Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Kimyoda atom – molekular ta’limot



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

1.2. Kimyoda atom – molekular ta’limot

XVIII  asrda  M.V.  Lomonosov  qadimgi  yunon  faylasuflari 

Levkipp va Demokritning “Hamma moddalar juda mayda zarracha­

lar – atomlardan tuzilgan hamda ular doimiy va uzluksiz harakat­

da boʻladi, dunyoda sodir boʻladigan barcha oʻzgarishlar atomlar­

ning birikishi yoki bir­biridan ajralishi natijasidir” degan atomistik 

tasavvurlarni rivojlantirib, sistemaga soldi. 

U ham oʻz ta’limotiga barcha moddalar juda mayda zarrachalar­

dan tuzilgan degan fikrni asos qilib oldi. M.Lomonosov zarrachalar­

ni ikki turga boʻldi: atomlarni “elementlar” deb, molekulalarni esa 

“korpuskulalar”  deb  atadi.  Molekulalar  hosil  boʻlishida  atomlar 

bir­biri  bilan  ma’lum  miqdoriy  nisbatlarda  birikadi.  Molekulalar­

ning  xossalari  faqat  ularning  tarkibiga  kirgan  atomlar  sonigagina 

bogʻliq boʻlmay, balki atomlarning molekulada joylashish tartibiga 

ham bogʻliqdir. 

M. Lomonosov kimyoga birinchi boʻlib atom ­ molekular ta’­

limotni kiritdi va shu asosda element, oddiy hamda murakkab mod­

dalarga ta’rif berdi. 60 yildan keyingina J. Dalton shunga oʻxshash 

fikrlar aytdi. XIX asrning oʻrtalariga kelib atom­molekular ta’limot 

toʻla­toʻkis  tasdiqlandi  va  atom,  molekula,  kimyoviy  element  va 

boshqa asosiy tushunchalarga aniq ta’rif berildi. 

Atom  –  moddaning  kimyoviy  jihatdan  boʻlinmaydigan  eng 

kichik zarrachasi. 



Molekula  –  moddaning  mustaqil  mavjud  boʻla  oladigan  va 

shu moddaning kimyoviy xossalarini oʻzida saqlab qoladigan eng 

kichik zarrachasi. 

Molekulalar kimyoviy reaksiyalarda parchalanadi, ya’ni mole­

ku lalar kimyoviy jihatdan boʻlinadigan zarrachalardir. 



Tibbiy kimyo / 1  

13

Kimyoviy element  –  oʻzida  muayyan  xossalarni  mujassam­

lashtirgan va kimyoviy usullar bilan boshqa oddiy moddaga aylana 

olmaydigan atomlarning muayyan turidir. “Element” soʻzi tarkibiy 

degan ma’noni bildiradi. Kislorod – kislorod elementini, simob 

atomlari – kimyoviy element simobni tashkil etadi va hokazo. Ho­

zir bizga atomlarning 118 turi – 118 ta kimyoviy element ma’lum. 

Elementlar  orasidagi  oʻzaro  bogʻliqlik  davriy  sistemada  oʻz 

aksini topgan. Atomning eng muxim xususiyati uning yadrosining 

musbat zaryadi boʻlib, u son jihatidan elementning tartib raqamiga 

teng. Yadro zaryadining qiymati atomlarning har xil turlari uchun 

bir­biridan farq qiluvchi belgisi hisoblanadi. Bu esa element tushun­

chasiga ancha toʻliq ta’rif berishga imkon yaratadi, ya’ni: kimyoviy 

element – bu yadrosining musbat zaryadi bir xil boʻlgan atomlar­

ning muayyan turidir.

Elementlarni yadrosidagi neytronlar va protonlar sonidan farq 

qilish mumkin. Masalan, vodorod atomida bitta proton, bitta elek­

tron boʻlib, neytron yoʻq. Deyteriy izotopida bitta proton, bitta elek­

tron hamda bitta neytron mavjud. Tritiy izotopida esa bitta proton, 

ikkita neytron hamda bitta elektron mavjuddir. Bu atomlarning bar­

chasi bitta kimyoviy element – vodorod elementini bildiradi.

“Kimyoviy element” va “oddiy modda” degan tushunchalarni 

bir­biridan  farq  qila  bilish  lozim.  Ba’zan  oddiy  modda  ham,  shu 

moddani tashkil etgan kimyoviy element ham bir xil ataladi. Masa­

lan, temir deganda oddiy modda ham, temir elementi ham tushuni­

ladi. Simob oddiy modda holatida muayyan xossalarga ega bolgan 

yaltiroq suyuqlik; bu xossalar kislorod bilan birikkan holatdagi si­

mobda boʻlmaydi. Simob (II) oksiddagi simob oddiy modda holida­

gi simob emas, balki simob elementidir.

“Kislorod”,  “temir”  soʻzlari  kimyoviy  elementni  ham,  shu 

nomdagi oddiy moddani ham bildirishi mumkin. “Kislorod bilan 

nafas olamiz”, “kislorod – gaz” deyilsa, gap oddiy modda holidagi 

kislorod haqida boradi. “Temir magnitga tortiladi”, “temirdan mix 

yasaladi” deyilganda modda sifatidagi temir nazarda tutiladi, “temir 




1-kurs talabalari uchun darslik

14

zang  tarkibiga  kiradi”  degan  iborada  esa  “temir”  soʻzi  kimyoviy 



ele mentning  nomidir.

  Elementlarning mihim ta’rifi ularning Yer poʻstlogʻida, ya’ni 

Yerning yuqori qattiq qobigʻida tarqalganligidir, bu qobiqning qa­

linligi shartli ravishda 16 km ga teng deb qabul qilingan. Element­

ning Yer qobigʻida tarqalganligini – Yer haqidagi geokimyo fani 

oʻrganadi.  Butun  koinot,  eng  uzoq  yulduzlar  ham  kimyoviy  ele­

mentlardan tarkib topgan. 

 Bir element atomlari bir necha xil oddiy moddalar hosil qilishi 

ham mumkin. 

Bitta kimyoviy elementning oʻzi ikki yoki bir necha oddiy mod­

dalar  hosil  qilishi  allotropiya deyiladi. Murakkab moddaning bir 

necha koʻrinishda uchrashi polimorfizm deb ataladi. Bu moddalarn­

ing har biri esa allotropik shakl oʻzgarishlar deb ataladi. Masalan, 

kislorod elementi ikkita allotropik modifikatsiya – kislorod va ozon, 

fosfor, oltingugurt elementlari ham bir necha xil modi fikatsiya hosil 

qiladi.


Uglerod atomining 4ta allotropik shakli – olmos, grafit, karbin, 

fulleren ma’lum. 1.3­rasmda uglerod atomining 3ta allotropik shak­

li koʻrsatilgan.

Grafit


Fulleren

Olmos


1.3-rasm. Grafit, olmos, fulleren -uglerod atomlarining 


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish