Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

Tibbiy kimyo / 1  

109


Bodring,  ismaloq,  kunjut,  yeryongʻoq,  jigar  mahsulotlarida 

misning miqdori nisbatan koʻp boʻladi. 



Ruх  –  mikrоbiоgеn  elеmеnt,  mis  singаri  koʻpginа  fеrmеntlаr 

tаr ki bigа  kirаdi  vа  ulаrni  biоlоgik 

хоs sаlаrini  bеlgilаydi.  Ruх  iоnlаri 

оdаm  оrgа nizmidаgi  qаnd  аlmаshi­

nuv  jаrаyonlаrini  bоshqаrishdа  ishti­

rоk  etаdi.  Uning  bu  tа’siri  insulin 

gоrmоnining  nоrmаl  sеkrеtsiyasi­

ni  tа’minlаsh  vа  uning  tа’sir  vаqtini 

uzаytirish  bilаn  tushuntirilаdi.  Orga­

nizmga tushgan rux ionlari 3 soat ichi­

da koʻp miqdorda oshqozon osti bezi, jigar va suyaklarda yigʻila­

di va shundan soʻng boshqa a’zo va toʻqimalarga tarqaladi. Ichki 

sekretsiya bezlari jumladan jinsiy bezlarning faoliyati koʻp hollarda 

rux ionlariga bogʻliq boʻladi. Rux insulin gormoni tarkibiga kirib 

uning gipoglikemik ta’sirini oshiradi. Qand kasalligida siydik orqali 

organizmdan chiqib ketadigan rux miqdori normadagidan 3–4 baro­

bar  ortiq  boʻladi.  Bu  biogen  elementning  ahamiyatli  xususiyatla­

ridan yana biri uning organizmning immunitet omilini oshi rishida 

ishtirok etishidir. 

Organizmda rux 

miqdorining  ka ma­

yi shi  oqsil  sintezi­

ning su sayishiga va 

oqsil  ba lansi  buzili­

shiga olib keladi.

Ruxning  koʻp 

miqdori  lavlagi  bar­

galarida va ildiz me­

valarida,  noʻxatda, 

makkajoʻxori  silosi­

da boʻladi.



1-kurs talabalari uchun darslik

110


Marganes – mikrobiogen element boʻlib, deyarli barcha a’zo 

va  toʻqimalarda  uchraydi.  Organizmdagi  marganesning  eng  koʻp 

miqdori  mushaklarda,  bosh  miyada, 

buyrakda, taloqda, suyaklarda saqlanadi. 

Marganes  boshqa  d­elementlar  singa­

ri  bir  qancha  fermentlar  tarkibiga  kira­

di. Masalan, arginaza, fosfotransferaza 

tarkibiga kirib, ularning spetsifik ta’sirini 

belgilaydi. Marganets saqlagan metallo­

fermentlar  gidrolitik,  oksidlanish­qay­

tarilish jarayonlarini katalizlaydi. Uninig 

ishtirokida organizmda glukozadan askorbin kislota (vitamin C) 

sintezlanadi. Marganesning modda almashinuvidagi xissasi sezilar­

lidir. U B

1

 va E vitaminlari almashinuviga ta’sir qiladi. Marganes 



insulinning glikemik ta’sirini kuchaytirib, qondagi qand miqdorini 

kamaytiradi. Undan tashqari, u lipotrop ta’sirga ega boʻlib, aterosk­

leroz rivojlanishini toʻxtatadi. Temir, kobalt mis bilan birgallikda 

qon hosil boʻlish jarayonlariga ta’sir koʻrsatadi, antitelolarning hosil 

boʻlishini tezlashtirib, yot oqsillarning zaharli ta’sirini neytrallaydi.

Organizmda  marganes  miqdorining  kamayishi  E  vitamin 

miqdorining  kamayishiga,  patologik  semirishga,  endemik  buqoq 

kasalligiga olib keladi. Oziq­ovqat mahsulotlari qizillavlagi, pomi­

dor, soya, noxat, kartoshkada marganes koʻp boʻladi. 

Temir – makrobiogen d – elementlar qatoriga mansub boʻlib, 

uning odam organizmidagi umumiy miqdori 5g tashkil etadi. Temir 

koʻpchilik metalloproteinlar tarkibiga kira­

di.  Ular  koʻpchilik  oksidlanish­qaytarilish 

jarayonlarini katalizlaydi, molekular kislo­

rodni  qayta  bogʻlaydigan  sistemalar  hosil 

qiladi.  Nafas  olish  fermentlari  sitoxrom, 

peroksidaza va katalazalar temir saqlovchi 

metallofermentlardir. Sitoxromlar qaytaril­

gan shaklda ikki valentli, oksidlanganda 




Tibbiy kimyo / 1  

111


uch  valentli  temir  saqlaydi.  Organizmda  ovqat  tarkibidagi  mod­

dalarni oksidlanishi jarayonida bir oksidlanish darajasidan bosh­

qasiga  oʻtishi  ularning  katalitik  funksiyalarini  belgilaydi.  Orga­

nizmdagi temir Fe

2+

 va Fe


3+

 kationlari shaklida uchraydi. U asosan 

eritrotsitlar  (umumiy  miqdorining  80%)  tarkibidagi  gemoglobin 

tarkibiga  kiradi.  Undan  tashqari  organizmda  jigar  hujayralari  va 

taloqda  boʻladigan,  depolangan(zaxira)  temir,  yuqori  molekular 

temir saqlovchi oqsil (ferritin) koʻrinishida mavjud. Temir almashi­

nuvi va uning qon tarkibidagi miqdorining boshqaruvi jigar orqali 

amalga oshadi. Almashinuv jarayoni qon zardobida saqlangan va 

temir  tashish  vazifasini  bajaruvchi  transferin  deb  ataluvchi  oqsil­

lar hisobiga amalga oshiriladi. Transferrin bilan bogʻlangan temir 

ionlari qon zardobidan iliklargacha tashiladi va u yerda qon hosil 

qilish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Qizil qon tanachalarining 

fiziologik  parchalanishi  natijasida  ajralib  chiqqan  temirning  9/10 

qismi  yana  qaytadan  shu  shaklli  elementlarning  tarkibiga  oʻtadi, 

qolgan qismi esa organizmdan ichak sistemasi orqali chiqib keta­

di. Ovqat tarkibidagi temir miqdorining yetarli boʻlmasligi qonda 

gemoglobinning pasayishiga olib keladi va qonda temir kamayishi 

natijasida anemiya yuzaga keladi. 4.5­rasmda normal va anemiya 

holatidagi hujayralar koʻrsatilgan. Qonning hajm birligida eritrotsit 

va  gemoglobinning  miqdori  keskin  tushib  ketishi,  qonning  kislo­




1-kurs talabalari uchun darslik

112


rod tashishini qiyinlashtiradi va hujayralar energiya ajrata olmasli­

gi  natijasida  odamda  holsizlik,  uyquga  moyillik,  soch  toʻkilishi, 

tirnoq larning sinuvchanligi, yurak yetishmovchiligi yuzaga keladi. 

Ustritsa, jigar, qizil rangli goʻsht, parranda goʻshti, baliq, qovoq 

danagi, pista, behi 

temir moddasiga boy mahsulotlardir.



Kobalt  mikrobiogen  element  boʻlib,  muhim  oqsillar  tarkibiga 

kiradi,  qator  fermentlarning  (karboangidraza,  karboksipeptidaza  va 

boshqalar) faoliyatini faollashtiradi. Kobalt 

saqlagan  fermentlar  DNK  sintezi  va  ami­

nokislotalar metabolizmida ishtirok etadi. 

Kobalt va mis birikmalari organizmdagi 

oksidlanish­qaytarilish  reaksiyalarining  ka­

ta 


lizatorlari sifatida temir birikmalaridan 

keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Ular qon hosil 

boʻlishida ishtirok etadi. Izlanishlar natijasi­

da jigardan qizil qon tanachalarining hosil boʻlishini jadallashtiradi­

gan B

12 


vitamini ajratib olingan. Kobalt +3 oksidlanish darajasida B

12

 



vitaminining markaziy atomi boʻlib, yangi hosil boʻlayotgan qizil qon 

tanachalardagi gemoglobin tarkibiga temir ionlarini kirishini oshira­

di. Shu sababli kamqonlik kasalliklarda temirli moddalar bilan birga­

likda Cu


2+

 va Co


2+

 preparatlarini qoʻllash yaxshi natijalar beradi. 

Kobalt  ta’sirida  toʻqimalarda  yigʻiladigan  A,  C,  K  va  B  gu­

ruh  vitaminlarining  miqdori  ortadi,  nikotin  kislota  (vitamin  PP), 

piridoksin (B

6

) sintezlanishi 



kuchayadi.

Kobalt ta’sirida suyak va 

ichak fosfatazalari, karboksi­

laza, arginaza, katalaza va 

koʻpgina  peptidazalar  faol­

ligi ortadi, suksinatdegidro­

genaza va sitoxromoksidaza 

fermentlarining faolligi ka­

mayadi. 



Tibbiy kimyo / 1  

113


Bu elementning organizmga kam miqdorda tushishi kalsiy va 

fosfor  oʻzlashtirilishining  kamayishi  va  kamqonlikka  olib  keladi. 

Uning toʻqimalardagi yetishmovchiligi organizmning turli infeksi­

yalarga himoya qobiliyatini pasayishiga olib kelishi taxmin qilinadi.

Dengiz mahsulotlari va baliq, noʻxot, jigar, sarimsoq piyoz, nok 

va boshqa oziq­ovqat mahsulotlarida koʻp boʻladi.




Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish