MAKTABGACHA TALIM MUASSASALARIDA MA’NAVIYAT SABOQLARI
MASHGULOTLARINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY
METODIK TA’MINOTI
Abduqodirova N.X. –o‘qituvchi, JDPI,
Shoymatova G.G.– 4-kurs talabasi, GulDU, O’zbekiston.
Annatatsiya
: Mazkur maqolada maktabgacha talim muassasalarida ma’naviyat saboqlari
mashgulotlarini tashkil etishni takomillashtirishning ilmiy metodik ta’minoti yoritiladi.
Maktabgacha talim muassasalarida bolalarni xalq og‘zaki ijodi asosida rivojlantirishning mazmuni
bayon etiladi.
Kalit so‘zlar
maktabgacha talim muassasalari, ma’naviyat, saboqlar, mashgulotlar, tashkil
etish, takomillashtirish, ilmiy metodik ta’minot, bolalar,xalq og‘zaki ijodi.
Аннотация:
В данной статье описывается научно-методическое обеспечение
совершенствования организации занятий по духовности в дошкольном образовании.
Описано содержание развития детей в дошкольном образовании на основе фольклора.
Ключевые слова:
дошкольное образование, духовность, уроки, занятия,
организация, совершенствование, научно-методическое обеспечение,дети, фольклор.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
44
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Annatation:
This article describes the scientific and methodological support for improving
the organization of classes in spirituality in preschool education. The content of the development of
children in preschool education based on folklore is described.
Key words:
preschool education, spirituality, lessons, classes, organization, improvement,
scientific and methodological support,children, folklore.
O‘zbekistonning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘
ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy – madaniy merosni jamiyatga namayish etish, ularni boyitish
mustaqil O‘zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini
ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga
bog‘liqdir.O‘zbek xalqi, o‘zining ta’lim – tarbiyaga oid ulkan ma’naviy merosini yaratib,
takomillashib kelgan insoniyatning yuzlab avlodlarini, insonparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik,
mardlik, odobliligi kabi umuminsoniy qadriyatlar va yaxshi fazilatlar ruhida tarbiyalab kelmoqda.
Ayniqsa xalq tomonidan yaratilgan qomusiy ahamiyatga ega bo‘lgan «Pandnoma»lar, xalq og‘zaki
ijodining turli janrlarida yaratilgan, xalqimiz yuragiga yaqin bo‘lgan nodir va durdona asarlarga
yetarlicha e’tibor berilmayapti., xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida yaratilgan asarlarda yoshlarni
mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga, ilmni puxta egallashlariga alohida e’tibor bilan karab mehnat
bilan topilgan boylik baxt keltirishini, ilmli kishi xor bo‘lmasligini e’tirof etiladi. Maktabgacha
talim muassasalarida ma’naviyat saboqlari mashgulotlarini tashkil etishni takomillashtirishning
ilmiy metodik ta’minoti sifatida
tarbiyachilar xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida yaratilgan
asarlardan o‘z tajribalarida foydalansalar va bugungi yangi ilmiy qarashlar bilan bog‘lab
yondashsalar, albatta yaxshi natija olish mumkin[2,34]. Xalq og‘zaki ijodi – ma’nolarni voqelikka
ko‘chirish, shaxsning resurslari, imkoniyatini faollashtirish jarayonidir. Maktabgacha yoshdagi
bolalar xalq og‘zaki ijodi asosida rivojlantirish shakllanayotgan bola shaxsining rollar diapazonini
kengaytirish;ruhiy jarayonlarni mustahkamlash, hissiy doirani rivojlantirish;o‘z-o‘zini boshqarish
va o‘z-o‘zini nazorat etish malakasini hosil qilish, hatti-harakatlar egiluvchanligi va
i
htiyoriyligini
rivojlantirish;qo‘rquv, bezovtalik, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik, o‘z hatti-harakatlarining
to‘g‘riligiga haddan ziyod gumonsirashni bartaraf etish;bolaning o‘ziga yuqori baho berishi, o‘ziga
bo‘lgan ishonchni hosil qilish; kishilar bilan muloqot etish umumqabul qilingan me’yorlarning
o‘zlashtirilishi, tasavvur va obrazli tafakkurni rivojlantirishda ijobiy samara beradi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar ruhiy jarayonlarini xalq og‘zaki ijodi asosida rivojlantirishda asab jarayonlarining
yuqori egiluvchanligi va harakatchanligi ortadi;mayda qo‘l motorikasi va harakatlar koordinatsiyasi
rivojlanadi;jismoniy va ruhiy zo‘riqish bartaraf etiladi; ishchanlik qobiliyati ortadi;iroda sifatlari
yaxshilanadi;nafas mashqlari;muloqotdagi qiyinchiliklar yengib o‘tiladi;muloqotning ifoda sifatlari:
plastika, mimika, nutqni yaxshilash va faollashtirish; tasavvur va obrazli tafakkurni uyg‘otish;ruhiy
jarayonlarni rivojlantirish;ijtimoiy malakalarni shakllantirish jarayonini faollashadi..Muloqot doirasi
kengayib borgani sari bolalar ularning hissiy dunyosini ma’lum darajada faollashtiruvchi turli-
tuman ijtimoiy omillarning ta’sirini his etadilar. Bola vaziyatli hissiyotlarni yengib o‘tishga
o‘rganishi, o‘z hislarini boshqarishga o‘rganishi kerak. Bularning barchasiga, masalan qo‘rquvlarni
yengib o‘tishga xalq og‘zaki ijodi va o‘yinlar o‘rgatadi. Biron bir narsadan qo‘rqadigan bolaga
tayyor xalq og‘zaki ijodi tanlanadi yoki korreksion xalq og‘zaki ijodi tuziladi, mazkur korreksion
ertakda uning qo‘rquvlari va ularni yengib o‘tish haqidagi ma’lumotlar metafora tarzida shifrlanadi.
Bunday ish jarayonida bola nafaqat o‘z qo‘rquvlari bilan “tanishadi”, balki ularni yengishni ham
o‘rganadi[1,99]. Xalq og‘zaki ijodi terapiya psixologik usul sifatida bolalar bilan ishlash jarayonida
o‘zining yosh chegaralarini belgilaydi: bola reallikdan farqli ravishda xalq og‘zaki ijodi voqeligi
mavjudligini aniq tasavvur etishi kerak. Odatda bunday farqlash malakasi bolada 3,5-4 yoshga kelib
shakllanadi, biroq albatta har qanday aniq vaziyatda bolaning individual rivojlanish xususiyatlarini
e’tiborga olish lozim.Xalq og‘zaki ijodi terapiya bolalar bilan turli usullarda amalga oshirilishi
mumkin. Ish uchun mavjud mualliflik yoki halq ertagi qo‘llanilishi, pedagog bola bilan birgalikda
xalq og‘zaki ijodi to‘qishi, bola xalq og‘zaki ijodini mustaqil to‘qishi mumkin.Xalq og‘zaki ijodi
Do'stlaringiz bilan baham: |