1-kurs talabalari uchun darslik
8
abadiy, u yoʻqdan bor boʻlmaydi va bordan yoʻq boʻlmaydi. Materi
yaning ikki xil shakli mavjud: modda va maydon. Modda bu ma
teriyaning massaga ega boʻlgan bir shaklidir. Maydon esa (gravi
tatsion, elektromagnit) – bu materiyaning energiya bilan chambar
chas bogʻlangan, moddaning zarrachalari oʻzaro ta’sirlashadigan
muhitdir. Modda - massaga ega boʻlib, ma’lum bir oʻrinni egallay
di. Foydalaniladigan barcha jismlar suv, yogʻoch, plitalar, plastik
paket, kiyimkechak, va hatto poyabzal ham moddadan tarkib top
gan. Har qanday jism moddaning fazoda chegaralangan qismidir.
Jism tushun chasi juda aniq tushunchadur. Modda tushunchasi esa
ancha keng ma’noni bildiradi. Demak, modda tushunchasi jism tus
hunchasiga nisbatan umumiy tushunchadir.
Moddalar turli fizikaviy shakllarda – qattiq, suyuq va gaz holat
larda boʻladi. Masalan, suv 3 xil agregat holatda boʻlishi mumkin:
muz qattiq holatda boʻladi, kran joʻmragidan oqayotgan suv suyuq
holatda boʻladi, bugʻlanayotgan suv esa gaz holatda boʻladi. Suv
bir agreqat holatdan boshqasiga oʻtishi uchun energiya yutadi yoki
yoʻqotadi. Misol uchun suvni qaynatish uchun energiya sarflana
di. Suyuq agregat holatdan qattiq agregat holat (muz) aylantirishda
yoki gazni suyuq holatga aylantirganda energiya yoʻqotilishini ku
zatish mumkin.
Har qanday modda makroskopik va mikroskopik xossaga ega.
Makroskopik xossaga moddaning zichligi, agregat holati, qaynash
va erish harorati va boshqalar, mikroskopik xossaga esa atom,
molekula, ion massasi, oksidlanish darajasi va boshqalar kiradi.
Moddalar tarkibiga koʻra quydagicha sinflanadi:
• toza moddalar;
• aralashmalar.
Toza moddalaraning va oʻzgarmas tarkibga ega boʻladi. Toza
moddaning ikki turi mavjud: oddiy va murakkab. Oddiy modda
lar toza moddaning bir turi boʻlib, bir xil atomdan iborat boʻladi,
masalan, kumush, temir, yoki aluminiy. Har qanday oddiy modda
juda kichik zarrachalar – atomlardan tashkil topgan. Masalan, ku
Tibbiy kimyo / 1
9
mush moddasi kumush atomlaridan, aluminiy moddasi aluminiy
atomlari dan xlor moddasi xlor elementining ikki atomidan iborat va
h.k. Umuman oddiy moddalarga hamma metallar va metallmaslarni
misol qilish mumkin. Murakkab moddalar ham toza modda boʻlib,
atomlar nisbati oʻzgarmas boʻlgan ikki va undan koʻp turdagi ele
mentlardan tashkil topgan Murakkab moddalar molekulasida atom
lar oʻzaro kimyoviy bogʻlar bilan bogʻlanib molekulalarni hosil qila
di. Masalan, suv molekulasi qayerda va qaysi yoʻl bilan olinmasin
doimiy tarkibga ega boʻladi. Suv molekulasida bir atom kislorodga
ikki atom vodorod toʻgʻri keladi. Bu moddaning tarkibi H
2
O formu
la bilan ifodalanadi. Vodorod va kisloroddan tashkil topgan yana bir
modda – bu vodorod peroksid. Uning tarkibida ikki atom vodorod
ga ikki atom kislorod toʻgʻri keladi va formulasi H
2
O
2
koʻrinishda
ifodalanadi. Shunday qilib bu ikki moddaning sifat tarkibi bir xil,
atomlar soni nisbati har xil boʻlganligi uchun xususiyatlari ikki xil
murakkab moddalarni hosil qilgan. Umuman murakkab moddalarga
hamma anorganik va organik moddalarni misol qilib keltirish mum
kin. 1.1rasmda H
2
O va H
2
O
2
molekulalarini tuzilishi koʻrsatilgan.
Suv molekulasi H
2
O ikki atom
vodorod (oq) va bitta kislorod
(qizil) atomidan tuzilgan.
Vodorod peroksid molekulasi H
2
O
2
,
ikki atom vodorod (oq) va ikkita
atom kisloroddan (qizil) iborat
1.1-rasm. Suv H
Do'stlaringiz bilan baham: