1-kurs talabalari uchun darslik
10
Toza murakkab moddalarni kimyoviy jarayonlar yordamida
oddiy moddalarga parchalash mumkin. Ularni fizikaviy usullar bi
lan, masalan, qaynatib yoki elak yordamida ajratib boʻlmaydi. Ma
salan, oddiy osh tuzi NaCl natriy va xlor atomlaridan iborat boʻlib,
uni kimyoviy yoʻl bilan 1.2rasmda koʻrsatilganidek, Na metali va
Cl
2
gaziga ajratsa boʻladi.
1.2-rasm. NaCl tuzining Na va Cl elementlariga parchalinishi
Aralashmalar ikki va undan ortiq har xil moddalardan iborat
boʻlib, fizikaviy aralashgan, lekin kimyoviy bogʻlanmagan boʻla
di. Kundalik hayotda atrofimizda uchraydigan koʻpchilik moddalar
aralashma holatda boʻladi. Masalan, nafas olayotgan havo asosan
neytral gazlardan iborat aralashma boʻlib, bu gazlarning koʻproq
qismini azot va kislorod tashkil qiladi.
Aralashmalar oʻz xossalari bilan kimyoviy toza moddalardan
keskin farq qiladi:
• aralashmalar tarkibi oʻzgaruvchan, kimyoviy birikmalar tar
kibi doimiy;
Tibbiy kimyo / 1
11
• aralashmalar tarkibidagi modda oʻz xossasini saqlaydi,
kimyoviy birikmalar tarkibidagi elementlar esa oddiy modda sifati
da oʻz xossasini saqlab qolmaydi;
• aralashmalar tarkibidagi element atomlarini fizikaviy usullar
bilan ajratish mumkin, kimyoviy birikmalar tarkibidagi moddalarni
fizikaviy usullar bilan ajratish mumkin emas;
• aralashmalar hosil boʻlishida issiqlik ajralishi yoki yutilishi
kuzatilmaydi, kimyoviy birikmalar hosil boʻlishida issiqlik ajralishi
yoki yutilishi kuzatiladi;
• aralashmalar hosil boʻlishida tashqi oʻzgarishlar kuzatilmaydi,
kimyoviy birikmalar hosil boʻlishida tashqi oʻzgarishlar kuzatiladi
(rang oʻzgarishi, gaz ajralishi, choʻkma tushishi).
Aralashmalar gomogen va geterogen turlarga boʻlinadi. Go
mogen aralashmalarning agregat holati bir biriga oʻxshash boʻladi.
Havo gomogen aralashmaga oddiy misol boʻla oladi, u neytral gaz
lardan iborat.
Geterogen aralashmalar tarkibiy qisimlari tuzilishiga koʻra turli
xil boʻladi. Masalan: yogʻ va suv geterogen aralashma, chunki yogʻ
suv yuzasiga qalqib chiqadi. Mayizli shirinliklar va apelsin shar
batidagi apelsinning mayda boʻlakchalari ham geterogen aralash
maga misol boʻla oladi.
Deyarli barcha bajariladigan ishlar energiya bilan bogʻliq. Suvni
isitganda, ovqat pishirganda, chiroq yoqqanda, yurganda va oʻqigan
da energiya sarflanadi. Albatta energiya qayerdandir olinishi kerak.
Qazilma boyliklarini yoqishdan olinadigan energiya yoki quyosh
energiyasi uyni yoki suv havzalarini isitish uchun ishlatiladi.Orga
nizimimizda bu energiya iste’mol qilgan ovqatdan hosil boʻladi.
Energiya – modda harakatining oʻlchovi. Materiyaning harakat
shakliga qarab, energiya har xil, ya’ni mexanik, issiqlik, yorugʻlik,
elektr va kimyoviy energiyalar boʻladi.
Massa bilan energiya orasida miqdoriy bogʻlanish borligini
A.Eynshteyn 1905yilda quyidagi formula bilan koʻrsatdi:
E=m∙c
2
1-kurs talabalari uchun darslik
12
bu yerda m – modda massasi (kg hisobida); E–energiya (J. hisobida)
c yorugʻlik tezligi (300.000 km∙s
1
). Bu tenglama, energiya oʻzgar
ganda massa, massa oʻzgarganda energiya oʻzgarishini koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: