Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

19.8. Kolloid himoya

Kolloid eritmalarga elektrolit qoʻshish orqali koagullanish cha­

qirishdan avval sistemaga SFM qoʻshilishi zollarning elektrolitning 

koagullashtiruvchi  ta’siriga  boʻlgan  barqarorligini  oshishiga  olib 

keladi. Bunday holatning kuzatilishiga sabab SFM ning zollarga 

oʻzining liofob (gidrofob) qismi bilan adsorbsiyalashib liofil (gidro­

fil) qismlari erituvchi muhitiga yoʻnalishi natijasida, “himoya” par­

dasi hosil qilishidir. Agar sistemaga qoʻshilayotgan SFM ion xusu­

siyatiga ega boʻlsa, uning ta’sirida kolloid zarrachaning elektrkine­

tik potensialining qiymati ortadi va u dastlabki holatga qaraganda 

barqaror boʻladi.

  Kolloid  zarrachalarning  elektrolitlar  ta’siridagi  koagullanishga 

boʻlgan barqarorligini SFM yordamida oshirish  “kolloid himoya” deb 

ataladi. “Kolloid himoya” ning miqdoriy belgisi sifatida zolni “himo­

yalash soni” tushunchasi kiritilgan boʻlib, oltin zoli uchun “oltin son”, 

temir zoli uchun “temir son”, kumush zoli uchun “kumush son” deyila­

di va h. k.. Masalan, oltin son tushunchasi quyidagi ta’rifga ega: 10 ml 

oltin zolini 1 ml 10 % li NaCl eritmasining koagullovchi ta’siridan (zol 

rangini qizildan koʻkka oʻzgartirishidan) saqlab qoladigan moddaning 

milligramm miqdori “oltin son” deb ataladi.

Oltin  zolini  koagullanishdan  himoyalash  maqsadida  turli  mod­

dalardan  foydalanish  mumkin.  Himoyalash  qiymati  moddaning  xu­

susiyatiga  bog‘liq.  Olingan  natija  qiymati  kichik  boʻlsa,  moddaning 

himoya lash xususiyati yuqori boʻladi. 

Jumladan quyidagi keltirilgan qatorda oltin zolini eng katta himoy­

alash xususiyatiga jelatin (eng kichik “oltin son” qiymatiga ega) va eng 

kichik himoyalash xususiyatiga esa (eng katta “oltin son” qiymatiga 

ega) kraxmal egadir:  jelatin (0,01 mg) > gemoglobin (0,05 mg) > tux­

um albumini (2,5 mg)  > kraxmal (20,0 mg).



1-kurs talabalari uchun darslik

460


Organizm  sharoitda  himoyalovchi  vazifasini  oqsillar  bajaradi. 

Fiziologik jarayonlarda himoyalash juda katta ahamiyatga ega. Masa­

lan, oqsillar qonda qiyn eriydigan kalsiy fosfati va karbonatini dispers­

langan holda ushlab turadi.  Ba’zi bir kasalliklarda himoyalovchi mod­

dalar konsentratsiyasi kamayib ketib tuzlarning chо‘kishiga (buyraklar­

da, jigarda, bо‘g‘inlarda tuzlar yig‘ilishiga) olib keladi. Kо‘pchilik dori 

moddalar himoyalangan zollar kо‘rinishida ishlab chiqariladi (kollar­

gol,protargol va boshqalar.).

Dag‘al dispers sistemalar:

Dag‘al dispers sistema zarrachalarining kattaligi 100 nm dan katta 

yoki 10

­7

 dan 10



­4 

m gacha bо‘ladi.  Ular qatoriga emulsiyalar, suspen­

ziyalar va aerozollar (tuman, chang, tutun kukunlar) kiradi. Dag‘al dis­

pers sistemalar kо‘rinishida, tibbiyotda keng qо‘llaniladigan, farmat­

sevtik mahsulotlar ishlab chiqariladi.


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish