlaridan massiv 
qon ketish hisoblanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish