16) p -
элементлар хакида тушунча. Мисоллар.
p-Elementlar D. I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida III, IV, V, VI, VII va VIII guruhlarning asosiy guruhiga
joylashgan, pelementlar kationlar ko‘rinishida (Al3+, Pb2+, Bi3+ va boshqalar) hamda anionlar ko‘rinishida (Cl", N O
- ,
SO 4- va boshqalar) bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda bir elementni
ng o ‘zi reaksiya sharoit
iga qarab kation ham anion
ko'rinishida uchrashi mumkin. p-Elementlar 2 ta s-elektron va umumiy holda I dan to 6 gacha p-elektronga ega. Avvalo
tartibli ravishda p-elektronlarini, keyin esa s-elektroniarini beradi. Ular har xil oksidlanish darajasiga ega bo'lgan ionlarni
hosil qiladi, ya’ni +2, +3, +4, +5. Agar hamma valent elektronlari kimyoviy bog' hosil qilishda ishtirok etsa, u holda
atomlar guruh nomeriga teng bo'lgan oksidlanish darajasiga va kuchli qutblanuvchi 18 elektronli qavatga ega bo'ladi.
Nati
jada ular Sb5+ va S6+ holdagi erkin ionlardan iborat bo'lmay, balki murakkab anionlar, ya’ni [SbCl6]
- , SO^- Iarni hosil
qiladi. Faqat pelektronlarni berganda hosil bo'lgan ionlar (18+2) elektron qavatga ega bo'lib (Sn2+, Pb2+, Bi3+) kuchli
qutblanuvchi ta
’sir ko'rsatadi. Davriy sistemaning V, VI, VII, VIII guruh elementlari shunday ionlar hosil qilishi mumkinki,
ularda kimyoviy bog' hosil qilishda p-
elektronlarning m a’lum qismi ishtirok etadi ( N O 2 , SO2
- va boshqalar). p-
Elementlarning ionlari h ar xil oksidlanish darajasiga ega bo'lishi ularga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok
etish imkoniyatini beradi. Masalan, qalay (II) ionlari yaxshi qaytaruvchidir, surma (V) ionlari esa oksidlovchilik xossasiga
ega. Ko'rilgan p-elementlardan faqat aluminiy doimiy oksidlanish darajasi +3 ga va 8 ta elektronli qavatga ega. p-
Elementlaming kationlari kovalent bog'li birikmalar hosil qilgani sababli suvda yomon eriydi. Ularning gidroksidlari va
kuchsiz kislota anionlari bilan hosil qilgan tuzlari boshqa guruhdagi kationlarning birikmalaridan kam eruvchanligi bilan
farqlanadi. Kuchli kislotalarning anionlari bilan hosil qilgan tuzlari, ya’ni nitrat, xlorid, sulfatlari yaxshi eruvchandir
(qo'rg'oshin sulfat PbSO4, qo'rg'oshin xlorid PbCl2 bundan mustasnodir, chunki ular suvda kam eriydi). Ionlarning kuchli
qutblanishi ularning tuzlari gidrolizga kuchli moyilligini ifodalaydi. Gidroliz reaksiyalari pelementlarning tuzlari uchun
taalluqlidir. Bu kationlarning gidroksidlari am foter xossaga ega (Bi3+ bundan mustasno). Ular kuchli kislota va
ishqorlarda eriydi. p-Elem ent-organogenlar (C, N, 0 , P, S) tirik organizm da alohida muhim vazifani bajaradi. Ular
organizmdagi ham m a organik birikmalar tarkibiga kiradi. Azot, kislorod, oltingugurt, fosfor va uglerod atomlari kovalent
bog‘lar yordam ida turli
-tum an organik m oddalarni hosil qiladi. Am inokislotalar va oqsillar shular jumlasiga kiradi. Bu
elem entlarning anorganik birikmalari miqdoriga qarab organizm faoliyatiga ijobiy yoki salbiy
ta ’sir ko‘rsatadi. M asa
lan,
fosforning organizmdagi miqdori tananing og'irligiga nisbatan 1,16%, suyak va tishlar tarkibida va oz m iqdorda teri osti
to'qim alarida bo'ladi. Fosfat ioni yuqori energiyaga ega bo'lgan birikm alarning (ATF) hosil bo'lishida, karbonsuvlar alm
ashinuvida m uhim elem ent hisoblanadi, R N K va fosfolipidlar tarkibiga kiradi, organizmdagi hujayra va suyuqlikning
bufer sig'imini hosil qilishda ishtirok etadi. Oltingugurt, uglerod va azotlarning kislorodli birikmalari (SO2, N O , N O 2,
CO, C O 2) organizm
ga salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Bu birikmalarining tarqatuvchi uy
-
xo‘jaligi, ishlab chiqarish sanoati va
tabiiy manbalari bo'lishi mumkin. O rganizm da xlor ionining m iqdori ko 'p bo'lib, qolgan biogen elem entlar B, F, Si, As,
Se, Br, I juda oz miqdorda bo
'ladi. Shunga qaramay bu elem entlar organizm bir m e’yorda ishlashida juda m uhim
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |