Хаstalikning oldini olish
Otaonalar farzandlarini bolalikdan boshlab tarkibida kalsiy
moʻl boʻlgan oziqovqat mahsulotlarini iste’mol qilishlarini nazorat
qilishlari, jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʻullanish, quyosh
da yetarlicha toblanishiga e’tibor berishlari kerak. Shuningdek,
yuqori xavf omillarini kamaytirish, y’ani, spirtli ichimliklar, chekish,
qahva, och qolishdan saqlanish, homiladorlik davrida kalsiy ning
yetarli boʻlishini ta’minlash shart.
Chekish ichaklarda kalsiy soʻrilishini kamaytirib,
estrogen i
sh
lab chiqarilishini va suyak ogʻirligini kamaytiradi. Qaxva va osh tuzi
kattalarda kalsiyni peshob orqali chiqishini kuchaytiradi. Goʻshtli va
oqsilga boy mahsulotlarni koʻp iste’mol qilishni kamaytirish zarur.
Оksalat saqlovchi koʻkat
lar, choy, shokolad va koʻp
miqdordagi oʻsimlik klet
chatkasi (ildizli mevalar, po
liz mahsulotlari) kaisiyning
soʻrilishini kamaytiradi.
Organizmning kalsiy
ga boʻlgan ehtiyoji kalsiy
ga boy boʻlgan – sut va sut
mahsulotlari (pishloq, yo
gurt, tvorog), baliq, jigar,
sabzavotlar (karam, soya, noʻxat, mosh, sholgom), quruq va hoʻl
mevalar (turshak, anjir, оlma,) yongʻoq, kunjut, bodom, yeryongʻoq
bilan toʻldirilishi mumkin. 1 litr sut, 200 gramm qattiq pishloq –
400–500 gramm kalsiy saqlaydi. Sut va sut mahsulotlari yetarli
1-kurs talabalari uchun darslik
108
darajada fosfor ham saqlaydi. Baliq va jigarda esa D vitamin koʻp
boʻlib, kalsiy va fosforni ichakda soʻrilishini ta’minlaydi.
Mis – mikrоbiоgеn elеmеnt boʻlib,
оdаm оrgаnizmi uchun oʻtа hаyotiy
аhаmiyatgа egаdir. Оdаm bir kеchа
kunduzdа оziq оvqаtlаrbilаn 2–3 mg
mis istе’mоl qilаdi, аmmо bu miqdоr
ni fаqаt 30% gа yaqini оrgаnizm
tоmоnidаn oʻzlаshtirilаdi. Cu iоnlаri
gidrоksillаsh, kаtаlitik оksidlаsh, elеk
trоn vа kislоrоd tаshilish jаrаyonlаrini
tа’minlоvchi qаtоr fеrmеntlаr tаrkibigа kirаdi vа bu fеrmеntlаrning
koʻpchiligi оksidlаnishqаytаrilish jаrаyonlаridа ishtirоk etаdi.
Organizmda mis koʻp hollarda oqsil (ferment)lar va vitaminlar
bilan birikkan boʻladi. Shu bilan birga misning oʻziga xos xususi
yatlari oksidlovchi fermentlar, jumladan sitoxromoksidaza va seru
loplazmin tarkibida namoyon boʻladi.
Qon zardobidagi misning asosiy qismi oqsil moddalar (αglobu
linlar) bilan birikkan holda boʻladi. Bu kompleks seruloplazmin deb
ataladi. U jigarda sintezlanib soʻng qon zardobiga oʻtadi. Mis ion
lari qator fermentlar (ishqoriy fosfotaza, soʻlak amilazasi, lipazalar
va hokazo) tarkibidagi – SH guruhlari bilan ta’sirlasib kompleks
hosil qiladi va ferment faoliyatini kamaytiradi. Oziqa mahsulotlari
tarkibida mis koʻp boʻlisi, ularda B
1
vitamin miqdorining ortishiga
va organizm tomonidan yahshi oʻzlashtirilishiga olib keladi. Shu
bilan bir qatorda organizmdagi misning miqdori ortishi vitamin
C ning kamayishiga olib keladi. Mis qon hosil boʻlish jarayonida
ishtirok etadi. U eritrotsitlar tarkibiga kirib ularning yetilishi va
gemoglobin sinteziga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Bunda mis ta’sirida
temirning almashinish jarayonlarining faollashuvi kuzatiladi. Mis
organizmdagi karbonsuv almashinuviga ta’sir etadi. Organizmga
mis yetarli miqdori kirmasa?, gemoglobin hosil boʻlishi kamayadi
va anemiya rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |