Tibbiyot instituti talabalari uchun


Elektr tokidan jarohatlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

12.3. Elektr tokidan jarohatlanish
Elektr energiyasi odam organizmiga elektr toki, elektromagnit maydoni va 
ionlashtirilgan havo yordamida ziyonli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Biroq odatda 
elektrdan jarohatlanish deganda elektr toki yordamida sodir bo’lgan jarohatlanish 
tushuniladi.
Elektr tokidan jarohatlanish ko’pincha texnik yo atmosfera elektr energiyasi 
ta’siri natijasida ko’zga tashlanadi.
Elektr toki ta’siridagi jarohatlanishlar
Odam tana va qiyimlari tok o’tkazuvchisiga tekkanda har xil oqibatlarga: 
ayrim hollarda hech bir jarohatlanish kuzatilmaydi, boshqa hollarda esa sog’lig’ini 
har xil darajada buzilishi; ba’zan o’lim sodir bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. 
Bunday har xil oqibatlarning kelib chiqishi ko’pgina faktorlarga bog’liq.
Elektr tokining odam organizmiga ta’sir qiluvchi jarohatlovchi faktorlar
Bu faktorlar orasida elektrdan jarohatlanishning oqibatiga ta’sir 
qiluvchilarga tokning fizik tavsifi, uning ta’sir qilish sharoitlari, jabrlanuvchi 
258


organizmining o’ziga xos xususiyatlari kiradi. Bunday bo’linish juda shartli bo’lib, 
bu faktorlarning barchasi bir biri bilan o’zaro bog’liqdir.
Elektrdan jarohatlanishga organizm reaktsiyasining darajasi asosan tokning 
tanadan o’tuvchi kuchiga, aloqa vaqti va organizmda tokni o’tish yo’li bilan 
belgilanadi. Tanadan o’tuvchi tokning kuchi tokning kirish va chiqish nuqtalari 
orasidagi kuchlanish organizmdan tokning organ va to’qimalardan o’tish yo’lida 
qarshilikka uchrashi bilan xarakterlanadi.
Tajribada aniqlanilishicha, tana orqali o’tuvchi tokning kuchi 0,025 A bo’lsa 
bu xavfli, agar tok kuchi 0,08-0,1 A bo’lganda ko’pchilik hollarda o’limga olib 
kelishi mumkin. Tokning kuchlanishi qancha yuqori bo’lsa, shuncha xavfli o’limga 
olib keluvchi jarohatlanish chaqirishi aniqlangan. Ekspert amaliyotida eng ko’p 
o’lim holati past kuchlanishli (100-250 V) bilan kontaktda bo’lganda kuzatiladi, 
chunki bu kuchlanishli tok turmushda keng qo’llaniladi.
Elektrdan jarohatlanishning oqibati uchun organizmning o’ziga xos 
xususiyatlari, ayniqsa, organ va to’qimalarning, birinchi navbatda terining 
qarshilik ko’rsatishi muhim o’rin egallaydi. Ichki organlarning qarshilik ko’rsatishi 
odatda uncha katta emas, chunki ularni elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi tuzli eritma 
sifatida qarash mumkin. Terining qarshilik ko’rsatishi ko’pgina faktorlarga, 
jumladan, shoxlanuvchi qavatining qalinligiga, namligiga, ter bezlarining holati, 
terining ifloslanishi va boshqalarga bog’liq.
Ayniqsa, shoxlanuvchi qavati va terining namligini ahamiyati juda katta. 
I.P.Tishkovning ko’rsatishicha, murda terisi epidermisini so’rg’ichsimon qavatini 
qirib olinganda uning qarshilik ko’rsatishi murdada deyarli 300 marta kamaysa, 
suv bilan namlanganda esa 40-60 foiz kamayadi. Shuning uchun ham yozda qishga 
qaraganda ter ajralishi ko’proq bo’lgani uchun elektr tokidan o’lim ham bir necha 
marta yuqori bo’ladi. Bu Yu.G.Yudinga elektrdan jarohatlanishning mavsumiy 
xarakterga ega ekanligini aytishga asos bo’ldi. Har xil tashqi sharoitlar ham odam 
tanasining qarshilik ko’rsatishiga anchagina ta’sir ko’rsatadi. Bunday sharoitlar 
orasida ustki va oyoq qiyimlari – borligi va holati, elektr tarmog’iga qo’shish usuli, 
kontakt maydoni hamda uning zichligi, atrof muhitning namligi va boshqalarning 
259


ham ahamiyati kattadir.
Odam tanasidagi kiyimlar va oyoq kiyimini qo’shimcha izolyatsiya manbai 
sifatida qaralishi mumkin. Rezinalar, terilar va kiyimlarning ipakli qavati hamda 
oyoq kiyimlari katta qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga egadir. Ammo kiyimlarning 
o’ta namligi va unda metalldan ishlangan qismlarning bo’lishi kiyimning qarshilik 
ko’rsatishini keskin kamaytiradi.
Ikki qutbli tok qo’shilganda odam tanasining har xil qismlari, masalan o’ng 
va chap qo’llari o’tkazgich kuchlanishi ta’sirida bo’lganligi uchun har xil qarshilik 
ko’rsatishi mumkin. Bitta qutbli tok qo’shilganda esa odam tanasiga tok faqat erga 
qo’shilgandagina o’tadi.
Shunday qilib, elektrdan jarohatlanishning oqibatida terining qarshilik 
ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi, chunki u odam tanasi orqali o’tuvchi 
tokning kuchini belgilaydi va ko’pgina faktorlarga ham bog’liq bo’ladi.
Elektr tokini organizmga davomli ta’sir qilishi (kontakt vaqti) elektrdan 
jarohatlanishning oqibatini aniqlaydi. Agar vaqt qancha katta bo’lsa, odam 
tanasidan shuncha ko’p miqdorda tok o’tadi va ichki organlarda shuncha ko’p og’ir 
o’zgarishlar ko’zga tashlanadi.
Elektrdan jarohatlanishning oqibati organizmda tokning yo’nalish yo’liga 
bog’liq. Bunga tok xalqasi deyiladi. Kirish va chiqish teshigiga qarab 20 ga yaqin 
tok xalqasi farqlanadi. Odamni har ikkala qo’li tok o’tkazgichiga tekkanda va bir 
qo’li bilan bir qutbli tokka tegib ikkala oyoqlari orqali erga tegib turganda tokning 
yurak orqali o’tishi hayot uchun juda xavfli hisoblanadi. Shuningdek tokni bosh 
miya orqali o’tishi ham juda xavfli bo’ladi.
Organizmda tokning aniq yo’nalishini aniqlash qiyin, chunki tok o’z 
yo’lidagi organ va to’qimalarda har xil qarshilikka uchraydi. Aniqlanilishicha, tok 
asosan qon tomirlari va mushaklardan o’tadi. Ammo ba’zan u tanadan chiqib va 
ya’na tananing katta bo’g’imlarining bukuvchi yuzalari orqali tanaga kirishi 
mumkin. Organizm uchun 40-50 Gts chastotali o’zgaruvchan tok, ayniqsa, xavfli 
hisoblanadi, chunki u yurakdan o’tayotganda yurak qorinchalarini jimillab 
qolishiga sababchi bo’ladi. Yuqori chastotali o’zgaruvchan tok (yuz minglab va 
260


millionlab gertsli) odam uchun xavfli bo’lmasdan davolash maqsadida qo’llaniladi 
(diatermiya, UVCh va boshqalar).

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish