Ключевые слова:
начальное образование, качество, инновационный подход,
передовые педагогические технологии, студенты, преподаватель.
Annatation:
The content of the innovative approach to improving the quality of primary
education is highlighted. The positive effects of using advanced pedagogical technologies in
primary education are described.
Key words:
primary education, quality, innovative approach, advanced pedagogical
technologies, students, teacher.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ta’lim sifatini oshirish,
ta’limda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga yo‘naltirilgan ko‘plab innovatsiyalar
yaratilmoqda va amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur innovatsiyalarning samaradorligi ko‘p jihatdan
ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan innovatsion faoliyatning to‘g‘ri tashkil etilganligiga
bog‘liqdir. Ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot
texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib
bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalarda
esa, ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga,
xatto xulosalarni o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi[1,54].Pedagog bu jarayonga shaxsning
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda
boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
39
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
o‘quvchilarni asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun zamonaviy o‘qitish metodlari – interfaol
metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Bunda pedagogik
texnologiya va pedagogik mahoratga oid bilim, tajriba va interfaol metodlar boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.O‘qitish jarayonida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda
zamonaviy metodlarni qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, bilim olishga
qiziqishlarini kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotda o‘quv jarayonida innovatsion va
axborot texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. O‘qitishning faol usullari boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarni o‘quv faoliyatiga jalb etishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Mashg‘ulot
davomida pedagog tomonidan hal etilayotgan didaktik vazifalardan kelib chiqib, pedagog faol
usullarni vositasida ta’limni tashkil etishning turli shakllarini qo‘llashi mumkin. Pedagogik
texnologiya o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha yondashuv (innovatsiya)dan iborat bo‘lib, o‘yin
usullarini ta’lim tizimi, dars jarayonida tatbiq etilishi muhim va samarali natija beradi. Yangi
pedagogik texnologiyalarni boshlang‘ich ta’lim tizimiga kiritish, tatbiq etish, qiziqarli usullardan
foydalanish, o‘zining samarasini bermokda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar hozirgi kunda
boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv jarayonining zaruriy va asosiy komponentiga aylanib bormoqda.
Chunki pedagogik texnologiya o‘qitishga o‘ziga xos yangicha yondashuvdan iborat bo‘lib, o‘yin
yangicha, ilg‘or, shu bilan birga samarador usullarini ta’lim tizimiga dars jarayonida tatbiq etilishi
muhim ahamiyat kasb etadi[3,65].
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish zarurati
interaktiv usullarning samaradorligini, kerakli bilim va ko‘nikmalar egallashda ahamiyatli ekanini
dalillamokda. Boshlang‘ich ta’limni motivlash o‘quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyat
kasb etadi. U tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushoxada qilishga, nutqning rivojlanishiga, u yoki
bu vazifani bajarishga qiziqish uyg‘otadi. O‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini faollashtirish,
ularning yangi materialni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga erishishni
ta’minlovchi o‘z nutqini o‘zaro muloqotlar orqali rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga
olgan holda o‘qituvchi va o‘quvchilar guruhi (o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi) faoliyat
ko‘rsatishlari zarurligi ma’lum[2,60].Chunki guruhdagi faoliyatlar o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. O‘zaro muloqot o‘quvchilarda fikr almashish va so‘zlashuv malakasini shakllantirishga
imkon yaratadi.
O‘quvchilar shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va nutqiy muloqotni
amalga oshirishda interfaol o‘yinlarning ahamiyati katta. Ma’lumki, rolli o‘yinlar obektiv olamdagi
inson amaliy faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan o‘yinlar o‘quvchilar nutqini faollashtiradi va
motivlashtiradi. O‘yin o‘quvchilarning tabiiy va sevimli faoliyatidir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya
berish, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishda mashg‘ulotlarni yosh
xususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida uyushtirishga e’tibor berilmokda. Haqiqatan ham, bola har
qanday mashg‘ulotga qaraganda, o‘yinga tez intiladi va qiziqadi. O‘qituvchi doimo o‘z ustida
tinmay ishlashi, pedagogikaga oid adabiyotlar bilan doimo tanishib turishi va ayniqsa,
qadriyatlarimizni o‘rganishi, o‘zligimizni tanishimizga, qadimiy madaniyatimizni bilishga ehtiyoj
katta bo‘lmoqda[4,67].
O‘qituvchi quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi lozim:maktab o‘qituvchisi o‘quvchiga ota–ona
ko‘zi bilan qaramog‘i, unga nisbatan mehr – muhabbat bilan munosabatda bo‘lmog‘i, insonparvar
bo‘lmog‘i; Bolalarning kelajagiga ishonch bilan qarashi; Tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi,
jamoani jipslashtira olishi, doimiy nazorat qilmog‘i, boshlangan ishni nihoyasiga etkazishi;
O‘quvchilar ichiga kirib keta olishi, ularning psixologik xususiyatlarini chuqur bilishi;O‘zini tuta
bilishi, jamoa o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lishi;O‘z fanini chuqur bilishi, dunyoqarashi keng
bo‘lishi;Diqqatni bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;O‘quvchilar o‘rtasida obro‘ qozonishi, ularga
shaxsiy o‘rnak bo‘lishi; Nutqiy madaniyatga, muloqot madaniyatga, kiyinish madaniyatiga rioya
qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |