Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Kolloid eritmalarning koagulatsiyasi



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

Kolloid eritmalarning koagulatsiyasi

Har  qanday  dispers  sistemaning  barqarorligi  quyidagi  uch 

me’zon bilan belgilanadi:

• Zarrachalarning oʻzaro qoʻshilishi (agregatsiya)ga intilishini 

va oqibatda, barqarorlikni ta’minlovchi kuchlar;

• Zarrachalarning oʻzaro intilishi (barqarorligi)ni ta’minlovchi 

kuchlar;

• Zarrachalarning oʻzaro yaqinlashuviga toʻsqinlik qiladigan va 

shu sababli sistema barqarorligini oshiradigan adsorbsion – solvat 

qavatlarning boʻlishi.

Dispers sistema barqarorligi ularning sedimentatsiya va agre­

gatsiya jarayonlariga nisbatan turg‘unligi bilan belgilanadi. 

Sistemaning  sedimentatsion  barqarorligi  undagi  fazalarning 

disperslik darajasi bilan belgilanib, dispers fazaning choʻkishi yoki 

eritma sirtiga koʻtarilishiga toʻsqinlik qiladi. Fazalarning dispersligi 

yuqori boʻlsa, ularning sedimentatsion barqarorligi katta boʻladi. 

Sistemaning  agregatsion  barqarorligi  undagi  dispers  fazalar­

ning oʻzaro qoʻshilib yiriklashuvi (agregatsiyalashuvi)ga toʻsqinlik 

qilishi bilan belgilanadi. Agregatsion barqarorligi jihatidan sistema­

lar ikki sinfga boʻlinadi:

• Oʻz­oʻzidan dispergirlanadigan va termodinamik barqaror li­

ofil kolloid eritmalar (∆G < O). Bu sinfga SFM mitsellalari, yuqori 

molekular modda eritmalari va boshqalar kiradi;

•  Oʻz­oʻzidan  hosil  boʻlmaydigan  va  termodinamik  jihatidan 

barqaror liofob sistemalar ((∆G > O). Bularga misol tariqasida zol­

lar, emulsiya va suspenziyalarni keltirish mumkin.

Kolloid eritmalar dispers fazalarining umumiy sirt yuzasi katta 

boʻlganligi sababli ularning sirt yuza energiyasi yuqori boʻladi. Shu 

sababli ular oʻz energiya qiymatini kamaytirishga intiladi. Natija­

da dispers fazalar oʻzaro qoʻshilib yiriklashadi. Bu jarayon koag-



ulatsiya deyiladi. Buning oqibatida sistema termodinamik jihatdan 

barqaror holatga oʻtadi. Koagulyatsiya bosqichma­bosqich boradi. 

Birinchi  bosqichi  –  yashirin koagulatsiya deyiladi.  Bu  bosqichda 



Tibbiy kimyo / 1  

451


zarrachalar agregatlarga tо‘planadi va ularni faqat mikroskop yor­

damidagina  kо‘rish  mumkin.  Ikkinchi  bosqichi  aniq  koagulatsiya 

boʻlib,  eritma  loyqalanadi  va  rangi  о‘zgaradi.  Keyin  bu  bosqich 

sedimentatsiyaga  о‘tadi.  Shulse­Gardi  zollarni  koagullanishiga 

elektrolitlar  ta’sirini  oʻrganib,  elektrolitlarning  koagullash  ta’siri 

kolloid zarrachalarining zaryadiga teskari boʻlgan ion zaryadining 

kattaligiga bog‘liqligini aniqlab berdi. Ionlarning koagullash ta’si­

ri ularning zaryadlar sonining koʻpayishi bilan progressiv ravishda 

ortib boradi.

Liofob kolloid eritmalarda dispers faza va muhit molekulalari 

orasida  kimyoviy  moyillik  mavjud  boʻlmaydi.  Shuning  uchun 

ular ning  hosil  boʻlishida  uchinchi  modda­elektrolit  (stabilizator) 

ishtirok etadi. Stabilizator ionlaridan biri suvda erimaydigan choʻk­

ma sirtida Panet­Fayans qoidasi boʻyicha tanlab adsorbsiyalanadi 

va unga bir xil zaryad hamda barqarorlik beradi.

Kolloid eritmalarning turg‘unligi dispers sistemalarning muhim 

va murakkab xossalaridan biridir. Kolloid eritmalarning dispers 

fazalarining umumiy sirt yuzasi katta boʻlganligi sababli ularning 

sirt yuza erkin energiya qiymati yuqori boʻladi, shu sababli kolloid 

eritmalar  har  qanday  termodinamik  sistema  singari  oʻz  energiya 

qiy matini kamaytirishga intiladi. Bu esa dispers fazalarning oʻzaro 

qoʻshilib yiriklashuvi orqali amalga oshadi.

Yirik  agregatlarni  ogʻirlik  kuchi  ta’sirida  choʻkmaga  tushishi 

sedimentatsiya deyiladi. Koagulatsiya jarayonini quyidagi omillar 

tezlashtiradi: 

• mexanik ta’sir 

• haroratning ta’siri

• ozgarmas elektr toki ta’siri

• elektrolitlarni qoʻshish.




Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish