Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet381/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

 
Ключевые слова: 
дети с нарушением слуха, текст, чтение, понимание, уровень, 
идентификация, PIRLS, оценка, критерии, использование, особенности

Аннатация
В этой статье описывается содержание обучения детей с нарушениями 
слуха чтению и пониманию текста. Описана эффективность использования критериев оценки 
PIRLS при определении уровня чтения и понимания у детей с нарушениями слуха. 
Annatation: 
This article describes the content of teaching children with hearing 
impairments to reading and understanding the text. The effectiveness of using the PIRLS 
assessment criteria for determining the level of reading and understanding in children with hearing 
impairments is described. 
 
Key words:
Keywords: hearing impaired children, text, reading, understanding, level, 
identification, PIRLS, assessment, criteria, use, features.
Kar bolalarni maktab tizimida hayotga tayyorlashda va ularning nutqini o‘stirishda o‘qish 
darslari katta ahamiyat kasb etadi. Badiiy va ilmiy ommabop adabiyotlar, insonlarning ruhiy boyligi 
sifatida, zaif eshituvchilarning bilim doirasini kengaytirishni, hayotiy va axloqiy tajribalarini 
to‘ldirishga yordam beradi. O‘qish darsi orqali bolalar, o‘zlarida mujassam bo‘lgan tasavvur va 
tushunchalarni yangi fakt, ma’lumot va obrazlar bilan boyitadilar. O‘qish darslarida olgan dastlabki 
bilimlar boshqa o‘quv o‘quv darslarini (geografiya, tarix adabiyot, tabiyotshunoslik) o‘zlashtirishda 
poydevor sifatida xizmat qiladi.Kitoblarni o‘qish ahamiyati, kitobxonlarni insonlarning xulq atvori, 


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
334 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
xatti-harakati, hayotiy yo‘li, sodir bo‘lgan voqealar, ularga baho berishda, ularning his-hayajon 
doirasini kengaytirish bilan ifodalanadi[2,54]. O‘qish mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarda etik 
tushunchalar, axloqiy e’tiqodlar, estetik idealar tarbiyalanadi. O‘qish darslarida kitobga nisbatan 
emotsional munosabatlar va kitob bilan ishlash bilimlari shakllanadi. O‘qish darslari korreksion 
yo‘nalishga ega. O‘qishga o‘rgatish jarayoni kommunikativ tizim tamoyillari orqali tashkil topgan. 
Mashg‘ulotlarda bolalarning so‘zlashuv nutqini talaffuz qilish, leksik, grammatik jihatlari, qoldiq 
eshitish qobiliyati rivojlantiriladi. O‘qish darslarida ona tili darslaridagi kabi nutqni o‘stirish uch 
yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: Nutqiy qobiliyatini rivojlantirish, nutq faoliyati va nutqning 
tuzilish tizimi bilan tanishish.Nutqiy qobiliyat bu darslarda butun matn ma’nosini o‘zlashtirish 
so‘zlarning ma’nosini boshqa matnlar bilan bog‘langan holdagi o‘rni orqali rivojlanadi. Nutqiy 
faoliyatning turlaridan eng avvalo o‘qish bilan bir qatorda gapirish, eshitish-ko‘rish, yozish, 
daktillash malakasi rivojlanadi. O‘qish darslarida o‘quvchilarni tilning tuzilish tizimi bilan 
tanishtirish, ularning o‘z fikrlarini ifoda qilishda, ko‘z oldida matn va parchalardagi so‘z va gap 
namunalari turganligi asosida amalga oshadi. Shakllangan va mazmunan turli – tuman bo‘lgan 
materialni o‘qish jarayonida so‘zlashuv va bog‘langan nutq o‘qilganni, fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirish, xotira, diqqat kabi psixik jarayonlarni korreksiyalash ustida ishlash uchun keng 
imkoniyat tug‘iladi[3,67]. Darslarning yuqorida aytib o‘tilgan ta’lim-tarbiyaviy, korreksiyalash 
rivojlantirish funksiyalari, qachonki agar o‘quvchi o‘qib, o‘qiganlarini tushungan sharoitdagina 
amalga oshirilishi mumkin. Shuning boshlang‘ich va o‘rta sinflardagi o‘qish darslarini bolalarni 
to‘g‘ri, ongli ravishda tez va ifodali o‘qishga o‘rgatish, asosiy vazifalardan hisoblanadi. Eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalar matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlashda PIRLS baholash 
mezonlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. To‘g‘ri o‘qish, so‘zlarni bug‘inlarga bo‘lmasdan 
o‘qish orqali amalga oshiriladi[4,89]. Bo‘g‘inlab o‘qish faqat talaffuzi qiyin bo‘lgan so‘zlarga 
nisbatan qo‘llaniladi.Birinchi sinf o‘quvchilarida so‘zlarni harfiy tarkibini erkin tanish va ularni 
tovush nutqiga aylantirish qobiliyati mustahkamlanadi. Dastlab fonemalarning qisqartirilgan 
sistemasiga mos ravishda yaqinlashtirilgan ovoz chiqarishga yo‘l qo‘yiladi. Ikkinchi sinfdan 
boshlab esa mavjud barcha harflar va ularning so‘z birikmalaridagi talaffuzini aniqlash bo‘yicha ish 
olib boriladi. O‘quvchilar o‘qish vaqtida nafaslarini yo‘lga solish, pauza va tinish belgilarini so‘z va 
mantiqiy urg‘ularga, orfo-epik normalarga, ifodali o‘qishning ba’zi elementlariga rioya qilishga 
o‘rgatiladilar. Nutqni qabul qilish sharoitlarida ma’lum bir tempda ovoz chiqarib o‘qishni 
shakllantirishga dastur talabi asosida amalga oshiriladi. Birinchi sinfda o‘quvchilar bir minut 
davomida 20 tadan ko‘proq so‘z o‘qishlari mumkin, bu ko‘rsatkich ikkinchi sinfda 30 tani, uchinchi 
sinfda 50 tani tashkil qiladi[1,34]. To‘rtinchi sinfda o‘qish tempi minutiga 60 taga yaqinlashadi. 
Kichik sinflarda o‘qilgan material haqida fikr yuritishga yo‘naltirilgan bilimlar doirasi 
shakllantirildi. Bu bilimlar doirasiga o‘qilgan narsalarga tayyor rasmlar va o‘zlari chizgan rasmlar 
bilan ilyustarsiya tayyorlash, o‘qilganlarni og‘zaki aytib borish ham kiradi. 1-2 sinflarda o‘qituvchi 
yordamida, 3-sinfda esa mustaqil ravishda rasm asosida rejalar tuzishadi. Tuzilgan rejalar bo‘yicha 
o‘quvchilar o‘qiganlari haqida gapirib berishadi. 3-sinfda esa o‘qituvchi yordamida batafsil, 
qisqacha, tanlab gapirib borish mahoratini egallashadi. 4 – sinfda asar qahramonlari nomlari va 
voqea vaqtini o‘zgartirib gapirib borish formasi ham ko‘zda tutiladi. Birinchi sinfdayoq o‘quvchilar 
matndagi illyustratsiyalarni ko‘rib chiqish natijasida, matn mazmuniga tegishli savollarga javob 
berishga (Kim va nima haqida o‘qidingiz?) javobdagi voqealarni jamlash (Bolalar hovlida nima 
qilishdi?), sodir bo‘lgan hodisalar sababini ko‘rsatishga (Qizcha nega yig‘ladi?) o‘rganadilar. 
Ikkinchi sinfda bolalar javoblarning qisqa va to‘liq formalarini o‘zlashtirishadi. Savolga javob 
berishda, tanlab o‘qish usulini egallaydilar. Uchinchi sinfga kilganda tushunishganlarini o‘qituvchi 
yoki o‘rtoqlariga berilgan savol yordamida aniqlashni o‘rganishadi. O‘quvchilar asarda qatnashgan 
kishilarning xatti – harakati, xulq – atvoriga baho berish, tushuntirish, ularga xarakteristka berish 
uchun asardan (o‘qituvchi yordamida) so‘z va iboralar topish bilimini egallashadi. 5-6 sinf 
o‘quvchilari, o‘zlaridan kichik o‘rtoqlaridan bilishga bo‘lgan qiziqishlarini o‘sganligi, yangi 



Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish