Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

allotropik shakllari

Barcha moddalar 118 xil elementlardan tashkil topgan. Shular­

dan 88 ta element tabiiy holda uchraydi.



Tibbiy kimyo / 1  

15

1.3. Kimyoning asosiy tushunchalari



Atom massasi. Atomlarning massalari juda kichik boʻladi. Bu 

oʻlchamlar 10

­25

 kg dan 10



­27

 kg gacha boradi. Bunday kichik qiy­

matlar bilan ishlash qiyin. Shu sababli atomlarning absolut massasi 

oʻrniga “nisbiy atom massa” tushunchasi qabul qilingan. Unung o 

‘lchov birligi qilib “uglerod birligi” olingan.

1961­yilda  atomning  massa  birligi  qabul  qilingan.  Ba’zan  bu 

tushuncha  atomning  uglerod  birligi  deyiladi  (a.u.b.).  Atomning 

uglerod birligida ifodalangan massasi atom massa deyiladi. Bun­

da barcha hisoblashlar uglerodning 

12

C izotopiga nisbatan olib bo­



riladi. Shunday oʻlchovga koʻra kislorodning nisbiy atom massasi 

15,9994 ga, vodorodning nisbiy atom massasi 1,0079 a.u.b. ga teng. 

Masalan, mis atomining massasi Ar = 64 u.b. deyilsa, mis atomi 

l2



atomi  massasining  1/12  qismidan  64  marta  ogʻirligini  koʻrsatadi. 

Elementlar nisbiy atom massasining qiymati davriy jadvalda beril­

gan. Bu qiymatlar hisoblashlarda qoʻllaniladi.

Molekular massa. Bir mol modda massasiga teng boʻlib,moleku­

laning uglerod birligida ifodalangan ogʻirligiga molekular massa 

deyiladi. Molekular massa ham uglerod birligida oʻlchanadi. Shu­

ning uchun “nisbiy molekular massa” deyiladi va M



bilan belgila­

nadi. Mr(Cl

2

)=71 u.b., Mr(HNO



3

) = 63 u.b.

Ba’zan molekula tarkibi birgina atomdan tashkil topgan boʻlsa, 

masalan, He, Ar, Hg, Fe, Cu molekular massa atom massasiga teng 

boʻladi: Mr(Cu) = 63,546 u.b. yoki 63,546 g /mol.

Mol  modda  miqdorining  birligi. Moddaning uglerod 

12

C izo­



topining 6,02·10

23 


ta C ­ atomlari soniga teng zarracha (molekula, 

atom, ion) saqlagan miqdori mol deyiladi.

Mol tushunchasi nimaga nisbatan qoʻllanilishiga qarab turli 

zarrachalarni  anglatishi  mumkin:  mol  atomlar  (Cl),  mol  ionlar 

(Cl


­

), mol molekula (Cl

2

), ularning massalari mos ravishda 35,5 



g; 35,5 g;71 g.


1-kurs talabalari uchun darslik

16

1 mol modda tarkibidagi struktura birliklari soni yuqori aniqlik­



da hisoblangan. Bu son Avogadro soni deyiladi va uning qiymati 

6,02·10


23

ga teng.


1 mol moddaning massasi molar massa deyilib, son jihatdan u 

nisbiy molekular yoki nisbiy atom massaga teng boʻladi, lekin g/

molda oʻlchanadi.

Moddaning  miqdorini  (n)  topish  uchun  uning  massasi  (m)ni 

molar massaga boʻlish kerak. Molyar massa M harfi bilan belgila­

nadi:


n = m/M

Moddaning massasi uning miqdorini molyar massaga koʻpayti­

rish orqali topiladi:                m = n·M

Molyar  massa  modda  massasining  uning  miqdoriga  boʻlgan 

nisbatiga teng:

M = m/n

bunda: M – molyar massa, g/mol; m – modda massasi, g; n – modda 

miqdori, mol.


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish